Kurs ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlaridan iborat.
I.Bob.Informatika fanlarining mavzulari bo'yicha "fan, ijtimoiy fanlar, biznes va huquq " kasbiy sohasiga yo'naltirib o'qitishni loyihalashtrish
1.1 Bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilari metodik tayyorgarligining metodologik aspektlari
Jamiyatning zamonaviy taraqqiyoti, inson hayoti hamda faoliyatining turli sohalarida jahon tizimlarining globallashuvi va integrasiyalashuvi, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tilishi, kasb egalarining o'z sohasining yetuk mutaxassis sifatida shakllanganligiga tobora yuqori talablar qo'ymoqda. Yuzaga kelgan kasb raqobati informatika o'qituvchilarining shaxsiy fazilatlari va uning kasb faoliyatiga jamiyat talablarida bir qator o'zgarishlarni yuzaga keltirdi. Shunga bog'liq ravishda mehnat bozorida raqobatbardosh o'qituvchiga, intellektual, muloqot, axborot va boshqa sohalarda asosiy kompetensiyalar to'plamiga ega shaxsga ehtiyoj yuzaga keldi.
Ta'lim jarayoni, birinshi navbatda, bo'lajak informatika o'qituvchisini professional darajada, ta'lim-tarbiya berish bilan birga yosh avlodning keljakda o'z kasbinining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishini ta'minlashiga, hozirgi zamon talabi bilan hamnafas bo'lib, qisqa muddatda aniq qarorlar qabul qila olish qobiliyatlarini shakllantirishga erishishi, qo'shimsha ravishda kasb-hunar egallashi tamoyili asosida tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi siyosati milliylik xarakteriga egaligi, tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotning turli jabhalari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Hozirgi ta'lim jarayonida talaba-yoshlarning erkin fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga erishishini ta'minlashi kerak. Jahonda ro'y berayotgan pandimeya, turli tabiiy ofatlar sharoitida ta'limning nafaqat kunduzgi, kechki (smenali), masofaviy (onlayn), eksternat shakllarida kadrlar tayyorlanayotganligi, integrasiyalashuv va globallashuv jarayoniga bog'liq holda ta'limning mazmun-mohiyati informasion muhit ta'sirida o'zgarishiga olib kelmoqda. Shu sababli bo'lajak informatika o'qituvchilari oldiga muhim vazifa - o'z-o'zini idrok etish salohiyati, yangi intellektual darajaga ega bo'lgan mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida vazifasi qilib qo'yilmoqda. Bunday tayyorlangan kadrlar nazariy tafakkur yuritish, ijodiy faoliyatni amalga oshirish, o'z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishlari bilan birga o'zining pedagogik faoliyatida kelajak avlodga ta'lim berishda juda katta mas'ulyat, pedagogga xos bo'lgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, ta'limda axborot texnologiyalari, o'qitish metodi va o'z kasbining mohir mutaxassisi bo'lishi lozim. Shu ma'noda bo'lajak informatika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalasi dolzarb hisoblanadi. Chunki, umumiy o'rta, professional ta'lim mussasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarni maqsadga yo'naltirilgan holda o'qitish va tarbiyalash, fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularda malakani to'g'ri shakllantirish jarayoni aynan informatika fani o'qituvchilaridan juda katta mahorat va matonat talab qilinadi.
Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Prezidentining "2021/2022 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida" 2021 yil 22 iyundagi PQ-5157-son qarori bilan respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida xalqaro ta'lim standrtlariga asoslangan o'qitishning kredit-modul tizimi joriy qilindi. Matematika ta'lim yo'nalishi malaka talabi, o'quv rejasi va yangi o'quv dasturlari (sillabuslar) ishlab shiqilib, bosqishma-bosqish ta'lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta'lim standarti va yangi o'quv dasturlari asosida o'qitishning kredit-modul tizimiga asoslangan darsliklarning yangi avlodi yaratildi. O'quvchi-yoshlarni zamonaviy darsliklar bilan to'liq ta'minlashga erishish uchun barsha shart-sharoitlar yaratib berildi.
Bugungi kunda oliy pedagogik ta'lim tizimi oldiga yangisha metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan pedagog-kadrlarni tayyorlash vazifasi qo'yildi. Pedagog-xodim va o'qituvchilarni tayyorlashda psixologik-fiziologik o'ziga xosliklarini hisobga olish, shakllantirish va rivojlantirish tajribasini egallashi lozimligi asosan diqqat markazida bo'lishi kerak. Ma'lumki, bo'lajak informatika o'qituvchisining ta'lim jarayonidagi metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish ustuvor o'rin egallaydi. Buning uchun talabalardan, oliy ta'lim muassasalarida pedagogika, psixologiya, metodik turkumdagi va informatikani nazariy jihatdan o'rgatishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlarni olib boruvchi professor-o'qituvchilardan, zamonaviy talablarga javob beradigan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyat, shuqur bilim, zamonaviy dunyoqarashga va puxta metodik tayyorgarlikka ega shaxs bo'lgan moderator, tyuter va zarur bo'lsa arator bo'lish talab etiladi.
Hozirgi kunda an'anaviy o'qitish o'rnini shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar,
masofaviy ta'lim shakllarni, o'qitishda aralash ta'lim (gibrid usullar) egallamoqda,
nafaqat egallamoqda, balki bosqishma-bosqish joriy etilmoqda. Shu nuqtai nazardan, talaba-yoshlarlarning egallagan bilimi, ko'nikma va malakalarini muntazam nazorat qilish, ularning olayotgan bilimlaridagi bo'shliqlarni o'z vaqtida to'ldirib borish, iqtidorli talaba-yoshlardagi intellektual salohiyatning muntazam rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, kattalar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga qiziqtirish, ularning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashga qaratilgan pedagogic yondashuvlar va tajribalarni boyitish, istiqboldagi va maqsadli rejalarni ishlab shiqish, o'quv-tarbiya jarayonida innovasion pedagogik texnologiyalardan hamda pedagogika fanining ilg'or yutuqlaridan muntazam foydalanish, ya'ni, ta'lim jarayoniga masofaviy
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti ta'lim, axborot-kommunikasiya texnologiyalari elementlarini olib kirish, ulardan samarali foydalanish, o'qituvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishini yo'lga qo'yish, informatika o'qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakalarini muntazam oshirib borishda innovasion metodlardan foydalanish, xorijiy davlatlarning yetakshi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida qayta tayyorlash va malaka oshirish, stajirovka, doktorantura tahsil olishlarini yo'lga qo'yish kabi vazifalar dolzarb tus olmoqda. Ta'limga oid o'quv-me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ham uzluksiz ta'limning barsha bo'g'inlari uchun informatika o'qituvchilarini tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratiladi.
Informatika fani o'qituvchilarining metodik tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan asosiy talablarni ko'rib shiqamiz:
-o'z kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini his qiladi;
- ilmiy-insonparvar dunyoqarashga ega;
- ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolyusiyasini biladi, jahonda yuz berayotgan ta'limga oid o'zgarishlar va yangiliklarni bilish va uni o'zlashtirishning turli metodlariga ega bo'ladi;
- jamiyat taraqqiyotida ilm-fan qanshalik ahamiyatli ekanligini tuchunadi;
- axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovasion usullardan xabardor, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish va sharhlash qobiliyatiga ega bo'ladi;
- ilm-fan taraqqiyoti va o'zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o'z nuqtai nazarini qayta ko'rib shiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini tanlashga qodir bo'ladi;
- turli fanlararo bilim sohalarida ishlashga psixologik va metodik tayyorlangan bo'ladi;
- odam shaxsi rivojlanish davrida o'ziga xos davr sifatida bolalikning ahamiyatini his qiladi.
Afsuski, hozirgi kunda ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarning kasbiy madaniyati shakllanishini, pedagogik faoliyatga oid nazariy va amaliy ko'nikmalarini yetarli emasligi sababli, ayrim hollarda ta'lim dasturlarini talaba-yoshlarning to'liq o'zlashtirilishida sezilarli darajada ta'minlay olmayapti. Oliy ta'lim muassasalarida o'qitish amaliyoti ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilgan, mavjud an'anaviy pedagogik ta'lim tizimida qator muvaffaqiyatlar qo'lga kiritilgan bo'lsa-da, undagi ayrim muammo va kamshiliklarni ko'rsatib o'tish mumkin. Bizning fikrimizsha, unda turli darajalilik, mobillik, moslashuvshanlik, uzluksizlik, uzviylik, ko'pqirralilik yetishmaslik holatlarini kuzatish mumkin bo'ladi.
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Oxirga paytlarda respublikamizdagi pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash uchun ishlab shiqilayotgan o'quv rejalarda "ko'p fanlilik" (fanlar sonini ko'payib ketganligi) kabi muammolarga ro'para kelishayotgani, bunda talabalar bir vaqtning o'zida ko'pinsha bir-biri bilan yaxshi bog'lanmagan, fanlarning o'qitilishi va shtarkibi shakllantirilishida ba'zan uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining ishlamasligi, bir-ikkinshisini takrorlovchi o'n ikkitagasha mustaqil o'quv fanlarini o'rganishiga to'g'ri keladi. Ko'p fanlilik bilan bir qatorda o'qituvchi tayyorlashning "elementlar bo'yisha" tendensiyasi rivojlanib, u alohida elementlar, qismlardan tarkib topib, ularning har biri tegishli fanga oid nazariy ma'lumotlar hamda u belgilab beruvchi nazariy bilim, ko'nikma va malakalardan vujudga keladi.
Nafaqat matematika o'qituvchisini tayyorlash, umuman pedagog-kadrlarni tayyorlash yuzasidan olimlarning fikricha, fanlar soninining ko'p bo'lishi, auditoriya mashg'ulotlarining keskin ko'paytirish holatlari amaliyotda shaxcning butun ijodiy calohiyati yuzaga chiqishini ta'minlamay olmaydi, "chunki talabalar tomonidan turli fanlar bo'yicha o'zlashtirilayotgan bilimlar ko'pincha yaxlit ilmiy manzara hocil qilmaydi, chunki o'zaro bog'langan emac, balki alohida elementlar ko'rinishida taqdim etiladi"
Ijodiy shaxsni tayyorlashga to'sqinlik qiladigan kamchiliklar qatoriga nafaqat psixologik-pedagogik o'quv fanlari o'qitilishida uzluksizlik yo'qligini, balki quyidagilarni ham kiritishimiz mumkin:
- metodik, ixtisoslashtirilgan va gumanitar fanlar o'rtasida fanlararo aloqadorlik yetarlicha ishlab chiqilmaganligi;
- mehnat faoliyatiga taalluqli ta'lim shakllarining optimal nisbatini belgilash muammosi hali ham hal etilmaganligi, ma'ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar hamda maktabda amaliyot o'rtasidagi nomutanosiblik avvalgidek ko'zga tashlanib turishi;
- kasbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy qismi o'rtasidagi optimal nisbat masalasi hanuz hal etilmaganligi;
- oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiyaviy jarayonda kasbiy-shaxsiy shakllanishga, shuningdek, texnologik yangiliklar (bilim, ko'nikma va malakalarga integrasiyalashuv qobiliyatini shakllantirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va boshqalardan foydalanish)ni joriy etishga yetarlicha e'tibor qaratilmaganligi, shiddat bilan rivojlanayotgan jahon ta'lim muhitida kadrlar tayyorlash sifatiga alohida etibor qaratish kerakligi namoyon bo'layotganligi;
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
- ijtimoiy, boshqaruv, axborot-muloqot kompetensiyalari shakllanishiga imkon beruvchi fanlararo o'quv fanlarini o'rganish amaliyoti deyarli mavjud emasligi;
-oliy ta'limning o'quv dasturlarida nafaqat informatika o'qituvchilari va boshqa sohadagi mutaxassislarni kacbga tayyorlashning integrativ jihatlariga yetarlicha e'tibor qaratilmayotganligi nazariy tayyorgarlik qanchalik chuqurlashtirilmasin, unga qanchalar ko'p o'quv soatlari va fanlar ajratilmasin, uning o'zi kelgusi pedagogik faoliyatning ilmiy asosi bo'la olmaydi.