Inflatsiyaning maqsadli siyosati Kirish


Inflatsiyaning iqtisodiy mohiyati. Antiinflatsiya siyosati



Yüklə 145,54 Kb.
səhifə2/14
tarix16.04.2022
ölçüsü145,54 Kb.
#55558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Inflatsiyaning maqsadli siyosati Kirish

Inflatsiyaning iqtisodiy mohiyati. Antiinflatsiya siyosati

Inflatsiya – ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi.3 Inflatsiya (lotincha inflatio – shishish, bo‘rtish, taranglashish) – bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.

Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.

“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861 – 1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi holatini izohlangan. Ammo inflatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.

Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.

Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.

Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi.

Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon bo‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:

1)valuta kururslarining o‘zgarishi;

2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o‘zgarishi;

3)kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.

Inflatsiya baho indekslari – deflator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.

Baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi inflatsiya darajasi (baholarning o‘sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:




Yüklə 145,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin