Kutilmagan inflatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o‘rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o‘rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflatsiya birbiri bilan qo‘shilib ketadi. Masalan, talab inflatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag‘larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflatsiyasi ko‘rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflatsiya boshqarib bo‘lmaydigan inflatsiya jarayoni bo‘lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Yillik sur’ati bir necha o‘n yoki yuz foizni tashkil etgan inflatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflatsiyaning boshlanishi deb baholarning birinchi bor 50foiz dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa baholarning o‘sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so‘ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflatsiya sharoitida pul o‘zining qiymat o‘lchovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag‘lar ishlab chiqarishga emas, balki tovarmoddiy boyliklari jamg‘arishga yo‘naltiriladi.
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to‘plangan. Inflatsiyani butunlay yo‘qotish imkoniyati yo‘q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to‘liq yo‘qotish mumkin emas. shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay yo‘qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflatsiya siyosatini ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyasion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Antiinflatsiya siyosati inflatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo‘nalish tarafdorlari bo‘lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko‘tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday antiinflatsiya siyosati davlat budjeti taqchilligini yuzaga146 keltiradi va qo‘shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug‘diradi. Keyns davlat budjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
“Antiinflatsiya siyosatining monetaristik yo‘nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o‘tkazish hisobiga cheklash va budjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi”7.
Monetaristlar inflatsiya aynan pul bilan bog‘liq hodisa bo‘lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o‘sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va inflatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko‘rinishlaridan biri bo‘lib daromadlarning va baholarning nominal darajalarini o‘zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa muddatda samara berishi zarur.Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan antiinflatsiya siyosatining yana bir ko‘rinishi – inflatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish (graduallash) usulidir. Bu usulda inflatsiya sur’atlari pul massasini ko‘p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o‘sish sur’atini pasaytirishni ko‘zda tutadi. Graduallash usuli inflatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi. Graduallash usulini qo‘llash pul massasi va baholar darajasining yillik o‘sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb hisoblanadi.Antiinflatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo‘lgan variantlaridan biri baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o‘sishi va baholarning o‘sishi ni muvofiqlashtirishni (adaptiv siyosat) ko‘zda tutadi.
Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo‘yish, pul ko‘rinishidagi ish haqining o‘sishini o‘rtacha mehnat unumdorligining o‘sishiga bog‘lab qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
“Soliqlar tarkibini o‘zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to‘g‘ridanto‘g‘ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko‘paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning rag‘batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat budjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi”8.
Antiinflatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflatsiya jarayonlarining xususiyatiga bog‘liq. Inflatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baaqarorligini;
- pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o‘sish sur’atlarini;
- “inflatsiyani import qilish” ga yo‘l qo‘ymaslik.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustahkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta’minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
- tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy e’tiborni
soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kreditit, ko‘chmas mulk, mehnat va qimmatli qog‘ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan
o‘zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag‘batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narxnavoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat budjet taqchilligini noinflyasion yo‘llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zaxiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ma’lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyasion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini musiahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |