Informatikani o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘rni



Yüklə 262 Kb.
səhifə9/11
tarix16.12.2023
ölçüsü262 Kb.
#182417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-Informatikani o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘rni.

Dars uslubi
Dars o’tishning turli uslublari bor, shuningdek, darsning o’zining ham turlari
xilma-xil bo’ladi.
Dars o’tishning an’anaviy uslublari quydagi reja-ssenariy bo’yicha kechadi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik, davomatni aniqlash, doskaning tozaligi,
bo’r, lattaning borligiga ishonch hosil qilish va hokozo.
2. O’tilgan mavzuni so’rash – O’qituvchi “Avvalgi darsda qanday mavzuni
o’tgan ediik, uyga qaysi misol-masalalar berilgan ediқ”, degan savolni o’rtaga
tashlaydi. O’tilgan mavzuni 4-5 o’quvchidan so’raladi. Ular, odatda, doska oldida javob bedradilar, shunda uy vazifasini bajargan daftarlarini o’qituvchiga ko’rsatish uchun o’zlari bilan birga olib chiqadilar.
O’qituvchi o’quvchilarning javobini eshitadadi va uy vazifalarini ko’radi,
ularni baholaydi. O’quvchilar javoblari bo’yicha fikr mulohazalar aytiladi.
3. Yangi mavzuni bayon qilish. Bundan oldin doskaga mavzu sarlavhasi
yoziladi. Ba’zi o’qtuvchilar shu vaqtning o’zidayoq yangi mavzu darslikning qaysi paragrifida, nechanchi betlari ekanini, qaysi mashqlar uyga vazifa qilib berilishini, doskaning bir chetiga ( ko’pinch o’ng yuqori burchgiga) yozib qo’yadilar. So’ngra yangi mavzuni bayon qilish boshlanadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni o’quvchilar qanday
tushunadilar, darsdan ko’zlangan maqsad erishildimi-yo’qmi ekanini aniqlash, mavzuning asosiy g’oyasini, “nuqtalari”ni mustahkamlash uchun o’qituvchi mavzuga oid savol berib ko’radi, mashqlar ishlatadi. Bunda tajribali o’qtuvchilar sinfning faolligini oshirish, mavzu o’quvchining ongiga singib olish uchun turli uslublardan foydalanadilar. Masalan, tarqatma matriallar berish, o’quvchilarni
guruhlarga ajratish, har bir guruhga avvaldan tayyorlab kelingan topshiriqni berish
va hokazo.
O’qituvchi mashqlarni bajarish jarayonida sinfni aylanib, kim qanday
ishlayotganini kuzatadi, zarur hollarda yordam beradi. “Savollar bormi?”- deb so’rab turadi.
5. Darsni yakunlash, o’quvchilarning bilimini baholash. O’qituvchi
mashqlarni bajarilishini va jovoblarni tahlil qiladi. Mavzuning o’quvchilarga “etib
bormagan” joylarini aniqlaydi. Bu “joy”larini qayta tushuntirib, izohlab beradi. Doskada faol qatnashgan, savollarga javob bergan, topshiriqni bajargan o’quvchilar baholanadi. Ko’p o’qituvchilarning kundalik dars o’tish rejalarini o’raganish, tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar yuqorida keltirilgan har bir bosqich uchun vaqt taqsimotini beradilar. Bu, ayniqsa, yosh o’qtuvchilar uchun foydali. Ko’rsatilgan vaqtdan birozv cheklanishlar biroz tabiiy hol.
Keyingi vaqtda dars o’tishning “yagi texnalogiyasi” , dars o’tishning
nostandart – noan’anaviy uslubi, xususan, interfaol(interaktiv) uslubi degan iboralar eshitamiz. Bunday uslublarni ilg’or o’qituvchilarning o’zlari kashf qilganlar va bu
uslubdan ko’pgina o’qituvchilar foydalanib kelmoqdalar. Dars o’tishning zamonaviy pedagagik uslublariga oid ko’plab qo’llanmalar chop etilgan.
“Biror navzu ustida qanday ishlanganda uning qancha foizi (protsenti) yodda
saqlanadiқ” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilgan tajribalar yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oldi. Unga ko’ra mavzu bayonini;
• faqat eshitganda uning 10-20%i;
• eshitsa va mavzuga oid ko’rsatmali materiallar ko’rsa, uning 30-
50%i;
•eshitsa mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot bajarsa, mavzuni
o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa uning 60-90%i yodda qoladi. Albatta har bir o’qituvchining tajribasi, bilimi, qo’shimcha adabiyotlarning
borligi, shaxsiy kutubxonasining boyligi, ko’p jihatdan, unga mavzuni qaysi uslub bo’yicha o’tishini “aytadi”.


Yüklə 262 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin