Inklyuziv ta’limning mohiyati sh. N. Ibadullayeva



Yüklə 56,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü56,36 Kb.
#190985
1   2   3   4
Sh.N.Ibadullayeva


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
143 
(2008-yil),”Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5270-farmon (2017-yil),”Xalq 
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risida”gi PF-5712-
farmon(2019-yil) lar tashkil etiladi. 
Inklyuziv ta’limga jalb qilinmagan nogiron bolaning hayot yo’li: 7 yoshgacha uyida 
bo’ladi. 10 yoki 12 yil maxsus ta’lim muassasasi(internat,maktab)da,o’zi kabi bolalar bilan 
tahsil olganda,sog’lom insonlar bilan muloqoti birmuncha cheklangan bo’ladi. Bitirib 
chiqib,sog’lom insonlar orasida samarali yashab qolishi uchun yana kimningdir yordamiga 
muhtoj bo’ladi, bu davrda bola 19 yoshga kirgan bo’lib ota-onasi ham o’rta yoki undan 
katta yoshli bo’ladi,kollej yoki boshqa turdagi ta’limga jalb etilmasa,bu shaxs oilasi 
qaramog’ida qoladi
chunki aksariyat ota-onalar avaylash maqsadida uyda boqib o’tirishga 
harakat qiladilar.Sabab: farzandining sog’lom insonlar orasida ishlab yoki boshqa 
munosabatlarga kirishishiga ishonchi yetmaydi.Boz ustiga ular atrofdagilarning farzandiga 
nisbatan salbiy munosabat qiladi degan xavotirda bo’ladilar. Natijada imkoniyati 
cheklangan shaxs tor doiradagi kishilar jamoasida qolishga nahkum bo’ladi.Kech oila 
quradi.Agar turmush o’rtog’i ham o’zi kabi bo’lsa,ota-ona yana kichik oilani “tortishi” ga 
to’g’ri keladi.Ular bolalik bo’lsa, yana mas’uliyat ko’payadi.Biroq,bu davrda ota-onaning 
yoshi ancha ulg’ayib ularning o’zlari ham o’zgalar g’amxo’rligiga muhtoj bo’lishlari 
mumkin.Demak,ota-ona keksalikka,shu bolasining taqdirini o’ylash bilan umr kechiradi.. 
Imkoniyati cheklangan bola inklyuziv ta’limga erta jalb etilsa,mahallada bolalikdan 
qo’shni bolalar bilan o’ynaydi,ular bilan tanishadi,milliy qadriyatlarni anglay 
boshlaydi.Maktabgacha ta’lim davrida atrofdagi sog’lom insonlar va tengdoshlari bilan 
muloqotga,erta o’z-o’ziga o’rganadi,maktab ta’limiga tayyor bo’ladi.UO’TM da 
to’siqlar,muvaffaqiyatlar va kelajakka ishonch,toblanish davrida sog’lom odamlar bilan 
muloqotda davom etadi,atrofdagilarning salbiy va ijobiy qarashlarida duch kelayotganini 
anglaydi va ularga nisbatan o’zining mustaqil pozitsiyasini topib oladi.Endi u mustaqil 
hayotga qadam qo’yadi mustaqil fuqaro sifatida o’qishi, ishlashi, turli munosabatlarda 
ishtirok etishga tayyor.Ota-ona va yaqinlari uning tashqariga chiqishidan xavotirga 
tushmaydi. Jamiyatda uning kimligi, nimaga qodirligini bilgan, taniganlar unga 
ishonadi.Natijada u oila qurish,oilasini boqish imkoniga ega bo’ladi. 
O’zbekistonda inklyuziv ta’lim ilk asoschilari va olimlari.1996-yilda xorijiy delegatsiya 
mamlakatimizga kelib,ilk muzokaralarni o’tkazgan.Ushbu muzokaralar A.Avloniy nomidagi 
XTTXQTMOI Maxsus ta’lim kafedrasi va RTM maxsus ta’lim bo’limi va Nizomiy nomidagi 
TDPU Defektologiya fakulteti professor o’qituvchilari ishtirokida o’tkazilgan. 
O’zbekistonlik olima R.Sh.Shomahmudova mamlakatimizga boshqa tashkilotlar bilan 
hamkorlik orqali ilk bor Angliya tajribasini olib kirishga muvaffaq bo’lgan.Olima rahbarligida 
RTM da “Inklyuziv ta’lim”ga bag’ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etilgan. 
YUNICEF xalqaro tashkiloti va XTB hamkorligida qator loyihalar amalga 
oshirilgan.Ushbu loyihalarning koordinatorlari sifatida O’zbekistonlik olimlar professor 
L.Mo’minova dotsent U.Fayziyevalar ish olib borganlar. 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 56,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin