Informatikadan o`quv mashg`ulotlarini tashkil etishda interfaol usullar va multimedia vositalaridan foydalanilsa ta`lim oluvchilarda kompyuter bilan muomala madaniyati tezda shakllanib, kompyuterni mustaqil boshqara olish, o`zining mutaxassislik sohalariga qo`llashni o`rganishi bilan birga, fanga oid bilim, ko`nikma va malakalari yanada yuqori bo`lishi ta`minlanadi.
Axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni to`g`ri tashkil qilish yuqori natijaga olib keladi va o`quvchilar uchun ham bugungi kun texnologiyasidan foydalanib dars o`tish qiziqarli va tushunarli bo`ladi. Axborot texnologiyasi vositalari bilan jixozlangan xonada bir vaqtning o`zida ekran vositalari va tovushni eshittirish vositalaridan foydalangan holda o`qitish jarayoni tashkil etilsa, shubxasiz, o`quvchilar axborotni qiziqish bilan qabul qiladilar va uning ko`p qismini eslab qoladilar.
Darslarni interfaol usulda, multimedia vositalaridan foydalanib tashkil etish, darsda o`quvchilar faolligini ta`minlash va oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi.
Talabalarning informatikadan iqtidorini rivojlantirishni ta`minlovchi pedagogik shart-sharoitlarni aniqlandi. Pedagogik shart-sharoitlarga oid ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, umumiy va maxsus iqtidorni rivojlantiruvchi shart-sharoitlar quyidagilardan iborat: qulay psixologik muhit va individuallashtirilgan muloqotlar yordamida o`ta muhim va zarur munosabatlar turkumini aniqlash; ta`lim mazmunini axborot texnologiyalari asosida boyitish; jamoaviy ijodkorlikka tayanish; o`quvchiga individual yondashish asosida ular shaxsning rivojlanishini faollashtirish; ta`limni texnologiyalashtirish: ijodiy masalalardan foydalanish asosida rivojlantiruvchi innovatsion ta`lim texnologiyalarini joriy etish; iqtidorni rivojlantirish, shaxsning ijodiy rivojlanishini boshqarish masalalarida pedagoglar salohiyati; iqtidorli o`quvchilarni o`qitishda tadqiqotchilik, muammoli va evristik metodlarning ustuvorligi; maxsus
metodlardan foydalanish asosida o`quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish; ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishini tashxislash va korrektsiyalash.
Talabalarda informatikani o`qitish jarayonida nazariy-metodologik va texnologik bloklarni qamrab oluvchi rivojlantiruvchi ta`limiy modelni amalga oshirishdan iborat. Informatika ta`limini «rivojlantiruvchi texnologiya»ni qo`llash asosida o`quvchilar zamonaviy informatikada iqtidorini aniqlash, tashxislash va rivojlantirish usullari ishlab chiqildi, informatikada iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash uchun metodik tavsiyalar va didaktik tushunchalar taklif etildi.
Informatikadan iqtidorning quyidagi asosiy komponentlari ajratib olindi: Motivatsiya: Insonni o`qishga yoki biror bir maqsadni amalga oshirishga yo`naltiruvchi ichki omil. Kreativlik: Intuitsiya, topqirlik, uddaburronlik. Diqqat, ishtiyoq va ehtiyotkorlik. O`zgacha yoki o`rtachadan yuqori qobiliyatlar: Analiz va sintez qila olish qobiliyati; Taqqoslay olish qobiliyati; Algoritmik masalani echilishiga olib keladigan jaranlar ketma-ketligi zanjirini mantiqiy qura olish qobiliyati; Abstraktlashtirish qobiliyati; Umumlashtira bilish qobiliyati; Konkretlashtira olish qobiliyati; Klassifikatsiyalash qobiliyati; Matematik xotira; Fazoviy tasavvur qila olish qobiliyati.
Informatikadan iqtidorli o`quvchilarga xos qobiliyatlar tarkibidan kelib chiqqan holda, yuqorida sanalgan qobiliyatlar mujassamlashgan o`quvchilarni informatikadan iqtidorli o`quvchilar deb hisoblasa bo`ladi.
Olib borilgan tajriba sinov ishlari davomida aniqlanishicha, qobiliyat darajasi va o`zlashtirishi turlicha bo`lgan o`quvchilarda darsga nisbatan bir xildaki munosabat vujudga keldi.