3. Fuqoro muxofazasining axolini ogoxlantirish bo‟yicha o‟tkazilishi lozim
2.
Tabiiy ofatlarning turlari va tafsifnomasi
3.
AESlardagi xalokatlar va ularning atrof muxitni
zaralantirish oqibatlari
4.
FM ning axolini FV larrdan ogoxlantirish usullari
5.
KTZM larning tafsifnomasi.
I. FV larning turlari va kelib chiqish sabablari.
Sir emas, dunyo miqyosidagi favqulodda vaziyat (FV) lar ko‟lami yildan –
yilga ortib bormoqda. Bularga Chernobil‟ AES-sidagi xalokat, temir yo‟l
transportidagi sodir etilayotgan falokatlar, ayniqsa, kuchli zaxarlovchi modda
(KZM) larni tashish mobaynidagi falokatlar, turli tabiiy ofatlar xamda texnogen
xususiyatli xalokatlarning ko‟lami ortib bormoqda. Masalan, Ashxobod (1948) va
Armanistondagi (1998y) er silkinishlar, xatto tinchlik vaqtida xam ommaviy kirgan
qurollarining ishlatilish xavfi saqlanib qolayotganligi urush va tinchlik davrlaridagi
FV larni o‟rganish zarurligini taqozo etadi. Shuning uchun xam Fuqoro
muxofazasining tinchlik va urush vaqtidagi o‟rni va FV larning oqibatlarini
bartaraf qilishdagi vazifalari va axamiyati dolzarbligicha qolmoqda.
Dunyo miqyosida sodir etilaetgan barcha FV larni quyidagi turlarga bo‟lib
o‟rganish qabul qilingan:
1. Tabiiy ofatlar tufayli yuzaga keladigan FV lar (er qimirlash, xalokatli suv
toshqinlar, bo‟ronlar, qor bo‟ronlari, ko‟chkilar, sel kelishi, o‟rmon va torf
yong‟inlari, epidemiyalar va boshqalar.)
2. Atrof muxitga radioaktiv va zaxarli moddalarning chiqarib yuborilishi bilan
bog‟liq bo‟lgan FV lar (AESlaridagi falokatlar, yadro energetikasiga ta‟luqli
bo‟lgan karxonalardagi radioaktiv moddalar)ning atmosferaga chiqib ketishi. KZM
ishlab chiqaruvchi korxonalardagi falokatlar, bakteriologik moddalarni va
pestitsidlar ishlab chiqaruvchi korxonalardagi nosozlik va falokatlar tufayli
atmosferaning zaxarlanishlari).
3. Yong‟inlar, portlashlar tufayli yuzaga keladigan FVlar va ularning oqibatlari
(imorat, inshoot, texnologik qurilmalar,xar xil xajmlar, portlash va yong‟in xavfi
bor bilgan quvurlar, axoli punktlaridagi yong‟in va portlashlar, shuningdek
transport quvurlaridagi xalokatlar va boshqalar)
4. Turli mojoralar tufayli yuzaga keladigan FV lar (shtab, omborxonalar, xarbiy
garnizonlarga uyushtiriladigan qurolli xujumlar, dinniy-estremistik guruxlarning
tashabusi tufayli tashkil etiladigan namoyishlar va tartibsizliklar, milliy adovatlar
tufayli yuzaga keladigan to‟qnashuvlar va x.k.).
FV larning turlaridan eng daxshatlisi er silkinishi bo‟lishiga qaramasdan
insonlar orasidagi bo‟layotgan qurbonlar xisobiga binoan bo‟ronlar birinchi o‟rinda
turar ekan.
Barcha FV larni kelib chiqishi sabablariga ob‟ektiv va sub‟ektiv omillarni ro‟para
qilish mumkin. Ob‟ektiv omillar sifatida xalq xo‟jaligining rivojlantirilishi uchun
zarur bo‟lgan barcha texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangilarini joriy
etishni taqozo etadi. Bu jarayonni ro‟yobga chiqarishda inson omili katta axamiyat
kasb etadi, lekin buning zaminidagi muammolarning echimini xal qilishda oqilona
yondashuv o‟ta muxim axamiyatga ega, chunki dastlabki loyixalash, sinovdan
o‟tkazish va joriy qilingan taqdirda xam zamon talabiga javob beradigan
texnologyalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish zarur, shundagina turli xil
ko‟rinishdagi falokat va xalokatlarning oldi olingan bo‟ladi.
Sub‟ektiv omillarga: ishchi xizmatchilarning va mutasadi xodimlarning o‟z
xizmat vazifalariga e‟tiborsizlik xamda ma‟suliyatsizlik bilan munosabatda
bilishligi - oqibat natijada turli baxtsizliklar, kelishmovchiliklar, falokat va boshqa
ko‟rinishdagi FV larning kelib chiqishiga sabab bo‟ladi. Bundan tashqari xodimlar
malakasining pastligi, loqaydsizligi, xizmat vazifalarini suiste‟mol qilishligi,
texnologik jarayonlarni qo‟pol ravishda buzish xolatlari, ish o‟rinlarini tashlab
ketish xollari va x.k. Ayniqsa, insoniyat tomonidan tabiiy boyliklardan ayovsiz
foydalanish xolatlari, tabiatga nisbatan befarq munosabatda bo‟lish, eng achinarlisi
yong‟in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik va qo‟pol ravishda buzish xisobiga
ko‟p miqdordagi yong‟inlarning kelib chiqishiga sabab bo‟lmoqda.
Dostları ilə paylaş: