Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin.
Ular eng
avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-
ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga
ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham
guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy
fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib
ko’rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan
imkoniyatlarni
safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin
pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish
kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish,
rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy
mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan
oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga
qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1.Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2.Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish;
3.Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4.Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo,
hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish,
foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan
foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda
esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu
reja topshiriqlari korxona
bo’limlariga yetkaziladi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida
yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan
ko’rsatkich hisoblanadi. Shunga qaramay,
mahsulot tannarxi sanoat
ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini
pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri
hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-
sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror
bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: