Suv toshqini deganda daryo, ko’, suv omborlaridagi suv satxining tezkorlik
ko’tarilishi tufayli katta maydonlarni suv bilan qoplanishiga aytiladi va u
quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi: baxorgi paytlardagi qorlarning erishi,
ko’p miqdordagi yog’ingarchilik va jala kelishi, daryolardagi muzliklarning
yig’ilib qolishi, tig’onlarning buzilishi, ko’chkilar tufayli ko’llarning paydo
bo’lishiga va xakozalar. Suv toshqini tufayli korxonalar, imoratlar vayronaga
aylanishi, avtomobil va temir yollarning buzilishi, aloqa va elektr tarmoqlarida,
sug’orish tizimiga, qishloq xo’jalik ekinlariga, xom ashyo va boshqa turdagi
moddiy boyliklarga katta ziyon etkaziladi.
Suv toshqini tufayli elektr tarmoqlaridagi qisqa tutashuv zaryadlar xisobiga
yong‟inlar chiqishi, suv va kanalizatsiya quvurlarida uzilishlar, televizion va
telegraf kabellaridagi aloqalarning yo‟qolishi, ba‟zi maydonlardagi er satxining
chiqishi xisobiga uzilishlar paydo bo‟ladi. Suv toshqinlarining oldini olishda
suvning taqsimot sarflanishini doimiy nazorat qilib borish, daraxtlar ekish va suv
toshqini bo‟ladigan xududlarda ko‟ndalangiga ishlov berish kabi ishlarni bajarish
zarur. Katta daryolar uchun suv omborlarini qurish va sarflanishi nazorat qilish
xisobiga ularning satxi rostlanadi, suv izanini chuqurroq olish, suv oqimining
yonalishini tog‟rilash, muzlarni yorish, ayniqsa, muz qalinligiga nisbatan 2,5
barobar chuqurlikda portlatishlar - ko‟proq foyda beradi(tuz yoki maydalangan
shlak sepish maqsadga muvofiq xisoblanadi).
Ko‟chkilar – tog‟ jinsli, tuproq va qor massalarning qiyalik bo‟ylab sirpanib
siljishiga aytiladi, sababi muvozanat xolatining yo‟qolishi tufayli yuzaga keladi, bu
esa turli sabablarga ko‟ra sodir etiladi (jinslarning suv bilan yuvilishi, shamol va
yog‟ingarchilik ta‟sirida namlanishi, erdagi silkinishlar va boshqa omillar
natijasida mustaxkamligining kamayishiga olib keladi).
Ko‟chkilar burchak qiyaligi 20
o
va undan yuqori bo‟lgan barcha qiyaliklarda
uchrashi mumkin va xamda turlicha tezlikda xarakatlanadi. Kam tezlikdagisida
jinslarning tezligi yiliga bir necha un sanimetrni tashkil etsa, o‟rtachasida-soatiga
yoki sutkada bir necha metrga, katta tezlikdagilari esa soatiga bir necha o‟n km
masofolarga siljiydi. Katta tezlikda xarakatlanuvchi ko‟chkilar tufayli xalq
xo‟jaligiga ko‟p miqdordagi moddiy zararlardan tashqari insonlarning xalok
bo‟lishiga sabab bo‟ladi.
Ko‟chki xodisalari tufayli bir necha yuz va mlrd m
3
xajmdagi jinslarning
ma‟lum kiyaliklar bo‟ylab siljishiga sabab bo‟ladi. Ko‟chkilar xalq xo‟jaligining
barcha soxalariga katta talofat keltiradi, qishloq xo‟jalik maydonlarining yaroqsiz
xolga kelishi, foydali qazilmalar ishlab chiqarishda xavfli xolatni yuzaga keltiradi,
tunellar, quvurlar, telefon va elektr simlarini, yillarni yaroqsiz xolga keltiradi.
Masalan: 1911 yili Pamirdagi er silkinish tufayli (Mq7,4 ball) 2,5 mlrd m
3
xajmdagi tuproq massasining surilishiga va 200 kishidan iborat bo‟lgan Osoy
qishlog‟idagi axolining ko‟chki tagida qolishiga, so‟ng Murgab daryosining
tuzilishiga xamda 300 m balandlikdagi tabiiy tig‟onning xosil qilinishiga sabab
bo‟lgan. Bir yildan so‟ng 300 xonadan istiqomat qiluvchi Sarez qishlogining
axolisi boshqa joyga ko‟chirilgan. Xozirgi kunda xosil qilingan tabiiy ko‟l –Sarez
suv omboridagi suv satxining balandligi 284 km, uzundligi 53 km ni tashkil etadi.
BMT ning maxsus qaroriga binoan xozirgi kunda Sarez ko‟li ekologik xalokat
sifatida ro‟yxatga olingan.
£or ko‟chkilari - qor kristallari va xavo aralashmasidan iborat bo‟lgan
massalarning, qiyaligi 25
0
- 60
0
bo‟lgan qiyaliklarda siljish jaraeniga aytiladi. Katta
toshlar va mayda daraxtlar qor ko‟chkilariga tisir qila oladi. 1990y Pamir tog‟idagi
er silkinish va qor ko‟chishi natijasida, dengiz satxidan 5300 m balandlikda 40
kishidan iborat bo‟lgan alpinistlarning xalok bo‟lishiga olib kelgan.
Ximoyalanish: faol va passiv ravishda amalga oshirish usullarini qo‟llash
mumkin. Passiv usuliga binoan ko‟chki yuzaga kelishi mumkin bo‟lgan
qiyaliklarni chetlab o‟tiladi va turli to‟siqlar bilan bekitiladi. Faol usulga binoan
ko‟chki xavfi bor qiyaliklar portlatilib, majburiy ravishda qor va tuproq
massalarining ko'chishiga, ya‟ni tabiiy ko‟chkilarning yuzaga kelmasligi
ta‟minlanadi.
Sel kelishida - asosan tog‟lardagi daryolarda katta tezlik bilan
xarakatlanuvchi yomg‟ir suvlarining mineral zarrachalar, toshlar va tog‟
jinslarining parchalari (10-70% ni tashkil etadi) bilan birgalikdagi xarakatlanish
jarayoniga aytiladi. Orta Osiyo sharoitida ko‟proq loyqalangan sel oqimi uchraydi.
Sel oqimining tezligi 2,5-4 m/s, to‟siqlarni yorib o‟tish jarayonida 8-10 m/s va
undan kattaroq tezlik bilan xarakatlanadi. Masalan, 1921 yilning 8 iyuniga o‟tar
kechasi Olma-ota shaxriga tog‟ tomonidan kelgan sel (21
00
da) tuproq, loy, tosh,
qor, qumlarni suv oqimi bilan olib kelishi natijasida, dala xovlilar odamlari bilan,
xayvonlar, daraxtlar va turli jismlar shaxarga oqizib kelingan va uylar fundamenti
bilan ko‟chirib yuborilgan. Sel oqimi ertalabga yaqin to‟xtagan va shaxar xududida
200 m kenglikdagi, ya‟ni 2 mln m
3
li tosh-loyqa aralashmasi bilan to‟ldirib
tashlangan.
Ximoyalanish- tog‟ konlar qurish xisobiga suvning katta bosimli oqimini
to‟xtatish, suyuqlik oqimini o‟tkazib yuborish, ariq va zavurlarni qazish kabi
ishlarni olib borish zarur bo‟ladi.
Bo‟ronlar deganda Boffort shkalasiga binoan 12 balli tizimda o‟lchanadigan
kuchli shamollarga aytiladi. Tropik tsiklonlar xam bo‟ronlar turiga kiradi (Tinch
okeani, Markaziy Amerika qirg‟oqlarida, Uzoq Sharq, Xind okeanlaridagi buronlar
tufonlar deyiladi) bu bo‟ronlarda shamol tezligi 50 m/s ortiq bo‟ladi. Bo‟ronlar va
shtormli shamollar deganda shamol tezligining miqdori Boffort shkalasiga binoan
xarakatlanish tezliklari 20,8-32,6 m/s bo‟lgan kuchli shamollarga aytiladi.
Bo‟ronlar tufayli qishda qor massalari osmonga uchirib yuboriladi, buning
natijasida yo‟llarning to‟silishiga, transport vositalarining to‟xtashiga, suv, gaz,
elektr va aloqa tarmoqlaridagi uzilishlarini yuzaga keltiradi. Masalan: 1970 yilning
13 noyabrida Pokistonning markaziy qismiga (qirg‟oq qismi) kelgan biron tufayli
va sel kelishi oqibatida suv satxining birdaniga qutarilishi va dengiz to‟lqinining
ta‟sir etishi tufayli 10 mln. axoli katta miqdorda talafot ko‟rgan, shu jumladan 0,5
mln. kishi nobud bo‟lgan va bedarak yoqolgan.
1944 y (dekabr) Luyun orolidan (Filippin) 300 mill uzoqlikda joylashgan
A£Sh ning 3-floti tayfun (tufon) markaziga yaqin joyga borib qolganligi tufayli 3
ta esminets chikkan, 28 ta tema shikastlangan, 150 dan ortiq samolyotlar
kemalardan tushirib yuborilgan, 800 dan ortiq odam xalok bo‟lgan.
Ximoya sifatida metro saqlagichlar, er osti yo‟llari, imoratlarning erto‟lalari
(faqat suv bosish extimoli xisobiga ximoyalanish uchastkalari tepalik joylarda
bo‟lgani ma‟qul).
Yong‟inlar deganda nazorat qilib bo‟lmaydigan yonish jarayoni o‟rganilib,
moddiy boylikning yo‟qolishiga va odamlar xalok bo‟lishiga sabab bo‟ladi.
Enginlarning kelib chiqishiga asosiy sabab olov bilan extiyotkor bo‟lmaslik,
yong‟in-xavsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, bundan tashqari tabiatdagi chaqmoq-
uchqun xodisalarining sodir etilishi, torf-isimliklarning o‟z-o‟zidan olovlanishi (90
foiz yong‟inlar insonlarning xatosi va 10 foizga yaqini uchqun chiqishi tufayli
sodir etilishi aniqlangan).
Tabiiy ofatlar tufayli sodir etiladigan yong‟inlar keng maydonlarni qamrab
olish xususiyatiga ega, ayniqsa bu xolat o‟rmonlar va dashtlar (dalalar)da
uchraydi. Irmon yong‟inlari yonish jadalligi bo‟yicha kuchsiz, o‟rta va kuchli
turlarga bo‟linadi, xamda yonish usuliga ko‟ra –pastda va tepa qismida yonishi
bilan ajraladi
Irmon pastki qismi yonganda, barcha o‟t-o‟lanlar yonadi, daraxt tepasiga olov
o‟tmagan bo‟ladi, Yong‟inning tarqalish tezligi 0,3-1 m/min., kuchsizida esa 16
m/min. (1 km/soat), kuchli yong‟inda olov balandligi 1-2 metr balanliklarda
alanqalanadi, maksimal xarorat miqdori 900
0
S gacha etadi. Ormon tepa qismi
yonganda, dastlab pastki yong‟inning davomi sifatida yuzaga keladi va
daraxtlarning tepalari yonadi, olovning tarqalish tezligi 5-8 dan 8-25 km/soat gacha
etadi.
Er osti yong‟inlari ko‟p xollarda o‟rmon yong‟inlarning davomi sifatida
yuzaga keladi va er osti joylashgan 50 sm chuqurliklarda va undan chuqurroq
bo‟lgan torf qatlamlarining yonishi kuzatiladi (ba‟zan ko‟proq chuqurlikda) va
yonish tezligi 0,1-0,5 m/min.tezlikda tarqaladi va ko‟p miqdorda tutun xamda
bo‟shliqlar xosil qiladi. Shuning uchun xam er osti yong‟inning o‟chog‟iga
extiyotkorlik bilan yaqinlashish zarur, Yonish jarayoni qishda qor tagida xam
davom etishi mumkin.
Dasht (dala) yong‟inlari ochiq maydonlardagi qurigan o‟tlarning yoki etilgan
bug‟doylarning yonishi tufayli yuzaga keladi. Asosan yoz davriga to‟g‟ri keladi
vaularning tarqalish tezligi 20-30 km/soatni tashkil etadi.
Irmon yong‟inlariga qarshi kurashda pastki qismini o‟chirish yoki tuproq sepish,
suv sepish va boshqa usullar ishlatiladi. Ormonning tepa qismi yonganda suvli
yoki ochjig usulidagi yo‟lakchalar xosil qilinadi. Ochig usuliga ko‟ra 10-20 m
kenglikdagi yo‟lakcha yoqib yuboriladi, uning uzunligi 150-200 m.dan kam
bo‟lmasligi kerak. Dashtdagi yong‟inlar sham xud shu usulda o‟chiriladi.
Er osti yong‟inlarini uchirish jarayoni quyidagi 2 usulda amalga oshiriladi:
1.
Torf yong‟inning atrofida 8-10 m masofada ariqcha kavlanadi, sungra Erning
mineral qatlamigacha bo‟lgan maydonlar suv bilan to‟ldiriladi.
2.
Yong‟in atrofida ximiyaviy moddalar bilan boyitilgan yo‟lakcha xosil qilinadi
(sul‟famol‟, yuvish poroshogi va xakozalar).
Falokat – bu mexanizm, mashina, uskuna va inshoatning ishga yaroqsiz
xolatga kelishidir. Asosiy sababiga-texnologik jarayonga rioya qilmaslik,
xavfsizlik choralarining qurilmaganligi, loyixalashda yo‟l qo‟yilgan xatolar,
tayyorlash jarayonidagi xatolar, mexnat intizomining past darajadaligi va tabiiy
ofatlarning oqibatlari tufayli sodir etiladi. Ishlab chiqarishdagi falokatlar, ayniqsa
kimeviy korxonalardagi portlashlar xisobiga juda katta miqdordagi talafotlar va
qurbonlar sodir etiladi.
Dostları ilə paylaş: |