daraxti hosil bo’ladiyu, ma’lum fanlar ulanishlarida tug`ilgan yangi fan-bu yangi
yo’nalishlar,
muammolar, mavzular va ilmiy masalalar demakdir. Bu masalalarni oliy
maktabning iste’dodli bitiruvchilari hal etishi lozim.
Shuning uchun kadrlar tayyorlashni zamonaviy tizimi, ularda o’ziga
xos va
nostandart fikrlash qobiliyatini o’stirishi, o’z ustida doimiy ravishda chidam va matonat
bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish lozim.
Tahsil oluvchi hayratlana olishi, mag`rurlana olishi lozim,
faqat shundagina u
boshqalarni o’zining ijodiy ishi bilan hayratga solishi mumkin.
Uchinchidan-fan-texnikaning tezkor rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy axborotning
shunga o’xshash axborot uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi, buning
asosida esa hisoblash texnikasi yotadi. Ta’limni individuallashtirmasdan,
zamonaviy
informastion tizimlardan foydalanishni ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin emas.
Shuning uchun «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da «
o’qitishni, mustaqil bilim
olishni individuallashtirish hamda distanstion ta’lim texnologiyasi va vositalarni
ishlab chiqish va o’zlashtirish» vazifasi qo’yilgan. Bu oliy, o’rta maxsus va kasb-hunar
ta’limi tizimlarida birdek dolzarb hisoblandi.
To’rtinchi –ITT xususiyati muhandislik yechimlar
turini keskin oshishi,
materiallarning tez-tez almashinuvi, texnologik jarayonlar,
mashinalar konstrukstiyasi,
boshqarish tizimlarining avtomatlashtirish darajasining oshishi, ilmiy yutuqlar natijasini
ishlab chiqarishga tatbiq etish muddatlarini kamayishi hisoblanadi. Masalan, telefon
aloqasining ixtiro qilinishi bilan uni amalga oshirish orasida 56 yil o’tgan bo’lsa, radio
uchun 35 yil, televizor uchun 14 yil, atom energiyasi uchun 6 yil, tranzistor uchun 5 yil
o’tdi. Hozirgi paytda esa bu muddatlar odatda bir yildan oshmaydi.
Shuning uchun mutaxassislar tayyorlovchi barcha tizimlar bir tomondan ulardan
uzluksiz o’zgarib turadigan ishlab chiqarish texnika va texnologiya
sharoitida zudlik
bilan moslashuvni shakllanishiga yo’naltirilishi, ikkinchi tomondan ular bilimining
harakatchanligi, tanqidiy fikrlashuv kasbiy faoliyatida ijodiylik va moslashuvchanlik
kabi xislatlarga ega bo’lishi zarur. Bu esa zamonaviy
muhandis va ishchining
qiyofasidir.