taraqqiyotining talabidir. Bunga individual va individuallashtirilgan o’qitish orqali
erishish mumkin.
Individual o’qitish – bu o’quv jarayonining tashkil etishning shakli bo’lib, bunda
pedagog tahsil oluvchilar bilan yakkama-yakka shug`ullanadi, tahsil oluvchi o’quv
vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individual o’qitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning tahsil oluvchi
qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda tahsil oluvchining bilim olish
darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida
maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi
Individual yondashish – bu pedagogik prinsipga ko’ra, pedagogik jarayonda
pedagogning tahsil oluvchilar bilan o’zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini
hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida tahsil oluvchining
rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirilgan o’qitish bunday o’quv jarayonini tashkil etishda individual
yondashish asosida o’qitish yo’llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o’quv-uslubiy
psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.
Yakka tartibda o’qitish texnologiyasi – bunda o’quv jarayonini tashkil etishda
individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi.
O’qitishning barcha shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarida u yoki bu darajada
individual yondashish qo’llaniladi, ammo individuallashtirilgan o’qitishda, individual-
lashtirish,
o’quv
maqsadlariga
erishishning
asosiy
vositasi
hisoblanadi.Individuallashtirilgan o’qitishning asosi, tahsil oluvchining individual-
pedagogik xususiyatlarini o’rnatish hisoblanadi.Olingan natijalar asosida, o’qitish usuli
tanlanadi. Qabul qilingan texnologiyalar, qoidalar va prinsiplarga ko’ra o’qitish jarayoni
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: