Beshinchidan, jadallashayotgan ITTning ortib boradigan talablariga to’la javob
beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o’qitishni jadallashtirish, inson
organizmining butun imkoniyatlarini, uning ongini o’qitishda ishga solish zarur. Bu esa
o’quv jarayonida axborot berilayotganidan, o’quv televideniyasidan foydalanishni
taqozo etadi.
Oltinchidan-har qaysi odam tug`ilganidan boshlab alohida individium
hisoblanadi, ya’ni har kimning o’ziga xos aqliy rivojlanishi, ta’lim olishga qobiliyati
bo’ladi. Bundan kelib chiqqan holda, zamonaviy o’qitish tizimining vazifasi insonning
individual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmog`i lozim.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinib turganidek, kadrlar tayyorlashning
hozirgi predmetli (fanlar) tizimi pog`onama-pog`ona, uzluksiz isloh qilinishi lozim.
Bu tizim fanlar orasida sun’iy to’siqlarni saqlab qolib, zamonaviy kasbiy ta’lim
ehtiyojlariga tobora kamroq javob bermoqda. Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga
yordam beradigan, zamonaviy talablarga ko’proq moslashgan o’qitishning shaxsga
yo’naltirilgan texnologiyalari, jumladan, kadrlar tayyorlashning modul tizimidir. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturida bunga alohida e’tibor qaratilgan, unda ta’kidlanganidek,
«yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan
foydalangan holda talabalarni o’qitishni jadallashtirish » lozim.
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari, bu kasbiy ta’limning hozirgi kuni
va uning kelajagidir.
Avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining mohiyati O’qitish jarayonida, pedagog texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan o’quv
maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnika taraqqiyot jadallashgan davrda o’qitish
samaradorligi, asosan, tinglovchining o’qitish jarayonidagi o’rni, pedagogning unga
bo’lgan munosabatiga bog`liq bo’ladi. Bu yerda o’qitish texnologiyasining ikki turini
ajratib ko’rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan.