36
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
aniq ifodalash yo’lini tushuntirib berishlari lozim. O’smirlarning o’quv faoliyatida, o’quv
materialini o’zlashtirish darajasida, umumiy intellektual rivojlanishida
turli darajadagi
o’quvchilarni uchratish mumkin. O’quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik sinflarda bilinmagan
bo’lsa, V-VI sinflarda o’zlashtirishi keskin farqlanadigan bolalar ko’zga tashlanib qoladi.
O’smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari
ham intellektualizasiya bo’la boshlaydi, ya’ni o’smir o’quv materiallarini tushinib idrok qilish
va eslab qolishni o’rgana boshlaydi. O’smirlarning o’z-o’zini anglashi sifat jihatidan o’zgaradi.
O’zi haqida o`ylash, o’zini boshqalar bilan taqqoslash o’smirning xususiyatidir. O’smir o’z
kamchiligi ustida o`ylaydi, o’zidan qoniqmaslik hissi paydo bo’ladi. Ko’pchilik o’smirlar
kattalarga o’xshaydigan o’z tenglashlariga o’xshashga harakat qiladilar. O‘smirlik davrida
o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha
o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan,
yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish
darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab
berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki
-
mulohaza
yuritish, fikr
bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. YOzma nutq ham rivojlangan holda o‘smirlar
endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smirlarning
nutqi to‘la tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki
va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar. O‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib,
o‘z nutqini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. O‘quvchi yozib bayon qilayotganida, ko‘pincha,
bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan ishlab
chiqishga majbur bo‘ladi. O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar
bajarayotganida o‘zining shu ishiga baho
berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga
qarabgina berilib qolmasdan, balki
shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan bayon
qilinganiga qarab ham
baholanishini oldindan bilib turadi.
Mana shu hollarning hammasi
bolani o‘z nutqini grammatika va logika talablariga muvofik keladigan qilib, ongli ravishda
tuzishga majbur etadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga
ayniqsa katta ta’sir qiladi. O‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi
namunalari bilan tanishadilar.
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda
muhim bosqich
bo‘ladi. O‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq
holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va ayniqsa o‘zidagi
fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika
tuzilishini egallashda
katta ahamiyatga ega. YOzma bayon qilish vaqtida fikrni to‘liq tushuntirib berish zarurligi
o‘quvchini o‘zi yozayotganlarining mazmunigagina diqqat qaratmasdan,
balki qanday qilib
37
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
yozayotganligiga ham e’tibor berishga majbur etadi. Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida
o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘kituvchining nutqi o‘quvchilar uchun namunali
nutq hisoblanadi. SHu sababli, har bir o‘qituvchi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham
o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay intilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: