Innovasiyalar vazirligi


Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#153490
1   2   3   4   5   6   7   8
Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.

2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi 
xarajatlarni guruhlash.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi 
xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda tegishli me’yoriy hujjatga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxini hosil 
qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi 
elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:

ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan 
chiqitlar qiymati chiqarilib tashlangan holda);

ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq 
to’lash xarajatlari;

ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga 
ajratmalari;

asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan 
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. I. 
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar 
tegishli bo’ladi:
1. 
Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib uning 
tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, 
xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib 
olinadigan xom ashyo va materiallar.
2. 
Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni 
o’rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish 
ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va 
boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish 
va 
ulardan 
foydalanish) 
uchun 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
foydalanadigan, xarid qilinadigan materiallar, shuningdek, asbob-
uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar,
moslamalar, 


inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga 
kirmaydigan boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi.
3. 
Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo’jalik yurituvchi 
subyektda montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan 
butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.
4. 
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo’jalik 
yurituvchi 
subyektning 
ichki 
tarkibiy bo’linmalari tomonidan 
bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan, lekin ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga 
mahsulot tayyorlash bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo 
va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar 
sifatini aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik 
jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish 
fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning 
transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, 
inventarlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga 
keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham 
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan xizmatlarga tegishli bo’ladi.
5. 
Tabiiy 
xomashyo 
(er 
rekultivatsiyasiga 
ajratmalar, 
ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni 
rekultivatsiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan 
daraxtga haq to’lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo’jaligi 
tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv 
uchun haq to’lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun – yog’och-
taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga 
huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash 
xarajatlari.
6. 
Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab 
chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib 
olinadigan barcha turlari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning transporti 
tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha 
transport ishlari.
7. 
Xo’jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va 
boshqa ishlab chiqarish hamda xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha 
turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi 
tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi va energiyaning boshqa 
turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha 


transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli 
elementlariga kiritiladi).
8. 
Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy 
yo’qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, 
yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
9. 
Xo’jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari 
tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash 
va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish 
xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to’lash 
xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va 
boshqalar).
10. Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni 
yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar 
qiymatiga kiritiladi.
11. Mahsulot 
tannarxiga 
kiritiladigan 
moddiy 
resurslar 
xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va o’rash-joylash 
materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga 
kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib tashlanadi.
12. «Moddiy xarajatlar» elementi bo’yicha aks ettiriladigan 
moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, jumladan, barter 
bitishuvlarida, qo’shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy 
tashkilotlar tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar 
birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar 
va yig’imlardan, transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik 
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga 
haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.
II. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash 
xarajatlari.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash 
xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi: 
1. 
Xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq 
to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajariladigan narxnomalar, tarif 
stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda 
bajariladigan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ish haqi, 
shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki 
hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar.
2. 
Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va 
okladlarga ustamalar.
3. 
Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan 
kompensatsiya tusidagi to’lovlar, shu jumladan:



texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, 
ishdan tashqari, vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda 
ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha 
haq;

ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib 
borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun 
ustamalar;

hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati 
bo’yicha og’ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida 
ishlaganlik uchun ustamalar, xususan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish 
staji uchun ustamalar;

aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar 
xodimlari doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan 
boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan 
joydan jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha 
to’lanadigan yo’lda o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar;

qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda 
bevosita band bo’lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlarga ishning ko’chma 
va qatnov xususiyati uchun ustama;

doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga 
ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga 
qaytishlarigacha o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq;

mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga 
solinishiga, shu jumladan, rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik 
uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to’lovlar;

xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig’ilish 
punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun 
vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning 
meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport tashkilotlari aybi bilan 
yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi.
4. 
Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib 
hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda 
xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi 
munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun 
dam olish) kunlari uchun haq to’lash.
5. 
Ishlamagan vaqt uchun haq to’lash:

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va 
qo’shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va 


qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli 
soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, 
shuningdek, tibbiy ko’rikdan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;
• 
majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga asosiy ish haqini qisman 
saqlab qolgan holda haq to’lash;
• 
donor xodimlarga qonini tekshirish, topshirish kunlari uchun 
va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari 
uchun haq to’lash;
• 
davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar, 
favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi 
to’lash.
6. 
Xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar 
mehnatiga ular 
tomonidan 
fuqarolik-huquqiy 
tusdagi 
tuzilgan 
shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar 
bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi 
subyekt tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga 
kiradi.
7. 
Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan 
to’lovlarning boshqa turlari.
III. Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga 
ajratmalar.
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:
1. 
Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo’yicha 
mehnatga haq to’lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.
2. 
Nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga 
va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar.
IV. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan 
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan 
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga 
quyidagilar kiradi:
1. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) 
qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi 
(hisoblangan eskirish), lizing bo’yicha va belgilangan tartibda 
tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan 
jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.
2. 
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar 
eskirishi har oyda xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki 
qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo’jalik 


yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib 
hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo’ladi. 
Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy 
aktivlar bo’yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq 
xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
V. 
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning 
navbatdagi kompleks moddalari I, II, III, IV – bandlarda keltirilgan 
xarajatlar elementlari bo’yicha ajratiladi.
1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari:

ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, 
instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan 
ta’minlash xarajatlari;

asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash 
xarajatlari (texnik ko’rik va qarov, joriy va mukammal tuzatish 
xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, 
o’rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo’jalik yurituvchi subyektning o’z 
kuchi bilan o’tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari 
(moddiy xarajatlar, mehnat haqi to’lash xarajatlari va boshqalar) bo’yicha 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi.
Zarurat bo’lganda ayrim tarmoqlarning xo’jalik yurituvchi 
subyektlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan 
mukammal tuzatish ishlarini o’tkazish uchun mablag’lar zahirasini tashkil 
qilishlari mumkin. Ushbu zahiraga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi 
boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi va ko’zda tutilayotgan 
xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal 
tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zahiraga 
ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta ko’rib chiqiladi va 
zarur bo’lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori ko’paytirilishi 
yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zahira 
mablag’lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy 
xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo’yicha tuzatish 
kiritilishi kerak: agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda 
oshib ketgan summa «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» 
elementi tarkibida aks ettiriladi.

yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda xo’jalik yurituvchi 
subyektlarni texnikaviy foydalanish qoidalari bian nazarda tutilgan 
boshqa maxsus talablar bilan ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish 
xarajatlari.


Idoradan tashqari, qo’riqlash xarajatlari bunday qo’riqlash mavjud 
bo’lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar 
mavjud bo’lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi 
mumkin.

ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni 
joriy ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar;

tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va 
ulardan foydalanish bilan bog’liq joriy xarajatlar, jumladan, 
ifloslantiruvchi moddalarni yo’l qo’yiladigan normalar doirasida va 
undan ortiqcha atrofmuhitga chiqarganlik uchun to’lovlar; 

ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini 
ta’minlash xarajatlari;

xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi 
bilan bog’liq bo’lgan sog’liqni muhofaza qilish tadbirlari;

tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim 
tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xo’jalik yurituvchi subyekt 
xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to’lash xarajatlari (yoki uy-
joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi 
summasi).

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va 
shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, 
formali kiyimbosh, maxsus ovqatlar, yoki ular pasaytirilgan narxlar 
bo’yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi);

ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan boshqaruvning 
texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, 
boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash 
va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;

qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo’lgan 
xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq 
to’lash.
2. 
Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish 
jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha normalar 
doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar.
3. 
Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini 
majburiy sug’urta qilish xarajatlari.
4. 
Brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar.
5. 
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar 
tufayli yo’qotishlar.


6. 
Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli 
tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari.
7. 
Mahsulot 
(xizmatlar)ni 
majburiy 
sertifikatsiya 
qilish 
xarajatlari.
8. 
Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi 
munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va 
qarorlarisiz to’lanadigan nafaqalar.
9. 
Umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat 
ko’rsatmaydigan yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib 
kelish bilan bog’liq xarajatlar.
Mahsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi tarkibi degan 
muhim tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab 
chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini 
ko’rsatadi. Odatda, tarkib foiz hisobida o’lchanadi.
Tannarx tarkibi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab 
chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga 
bog’liqdir.
Mahsulot tannarxining tarkibi o’zgarmas miqdor hisoblanmaydi. 
Sanoatning o’sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi 
takomillashishi, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning 
yaxshilanishi, ish haqi miqdorining o’zgarishi, iste’mol buyumlari 
baholarining tartibga tushishi va transport tariflarining o’zgarishi bilan 
mahsulot tannarxi tarkibi ham o’zgaradi.
Mahsulot tannarxida qaysi guruhdagi xarajatlar asosiy o’rin 
tutishiga qarab, sanoat tarmoqlari bir-biridan farq qiladi – ko’p mehnat, 
ko’p material, ko’p energiya, ko’p mablag’ talab qiladigan bo’ladi. Buni 
13 - jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rish mumkin. 
13-jadval O’zbekiston sanoat tarmoqlari bo’yicha sanoat mahsuloti 
ishlab chiqarish tannarxining tarkibi (ishlab chiqarishga ketgan barcha 
xarajatlar foiz hisobida) 


 
Ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar (mehnat xarajatlari) salmog’i 
eng katta bo’lgan ishlab chiqarish tarmog’i ko’p mehnat talab qiladigan 
tarmoq hisoblanadi (ko’mir sanoati, yog’och tayyorlash sanoati va 
boshqalar).
Xomashyo va materiallarga qilinadigan xarajatlar salmog’i eng 
katta bo’lgan ishlab chiqarish tarmog’i ko’p material talab qiladigan 
tarmoq hisoblanadi (engil sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik).
Xarajatlarning ko’p qismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun 
sarflanadigan tarmoqlar ko’p mablag’lar talab qiladigan tarmoqlarga 
kiradi (masalan, neft va gaz qazib chiqarish, gidroelektrostansiyalarda 
elektr energiyasi ishlab chiqarish).
Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish, tannarx 
tarkibini va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy tahlil qilish ishlab 
chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish, 


ishlab chiqarishdagi chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo’llarini 
belgilashga imkon beradi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin