-
BD
– asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
-
BZ
– asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar;
-xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) –
bu asosiy faoliyatdan
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus
moliyaviy xarajatlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD – MX,
bu yerda:
UF
– umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
-soliq to’lagungacha olingan foyda – bu umumxo’jalik faoliyatidan
olingan foyda, plyus favqulotda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan
ko’rilgan foyda va minus favqulotda ko’rilgan zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF + FP – FZ,
bu yerda:
STF – soliq to’lagungacha olingan foyda:
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda:
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar;
-yilning sof foydasi – bu soliq to’langandan keyin xo’jalik
yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o’zi dadaromad (foyda)dan
to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlangan xolda soliqlar to’lagunga qadar
olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – DS – BS, SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda)dan to’lanadigan soliq; BD – boshqa soliqlar
va to’lovlar.
Har bir korxona (firma) yashashi va
ravnaq topishi uchun foyda
olishi kerak. Korxona foydani o’z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim
omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug’ullanmaydigan
korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo’ladi. Makroiqtisodiyotda
uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor
berilishi shundan iboratki, shu asosda firma
faoliyati oldindan bashorat
qilinadi.
Mulk egasini o’zi boshqaradigan unchalik katta bo’lmagan korxona
(firma)da ularni yuritish bilan bog’liq bo’lgan hamma qarorlarda foydani
ko’paytirish asosiy o’rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda
rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari
har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay
olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik
qilishda ma’lum darajada erkinliklar bo’lib, foydani maksimallashtirish
bilan yetarli shug’ullanmasliklari mumkin.
Ular mulk egasi
bo’lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o’rniga qisqa manfaatni
afzal ko’rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko’pincha foydani
maksimallashtirish o’rniga daromadni ko’paytirish yoki aksiyadorlarni
qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin.
Bundan
tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar
olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning
o’zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar o’z
lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani
boshqa rahbarlarga
topshirish zarurati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir
qancha turlari mavjud:
-
haqiqiy foyda;
-
o’rtacha foyda;
-
monopol foyda yoki iqtisodiy renta; - maksimal foyda.
Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy
xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi.
Bu foyda korxona
moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
O’rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan
kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo’lish
tushuniladi. O’rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko’rsatayotgan
sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi
bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi.
O’rtacha foydani ko’pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Iqtisodiy foyda qachon paydo bo’ladi? Agar korxona bir mahsulotni
tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so’m foyda olgan bo’lsa-yu, ana shu
mablag’ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150
ming so’mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish
kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani
biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag’batlantirsa, ijobiy haqiqiy
foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak
beradi.
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish
omillaridan foydalanish natijasida sodir bo’lgan foyda hisoblanadi.
Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bo’lib, yerni olish bilan bog’liq
xarajatlar bir xil bo’lishi sharoitida birinchi yer transport tarmog’iga yaqin
bo’lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so’m kam sarf qilinishi
mumkin, ana shu 10 mln so’m uning qo’shimcha foydasi hisoblanadi.
Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi
va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan
shu omilning eng kam bahosi o’rtasidagi farqdan iborat bo’ladi.
Maksimal foyda – bu bir birlik qo’shimcha mahsulotni sotishdan
olingan daromadni shu bir birlik qo’shimcha mahsulotga qilingan xarajat
miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda.
Shu holda
rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo’ladi. Shunga ko’ra,
foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash
deganidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o’tkazilayotgan tub
iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o’rin
tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to’g’ri taqsimlash jamoa va har bir
xodimning manfaatdorligini uyg’unlashtirish uchun sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: