3.
Xususiy kapitalning rentabelligi – bu korxona (firma), tarmoq xususiy
kapitalining foydaliligi va natijaliligi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunday koeffitsiyent xususiy kapitaldan foydalanish darajasini, ya’ni korxona
tomonidan xususiy kapitalning o’rtacha qiymatiga qancha sof foyda olinganligini
ko’rsatadi.
4.
Asosiy kapital (fondlar) rentabelligi –
bu asosiy fondlar va boshqa
oborotdan tashqari aktivlarning foydaliligi. U quyidagicha aniqlanadi:
5.
Permanent kapital rentabelligi – bu permanent kapitalning foydaliligi,
natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
6.
Aylanma kapitalning rentabelligi – bu aylanma kapitalning foydaliligi,
natijaliligi. U har bir so’mli aylanma kapitaldan qanchalik foyda olish mumkinligini
ko’rsatadi. Uni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin:
7.
Qarzga olingan kapitalning rentabelligi – bu qarzga olingan kapitalning
foydaliligi, unumliligi. U quyidagicha aniqlanadi:
Bu koeffitsiyent har bir so’mli qarzga olingan kapital qancha foyda
keltirganligini ifodalaydi.
8.
Real asosiy kapitalning rentabelligi uning
foydaliligini ifodalaydi va
har bir so’mli real asosiy kapital qancha so’m foyda keltirganligini ko’rsatadi. U
quyidagi formula asosida aniqlanadi:
9.
Investirlangan kapital rentabelligi – bu investitsiya mablag’larining
natijaliligi, foydaliligi. Bu ko’rsatkich investitsiya tufayli olingan mablag’larning
qanchalik samara berishini ifodalaydi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Rentabellik darajasi ko’rsatkichining yuqori bo’lishi korxona (firma)
ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va korxona
(firma)ning ma’lum miqdorda foyda (daromad) olayotganligini ko’rsatadi.
Rentabellik darajasini ko’tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va
korxonalari sotilgan
mahsulot hajmini oshirishga, uni ishlab chiqarish uchun
sarflanayotgan
xarajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini
oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: