Ingliz tili leksikasi


O’quv materialini muammoli bayon etish –



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

1. O’quv materialini muammoli bayon etish – ma’ruzaviy mashg`ulotlarda 
monolog tarzda, seminar mashg`ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. Ma’ruzachi 
ma’ruza paytida o’quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va 
ularni o’zi yechadi, tinglovchilar esa yechimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan 
qo’shiladilar. Masalan, «O’simliklar hayoti haqida» mavzusidagi ma’ruzaning boshida 
«Nega ildiz va tana qarama - qarshi tomonlarga o’sadi?» degan muammo qo’yiladi, 
ammo ma’ruzachi tayyor javobni bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday yetib 
kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni tekshirish bo’yicha o’tkazilgan tajriblar 
haqida hikoya qiladi.
2. Qisman izlanuvchan faoliyat tajribalar, laboratoriya ishlarini bajarishda 
muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo’ladi. Ma’ruzachi 
muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga 
tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar tahsil oluvchilarga 
intellektual qiyinchiliklar tug`diradi va maqsadga yo’naltirilgan ijodiy izlanishga 
undaydi. Ma’ruzachi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yo’naltiruvchi savollarni 
tayyorlab qo’yishi lozim, u tahsil oluvchilar javoblariga tayanib, yakuniy xulosa qiladi. 
Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (foydalanish, ijod) va 
bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko’nikma, bilim-transformastiya (qayta shakllanish) 


ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va reproduktiv o’qitishga esa, bilim-tanishi va 
bilim-nusxa shakllanadi, xolos.
3. Mustaqil tadqiqot faoliyatida tahsil oluvchilar mustaqil ravishda muammoni 
ifoda etadilar va uni yechadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va 
ma’ruzachi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) 
va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni 
ta’minlaydi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin