Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash,
quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi lozim:
Birinchidan - ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli
bilan belgilanadi.
XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur’ati
oshdi. Oxirgi, har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko’rsatkichlari 2
marta oshib
bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma’lumotlar insoniyatning to’la tarixi
davomida to’plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi.
Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponenstial qonun hisoblanadi.
Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur’atlari aqliy mehnatning borgan sari
avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda.
Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o’sishiga va
tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo’yicha
rivoji
uning shiddatli o’sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o’sish ham,
shiddatli jarayon hisoblanadi. Jahonda har yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va
o’n minglab dissertastiyalar himoya qilinadi.
Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta’minlash
maqsadida zamonaviy telekommunikastiyali axborot tizimlari qo’llanilmoqda.
Ko’rib turganimizdek, ilm-fan axborotining hozirgi zamon o’sish tezligi va hajmi
ularning o’tgan 15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi.
Ilm-fan rivoji, bu ma’lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning
uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni
tayyorlash tizimi, ularning o’ta iqtidorlilariga
zamonaviy axborot oqimini o’zlashtirishga, ilmiy tekshirish
faoliyati individual va
mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o’quv ilmiy
adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: