Inflatsiya



Yüklə 44,28 Kb.
səhifə1/3
tarix19.10.2023
ölçüsü44,28 Kb.
#157484
  1   2   3
Inflatsiya


INFLATSIYA
Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarni emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—1865-yillarda Shimoliy Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa TOltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda I. yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xarid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi I.ga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy manbalarida yillik I. surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
I.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq I. erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsataveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.
Yashirin I. sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrngaadi. Yashirin I. bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq I.ning quyidagi shakllari mavjud: talab I.si, harajatlar I.si, tuzilmaviy I. va boshqa I.ning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan I. yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) oʻzgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini taʼminlaydi.
I. pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat harajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va boshqalarlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Masalan, I. surʼatlari 1980-yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi. I. shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks Oʻzbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000-yil) narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi.[1]
Faktlar
Shu paytgacha giperinflatsiya rekord darajaga yetgan davlat bu Zimbabve boʻlib, bu hodisa Zimbabve hukumati yer islohotini 1998-yilda olib borgach sodir boʻlgan. Giperinflatsiya shu darajaga yetganki, 2007-yilga kelib birgina oq non narxi 200 000 000 000 zimbabve dollari boʻlgan. Keyin Zimbabve taslim boʻlib, mamlakat pul birligini AQSH dollariga oʻzgartirgan.
Iqtisodiyotda, inflatsiya muomalada mavjud boʻlgan tovar va xizmatlar narxining oʻsishi degan maʼnoni anglatadi. Inflatsiya atamasi, koʻproq pulga talabning ortishiga taʼluqlidir, shunga qaramay, inflatsiya haqiqiy xarid qilish qiymatini kuchsizlantirib tanozzulga ham olib keladi. Umumiy narh darajasi ortganda, har bir valyuta tovar va hizmat koʻrsatishga ega boʻlishi kamayib boradi. Harh-navo inflyatsiysi inflatsiya surʼati bilan oʻlchanadi, yani narh indeksining foizi oʻzgaradi, xuddi isteʼmol narhi indeksi kabi. Inflatsiya iqtisodni shubhasiz inqirozga olib keladi. Masalan, inflatsiya beqarorligi kelejakda investitsiya va jamgʻarmalarni esankiratib qoʻyishi mumkin.
Inflatsiya darajasi yildan yilga farq qiladi. 1950-yildan byuon, AQSh dollari inflatsiyasi darajasi −0.7 % (1954) dan 13.3 % (1979) ga oʻzgarib turadi. 1991-yildan buyon, bu koʻrsatkich yiliga 1.6 % va 3.3 % oʻrtasida boʻlgan. 1950-yildan buyon 18 ta davlat giperiflyatsiyaga uchradi. Bunda inflatsiya darajasi oyiga 50 % edi. Yaqin yillarda Yaponiya negativ inflayatsiyani boshidan kechirdi, yaʼni yiliga 1 % deflyatsiyani. Koʻpgina davlat Markaziy Banklari inflatsiya darajasini past ammo pozitive holda ushlab turishga harakat qilmoqda. Bazilari bu koʻrsatkichni 1-3 % da ushlab turishni rejalashtirgan. Kumush va oltinga asoslangan iqtisodiyot bazan inflatsiyaga uchrasada, bu iqtisodiyotdagi inflayatsiya darajasi kamdam kam yiliga 2 % dan oshadi va umumiy yani asrlar mobaynida bu koʻrsatkich 0(nol) ga yaqin boʻladi. Qogʻoz pullarga asoslangan iqtisodiyot esa anchagina koʻproq inflatsiyaga uchraydi. Piter Bernolz bu haqda shunday degan: „Eng yuqori inflatsiya XX asrda metall pullar hech qanaqa kuchga ega boʻlmagan davlatlarda yuz berdi.“ 1971-yilda AQSH hukumati dollarning oltinga bogʻliqligini tamomila uzdi, yani AQSH hukumati oʻz valkyutasini oltin bilan taminlamadi. Oʻsh paytda koʻplab davlatlarning budjet zahiralari AQSH dollarida edi. Dollarning inflatsiyaga uchrashini bilgan davlatlar AQSH dan pulini oltinga almashtirib berishni talab qiladi, lekin AQSH buni rad etadi. Pul rezervi dollarda boʻlgan davlatlar giperinflatsiyani oldini olishga harakat qilsa ham 1971-yillarda shu davlatlarda inflatsiya darajasi juda yuqori boʻldi. Lekin 1985-yillardan keyin koʻplab davlatlarda inflatsiya darajasi 1971 −1985-yillarga qaraganda anchagina pasaydi.


Yüklə 44,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin