Ingliz tili leksikasi


Tabaqalashtirib o’qitish texnologiyasi haqida



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

Tabaqalashtirib o’qitish texnologiyasi haqida 
Tabaqalashtirib o’qitish o’quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida 
umumiy didaktika prinsiplariga asoslangan bo’lib, maxsus tashkil ettirilgan tahsil 
oluvchilarning gomogen guruhlarida, o’quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta’minlaydi
O’qitishni tabaqalashtirish – uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-
boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda 
o’qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir. 
O’qitishning eng yuqori oliy pog`onasi individual o’qitish hisoblanadi
Oliyva o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida gomogen guruhlar, tahsil 
oluvchilarning individual-psixologik xususiyatlari, avvalo aqliy rivojlanish 
darajasi asosida tuziladi. 
Umumta’lim maktablarida, akademik listeylarda va kasb-hunar kollejlarida tahsil 
oluvchilarning aqliy rivojlanish darajasi bo’yicha tabaqalashning ijobiy tomonlari bilan 
bir qatorda salbiy tomonlari ham mavjud bo’ladi. Oliy maktab uchun esa bu o’qitish 
tizimiga hech qanday shak-shubha yo’q. Hozirgi paytda oliy o’quv yurtlariga 
kiruvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajasi 100 % dan 25 % gacha tashkil etadi. 
Bunday sharoitda davlat ta’lim standartlari talabiga mos oliy malakali kadrlar 
tayyorlash maqsadida o’qitishni tabaqalashtirish davr taqozosidir. 
Yakka tartibda o’qitish texnologiyasi
Tahsil oluvchining mavjud shaxsiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishini 
ta’minlash, zamonaviy o’quv jarayoniga qo’yiladigan jadallashgan ilmiy-texnikaviy 


taraqqiyotining talabidir. Bunga individual va individuallashtirilgan o’qitish orqali 
erishish mumkin. 
Individual o’qitish – bu o’quv jarayonining tashkil etishning shakli bo’lib, bunda 
pedagog tahsil oluvchilar bilan yakkama-yakka shug`ullanadi, tahsil oluvchi o’quv 
vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individual o’qitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning tahsil oluvchi 
qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda tahsil oluvchining bilim olish 
darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida 
maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi 
Individual yondashish – bu pedagogik prinsipga ko’ra, pedagogik jarayonda 
pedagogning tahsil oluvchilar bilan o’zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini 
hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida tahsil oluvchining 
rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirilgan o’qitish bunday o’quv jarayonini tashkil etishda individual 
yondashish asosida o’qitish yo’llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o’quv-uslubiy 
psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi. 
Yakka tartibda o’qitish texnologiyasi – bunda o’quv jarayonini tashkil etishda 
individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi. 
O’qitishning barcha shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarida u yoki bu darajada 
individual yondashish qo’llaniladi, ammo individuallashtirilgan o’qitishda, individual-
lashtirish, 
o’quv 
maqsadlariga 
erishishning 
asosiy 
vositasi 
hisoblanadi.Individuallashtirilgan o’qitishning asosi, tahsil oluvchining individual-
pedagogik xususiyatlarini o’rnatish hisoblanadi.Olingan natijalar asosida, o’qitish usuli 
tanlanadi. Qabul qilingan texnologiyalar, qoidalar va prinsiplarga ko’ra o’qitish jarayoni 
amalga oshiriladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin