Avvalo metodlar haqida ikki og’iz so’z. Metod so’zi – yunoncha methodos
bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana
yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim
berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan
uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi
qo’llaniladigan tadqiqot metodalri haqida so’z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin
egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur
metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo’lib hisoblanib, uzoq o’tmish
zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan
biri bo’lib, keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti,
ko’lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar,
kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat
hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari,
usullari paydo bo’ldi, xolisonalik (ob’ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini
ifodalovchi mezonlar, o’lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish metodi
psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kiritilib, uning barcha
sohalarida qo’llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiylik imkoniyatining yuksakligi, statistik
hisoblashga beriluvchanlik xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi.
YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan
jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
- voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga,
yo’nalishlarga ajratish (nemischa – lotincha «kvantifikatsiyalash», ya’ni eng zarur,
birinchi darajali jihatlarini saralash);
- kuzatishning ko’lami (hajmi), xususiyati va o’ziga xosligini aniqlash, ya’ni
uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa,
ko’rinishning o’ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni
frantsuzcha – lotincha «fiksatsiyalash»);
2.Test metodlari
1. Kuzatish metodi
- kuzatish davomida to’plangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik
statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari bo’yicha
psixologik sifat talqinini amalga oshirish.
Psixologik kuzatish olib borishdan ko’zlangan maqsad mana bulardan iborat:
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning
oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, chizgi tarzda
ifodalanishini yaratish, yig’ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.
Kuzatishning ob’ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:
- kuzatishning ob’ekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar,
emotsional – hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti,
muomalasi kabilarni o’rganishdan iboratdir;
- kuzatishning predmeti – insonning xilma – xil holati, jarayoni, harakatining
kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o’ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati,
undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala
kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir;
- amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati,
yo’nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi,
ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va
boshqalar;
- noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa
ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash);
- vegetativ reaktsiyalarning ko’rinishi: rangning qizarishi, oqarishi, terlash, nafas
olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (iyerarxiyasi) tarkiblari
quyidagilardan tashkil topadi:
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy
talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar),
natijalarning tahlili, talqini va g’oyalarni ilgari surish.
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to’plangan ma’lumotlarni alomat,
belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va
turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish.
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil,
epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir
martali kabilar.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo’llash maqsadga
muvofiq:
- ę.Gilbertning «Ish kuni fotografiyasi» metodikasi (rasmlarda ifodalangan
ishchining harakatini kuzatish, ko’zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa’i –
harakatlar bo’yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o’zgarishlarga binoan muayyan
ketma – ketlikda joylashtirish);
- A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va
smenadan keyin tekshiruv o’tkazish);
- talabalarda dars boshida, o’rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda:
yordamchi yumush bilan shug’ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar.
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo’lib, vazifalariga qarab
ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining
psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o’smirlarda yuqori natijalar
beradi), xulq - atvor portretini tahlil qilish va hokazo.
Kuzatilgan ob’ektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar,
foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan faktik
ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlar majmuasi.
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan
tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo’yicha g’oyalar, umumlashmalar, xossalar,
qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi.
Kuzatish yakunida to’plangan ma’lumotlar ilmiy hisobat sifatida muayyan
qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning
tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning muhokamasi,
izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo’lgan tavsiyalar,
ko’rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati va nihoyat ilovalar (har
bir qism o’ziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim).
Kuzatish metodi yordami bilan hatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish ham
mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman bo’lishidan qat’i nazar kuzatish jarayonida
ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi,
uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga qaratilgan ta’sir o’tkazuvchi
vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf
qilingandan keyingi psixologik holatning tasnifi.
Kuzatish jarayonida R.Beylzaning interaktsiya metodikasini (bahs, munozara
jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qo’llash ijobiy natijalar
beradi:
- umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yo’naltirish;
- guruh a’zolari tomonidan muammoni yechish yo’llarini baholash;
- bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish;
- umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish;
- muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va
hamjihatligi.
Kuzatish yakunlari bo’yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy,
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharhlash, yosh davrlari, jinsiy
xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning boyishiga olib
keladi. Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi
tartibda qo’llash lozim:
- olingan natijalarni foizlar bo’yicha hisoblab chiqish;
- to’plangan ma’lumotlarning o’rtacha arifmetik qiymatini topish;
- son qatoridagi o’rtacha kvadrat og’ishni hisoblash (sigma);
- son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
- omillar o’rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion)
tahlil qilish;
- ma’lumotlar, metodikalarning ishonchililik darajasini aniqlash uchun
Styudent mezonidan foydalanish lozim.
2.2. Test metodi
Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko’ra, intellekt-lotincha so’zdan
olingan bo’lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni
anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror
aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir.
O’z davrida A+SHlik psixolog ę.ęrimen intellekt oltita tarkibdan iborat, degan
g’oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko’rsatib o’tadi:
- sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlilik;
- lug’at boyligi ko’lami;
- geometrik shakllar o’rtasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga
nisbatan uquvchanlik;
- shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati;
- shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi;
- xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi.
YAna bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli
jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib «birlamchi aqliy potentsiyalar» deb
ataydi. Muallif yetti xildagi potentsiyalar o’zaro farqlanishini ta’kidlab o’tadi:
- insonning hisoblash qobiliyati ko’rsatkichi;
- og’zaki so’zni ixcham ifodalashining ko’rsatkichi, nutq yordami bilan tez
o’qish hadisini egallaganligi;
- og’zaki ma’lumotlarni to’la idrok qilish yoki idrok qilingan so’zlarni
tushunish, anglash;
- fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning
chamalash qobiliyati (uquvchanligi);
- xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi;
- fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik;
- shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati.
ęrantsuz psixologi T.Ribo idrok ko’lamining kengayishi, bilimlarning
ko’payishi, diqqatni bir vaqtning o’zida bir necha ob’ektga qarata olishi – inson
intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo’lishi mumkin
ekanligini ta’kidlaydi:
- shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi,
- inson identifikatsiyasi (o’quvchining bilimlarini o’ziga singdirish jarayoni,
uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o’zlashtirib borish va boshqalar),
- refleksiya (inson o’zini – o’zi anglash hamda bo’lg’usi faoliyatni amalga
oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq
etish imkoniyatlari tug’ilishi kabilar).
SH.Byuler intellektual taraqqiyotni quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi shart
deb hisoblaydi:
- sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati);
- agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi,
vaqtni noadekvat, noto’g’ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo’laklariga
binoan bir umuiyatga yaxlitlash, birlashtirish);
- xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o’zi tug’ilib o’sgan Vataniga biron –
bir jihatdan yordam berishi;
- realiya (realizm, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol
tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat
fikrlashning ko’rinishi singari).
Jahon psixologlari to’plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib, intellekt
muammosini tadqiq qilishda diqqat – e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb
hisoblaymiz:
- intellektning yosh davr xususiyatlariga bog’liqligi;
- jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi;
- millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi;
- oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uyg’unlashuvi;
- ota – onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi;
- biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol
o’ynashi va hokazolar.
Uzluksiz ravishda o’tkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir qator
ilmiy nazariyalar (kontseptsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi intellekt
muammosini o’ziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keladi:
- muammo yechimi uslubi va strategiyasi;
- intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi;
- vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki
mahsuldorligi (ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funktsional tomonlari,
yo’nalishlari;
- alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni taqozo
etish xususiyati, holati;
- kognitiv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar.
SHaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday omillar
bilan uzviy bog’liq ekanligi ko’zga yaqqol tashlanadi:
- bilish, o’qish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ
darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi;
- yangilikni qidirish, muammo yechimini topish, muayyan vositalar tanlash
hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon bo’lishi;
- mustaqil yechishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi;
- ilgarilab ketib yechish imkonining mavjudligi va «aytib berish», luqma
tashlash jarayonida erkinlik, qo’rqinch hissining yo’qligi;
- yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga
nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va o’lchash funktsiyasining tug’ilishi, uning
boshqaruvchanligi.
Insonniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni
o’rganish borasida ko’pgina ishlar qilingan. SHulardan biri intellektni o’rganish
testlaridir. Ko’pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim
rol o’ynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib o’tish mumkin.
Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan bo’lib, ular
tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test
so’rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga harakat qilamiz.
I. 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy):
- har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash;
- turli turdagi shakllar o’rtasidagi farqlarni aniqlash;
- 4ta tanga pulni sanab chiqish;
- kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir;
- berilgan savollarga to’g’ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab
etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi;
- to’rtta raqamni to’g’ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi.
II. 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida):
- bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish;
- 5ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab);
- xariddan keyin qaytim berilishini izohlash;
- 4ta raqamni teskarisiga takrorlash;
- berilgan 3 ta so’zdan gap tuzish (bola, daryo, koptok);
- uchta har xil so’zga qofiya tanlash;
- ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir
qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog’liqdir, jumladan, standartlashtirish,
ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda Stenford-Bine shkalasini ham
tahlil qilib chiqamiz.
Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama yaxshi, qulay va ixcham qilib
tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo’lgan ko’rsatmaga va miqdoriy jihatdan
natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. Stenford-Bine testi kattalar
hamda uncha yoshi yuqori bo’lmagan sinaluvchilar uchun ishonchilidir. Lekin bolalik
davridan tortib to o’spirinlik yoshigacha o’zgarib boradi. Masalan, ikki yarim yoshdan
besh yoshgacha ishonchlilik koffitsiyentlari 0,33 (140-149 ball bo’lganligi uchun)dan
0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar va
o’quvchilarda ishonchlilik koefitsentlari 0,91 (140-149 gacha ball to’plaganligi
uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun)gacha o’zgarib turadi. SHuni alohida
ta’kidlab o’tish joizki, Stenford-Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning
oldindan belgilangan maqsadni ochishga yo’naltirilgan bo’lib, pirovard natijada
mazkur savollar oldindan ko’zlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi.
Inson intellektual taraqqiyotidagi tezkorlik, kutilmaganlik hodisalari nafaqat
moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydo bo’lishi,
«sun’iy» tizimning vujudga kelishi, fazoviy aloqalar, biologik va psixologik
imkoniyatlardan to’laroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi «tabiiy»
va «sun’iy» manbalar bosh omil ekanligini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq.
Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy
omillar turkumi to’g’risida ma’lumot berib o’tamiz:
- bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarning mavjudligi;
- turli xildagi to’garak, sektsiya, bilim uylari faoliyat ko’rsatishi va unda
zarur sharoitlarning yaratilganligi;
- oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart – sharoitlar hamda
shaxslarni ruhan rag’batlantirish yo’lga qo’yilganligi;
- shaxslar bilan o’zaro muloqot o’rnatishning uzluksizligi va oilada
shaxslararo iliq psixologik muhitning hukm surishi;
- turli televizon bahslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik bo’yicha musobaqalar
uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyati yaratilganligi;
- ortiqcha axborotlar va xabarlar ko’lamini kamaytirish (masalan, avtomat
o’yinlar, videolar);
- zararli odatlar va qiliqlar bilan shug’ullanmaslik muammosining qo’yilishi,
uning yechimi (ichish, chekish va boshqalar);
- bolalar va o’quvchilarni ro’zg’or ishlari bilan band qilib qo’yishlik va oila
muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi;
- hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli
o’quvchilar va talabalar o’rtasida o’quv motivlariga kuchli ta’sir o’tkazayotganligi;
- kollej va oliy o’quv yurtlarida ta’lim – tarbiya tizimini yangicha, yangi
pedagogik texnologiya asosida tubdan katta qurish zaruriyati mavjudligi,
- o’g’il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ulari barqarorligini
ta’minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yo’llarini izlab topish, loqaydlikning
oldini olish,
- o’quvchilar va talabalar o’rtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo
munosabatga, isrofgarchilikka, fidoyilikka nisbatan qarashlarni keskin o’zgartirish
masalalari vujudga kelmoqda.
Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun intellektual
testlar mohiyatiga milliy va umumbashariy fazilatlar to’g’risidagi g’oyalarni singdirish
yuqori natijalar beradi.
2.3. Biografiya (tarjimai hol) metodi
Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati,
ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi,
kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
SHu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai holga aloqador
materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar,
hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni
to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham
bolaning tug’ilganidan, to boshlang’ich ma’lumot olgunicha bo’lgan davr orlig’ida
salomatlik darajasi qanday bo’lganligi to’g’risidagi omillar bilan tanishish imkonini
beradigan material hisoblanadi.
Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida
o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali,
masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy
san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat,
iqtidor, iste’dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo’lishi,
rivojlanishi, o’ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari, atoqli shaxslar bildirgan
mulohazalarida, asarlarida o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar
zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan –
avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar
o’rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy
tarixiy taraqqiyotning uyg’unligini ta’minlaydi.
Anketa metodi.
Umumiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, unda
odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari
o’rganiladi.
Anketa odatda 3 xil bo’lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga
mo’ljallangan savollardan iborat bo’ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob
tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi.
Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havola qilinganda kamida to’rt-besh to’g’ri javoblari
ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan
sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga
munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter
xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig’ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga
muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson
psixikasining ayrim tomonlarini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini
beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega
bo’lavermaydi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini
bajaruvchi to’g’ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o’tamiz.
1.Kursingizda eng yuqori obro’ga ega bo’lgan talaba qaysi?
2.Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his-tuyg’uni uyg’ota oladi?
3.O’qish bilan bog’liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar
edingiz?
4.SHaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar edingiz?
5.O’rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?
6.Kursdoshlaringiz ichidan kim bilan mashg’ulotlarga birgalikda tayyorlanishni
yoqtirasiz?
7.Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
2.4. Sotsiometriya metodi.
Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo’lib, kichik
(birlamchi) guruh a’zolari o’rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita
o’rganish va darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan
guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatda
kim bilan ishtirok etishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, chizma,
jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi
odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi.
Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi xolos. Uni
takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar YA.L.Kolominskiy va
I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab
o’zgartirilgan variantlari, ko’rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning birbirini
tanlash motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa sotsiometriyaning
YA.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o’zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi
shaxslararo munosabatlar to’g’risida to’la axborot berishga yordam beradi.
Odatda o’quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen
sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg’ulotlarga kim bilan birga
tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo’shni bo’lib yashashni yoqtirasan?»
sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma’qul» deb tanlashi lozim. Unga «avval,
hammadan ko’ra ko’proq kim bilan birga bo’lishni xohlasang, o’shaning familiyasini
yoz», «agar sen istagan shaxs to’g’ri kelmasa, yana kim bilan birga bo’lishni istasang,
shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini
yoz» deb uqtirish maqsadga muvofiq.
Guruhiy tabaqalanishni ko’rsatish uchun sotsiogramma to’rtta «maydon»ga
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o’g’il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi.
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to’g’ri keladi. Guruh a’zolarining
o’zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog’langanida o’z
ifodasini topadi. Eng ko’p munosabatga ega bo’lgan sinaluvchi doiraning markazidan
o’rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. SHaxslar bilan
aloqa o’rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi
«maydon»larga o’rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi.
SHu yo’l bilan birinchidan shaxslararo munosabatning darajasi va ko’lami aniqlanadi,
ikkinchidan qizlar bilan o’g’il bolalar o’rtasidagi ko’rsatkichlar taqqoslanadi.
Natijalariga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o’ziga xosligi, psixologik
mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o’zaro bir-birini taqozo etuvchanligi haqida
xulosalar chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik
g’oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko’rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar
bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to’g’risida mulohazalar yuritiladi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi..
Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining
xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo’llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan
o’yinchoqlar, modellar, to’qigan narsalar, tikkan qo’g’irchoqlar, to’qib, so’zlab
berilgan hikoyalar, texnik konstruktsiyalar chizmasini tushunish kabilarni tahlil qilish
orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli,
texnik ijodi yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini
yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi
o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan
hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o’qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert
tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli,
mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda
tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi
odamlarning psixik xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash mumkin. Faoliyat
mahsulotlarini o’rganish inson ruhiyatini o’rganish metodlari ichida o’ziga xos
o’rinni tashkil etadi. SHuni ta’kidlab o’tish joizki, inson ruhiyatini o’rganish yuqorida
bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo’shimcha metodlardan ham
foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo’llanilayotgan har bir metodning o’ziga xos
ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. SHu
bois konkret shaxs ruhiyatini o’rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan
kifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik,
ob’ektivlik, tekshiriluvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa
tamoillarga suyanish darkor.