Inflatsiyaning maqsadli siyosati Kirish



Yüklə 145,54 Kb.
səhifə14/14
tarix16.04.2022
ölçüsü145,54 Kb.
#55558
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Inflatsiyaning maqsadli siyosati Kirish

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

Yig`ma indeks

106,1

105,6

105,7

114,4

114,3

115,2

111,1

Tovarlar

104,9

104,3

104,5

116,0

113,8

115,2

112,4

Oziq-ovqatlar

103,7

101,3

100,3

115,9

114,9

118,6

115,3

Nooziq-ovqatlar

107,0

108,8

110,0

116,1

112,4

110,9

108,8

Xizmatlar

111,3

110,7

110,4

108,6

115,7

115,2

107,1

Ammo shunday bolsada, songi 2020 yilda INI indeksi sezilarli darajada pasaydi, yani 2019 yil dekabr holatiga kora 115,2 %ni tashkil etgan bolsa, 2020 dekabrda oyida 111,1 % ni tashkil qildi. Turlar boyicha solishtiradigan bolsak, tovarlar 115,2 %dan 112,4 %gacha, oziq-ovqat tovarlari 118,6 %dan 115,3 %gacha, nooziq-ovqatlar tovarlari esa 110,9 %dan 108,8 %gacha hamda xizmatlar 115,2 dan 107,1 %gacha kamaydi. Bunga asosiy sabab qilib otgan pandemiya yilida narxlarni davlat tomonidan barqaror saqlab turilganligini sabab qilib olsak boladi.

Inflatsiyaga qarshi kurash siyosati. Inflatsiyaga qarshi kurash siyosatining asosiy maqsadi bo‘lib, inflatsiya ustidan nazorat o‘rnatish va inflatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.

Inflatsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

1. Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar va nomonetar omillarning haqiqatdagi darajasiga baho berish.

2. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish.

3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining inflatsion kutish psixologiyasiga barham berish.

4. Moliya bozorlarini rivojlantirish va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish.

5. Pul massasining o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlash.

Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

1. O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari ish haqining o‘sishi bilan iste’mol tovarlari baholarining o‘sishi o‘rtasidagi bevosita bog’liqlik mavjud.

2. Respublikamizda talab inflatsiyasining kuchayishi natijasida YaIM deflyatorining yuqori darajasi saqlanib qolmoqda.

3. Fuqarolarimizning xorijiy davlatlardan jo‘natayotgan pul o‘tkazmalari inflatsiyani yuzaga keltirayotgan omillar ichida asosiy o‘rinni egallamoqda.

4. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o‘sish sur’atlariga ega ekanligi inflatsion jarayonlarning yuzaga kelishida muhim o‘rin tutmoqda.

5. Naqd pullarga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori ekanligi.

6. Pul-kredit siyosatini takomillashtirish bilan bog’liq bo‘lgan muammolarning mavjudligi.



Xulosa

Inflatsiyani targetlash siyosatidan foydalanayotgan davlatlar bu orqali inflatsiya darajasini pasaytirish hamda inflatsion tebranishlarni kamaytirishga erishmoqdalar. Ya’ni inflatsionyani targetlash orqali inflatsiyani uzluksizligi qisqartirib, siyosatning yaxshilangan ishonchliligini aks ettiradi. Ushbu o‘zgarishar past nominal foiz stavkalarida ham namoyon bo‘ladi. Inflatsiyani oldini olishdagi bu yaxshilanish ishlab chiqarish o‘zgaruvchanligi yoki tabiiy qiziqish darajasini oshiradi hamda darajasini o‘zgartiradi.

Xulosa qilib aytganda, inflatsiyani tartibga solish zarurati, mamlakat raqobatbardoshligini oshirish va uning jahon iqtisodiyotiga samarali integratsiyasini mustahkamlashni talab kiluvchi global munosabatlar bilan bog‘liqdir. O‘zbekistonda Markaziy bank va boshqa hukumat idoralarining inflyatsion targetlashni joriy etish uchun institutsional, huquqiy va iqtisodiy islohotlarni (yangi soliq kontseptsiyasi, axborot oshkoraligini ta’minlash, moliya bozorini rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar) ishlab chiqish uchun harakat qilishiga karamasdan, aholi real daromadlarining past qo‘rsatkichlari, inflyatsion kutilmalarning yuqoriligi, soliq siyosatining pul-kredit siyosati bilan nomutanosibligi, Markaziy bankning mustaqil siyosat yurita olmasligi O‘zbekistonda pul-kredit siyosatining ushbu rejimini qo‘llash istiqbollarini so‘roq ostiga qo‘yadi. Boshqacha aytganda, mavjud makroiqtisodiy va institutsional muhit, O‘zbekistonda inflatsiyani targetlashni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asosiy va birlamchi to‘siqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi PQ-3272-sonli qarori. 13.09.2017 y. http://lex.uz/docs/3339554

2. Sattarov O. “Inflatsiyaning targetlash siyosati hamda uning jahon amaliyotida namoyon bo‘lishi”. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy-elektron jurnali (3- son, may-iyun 2014 y.) www.iqtisodiyot.uz/sites/default/files/maqolalar/18 O.Sattarov.pdf

3. Orphanides A. “Reflections on inflation targeting” // Speech at the 6th Norges Bank Monetary Policy Conference on Inflation targeting twenty years. 2009.06.11 www.norges-bank.no/en/about/Research/Conferences/2009-The-6th-Norges-Bank-Monetary Policy-Conference/

4. Frederic S. Mishkin. “Inflation targeting” // Graduate School of Business, Columbia University and National Bureau of Economic Research. 2001 y. https://notendur.hi.is/ajonsson/ kennsla2013/01ENCYC.pdf

5. Thorarinn G. Petursson. “Inflation targeting and its effectson macroeconomic performance” // SUERF – The European Money and Finance Forum Vienna 2005 https://www.econstor.eu/bitstream/10419/163470/1/suerf-study-2005-5.pdf

6. Gilberto Libanio. “A Note on Inflation Targeting and Economic Growth in Brazil” // Article in Revista de Economia Política - March 2010 www.researchgate.net/publication /254810945

7. Samoylenko M.P., Rodin D.Y. “Денежно-кредитная политика: теория и практика” // “Lambert” academic publishing. 2016 y. 133 bet. www.twirpx.com/file/2038072/

8. Qoraliyev T. va boshqalar., Pul muomalasi orqali

мувофиқлаштириш.

9. Nagarnov A., “Политика таргетирования инфляции”.

10. Kondratov D., “Денежно – кредитная политика в странах Европы”.

11. RudebuschG., Walsh C. U.S. inflation targeting: pro and contra // FRB of San Francisco Economic Letter.

12. S.R.Moiseev, Денежно – кредитная политика: Nazariya va amaliyot.

13. Carare A, Stone M.R. Inflation targeting remiges. IMF. Working papers.

14. Yakubоv I.О., Hakimov H.A. Makroiqtisodiyot-2. O‘quv qo‘llanma. - Т.: TDIU, 2019. – 217 bet.

15. Makroiqtisodiy tahlil. Maxmudov N.M., Hakimov H.A. O‘quv qo‘llanma. - Т.: TDIU, 2019. – 146 bet.

16. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2014 yil



www.stat.uz

www.iqtisodiyot.uz

www.review.uz.

www.mf.uz



1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Parlamentga Murojaatnomasi

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi

3 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):

4 N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018

5 N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018

6 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013)

7 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-10-е изд.перераб. и доп. М.:Издательство “МФПУ Синергия”, 2013. с. 214.147

8 Киселёва Е.А. Макроэкономика. /Экспресс курс:учебное пособие- М.: КноРус, 2008, с.62.148

9 www.tsue.uz / Bahriddinov V.A. – Inflatsion targetlash siyosatining xususiyatlari hamda uni O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari.

10 www.mf.uz / Fuqarolar uchun 2020 Budjet loyiha – 2019 yil.

11 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari


Yüklə 145,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin