Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.
3. Foyda va uni maksimallashtirish Sanoat va uning barcha bo’g’inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat
ko’rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor
munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda, ma’lum
funksiya (vazifa)larni bajaradi:
-ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy
samarani tavsiflaydi, chunki u so’nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;
-turli darajadagi budjetlarni shakllantiradi;
-xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy
dastak va stimul rolini o’ynaydi;
-ilmiy – texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga
imkoniyat beradi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish
xo’jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir.
Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi – korxona
balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari,
xo’jaliklarning moliya-xo’jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda
summasidir . Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan,
ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan
daromadlardan, korxona yordamchi xo’jaliklarining mahsulotlarini
sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari, foyda va uy-
joy kommunal xo’jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil
topadi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari
foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
-mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan
olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi
o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF =
SST – MIT, bu yerda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan olingan sof tushum;
MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi
foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va qo’shimcha asosiy faoliyatdan
ko’rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: