Innovatsion iqtisodiyot


XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI TOMONIDAN BAJARILADIGAN ISHLARI TAHLILI



Yüklə 128,13 Kb.
səhifə5/10
tarix14.04.2023
ölçüsü128,13 Kb.
#97822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi

XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI TOMONIDAN BAJARILADIGAN ISHLARI TAHLILI

Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining tashkiliy tuzilmasi o’ziga ko’plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko’pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo’lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyuta-kredit va moliya siyosati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatgan:

  • xo’jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;

  • jahon xo’jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo’lgan ehtiyojning kuchayishi;

  • jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog’ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.

Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funktsiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Axborot funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo’jaligi rivojlanishining umumiy tendentsiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin bo’lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o’tkazilgan xalqaro konferentsiyalar, yig’ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo’yicha statistik materiallarni nashr etib boradi.
2. Maslahatchi funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyuta-kredit va moliya siyosatini o’tkazish bo’yicha maslahatlar berib boradi.
3. Tartibga solish funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funktsiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to’lov balansida muammolarga ega bo’lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko’rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko’rsatgan.
4. Bashorat qilish funktsiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog’liq holda jahon ahamiyatiga ega bo’lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo’jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g’oyasi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida yuzaga keldi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • xalqaro savdoni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash, jahon iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;

  • byudjet taqchilligini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga kreditlar – davlatlararo kreditlar;

  • xalqaro loyihalar (loyihada to’g’ridan-to’g’ri, shuningdek rezident tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor bo’lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

  • xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko’rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshq.) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo’lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

  • fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).

Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko’zlagan holda faoliyat yuritadi:

  • jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;

  • valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;

  • jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.

Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo’nagining miqdori bilan aniqlanadi.
­Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning hukumati va davlat tashkilotlari va bilan bo’ladigan o’zaro munosabatga bog’liq bo’ladi. Shunday ekan, xalqaro moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko’p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo’yicha risklarni boshqarish va sug’urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni talab etadi.
Xalqaro Valyuta fondi, XVF (ing. International Monetary Fund, IMF) –Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ixtisoslashgan tashkilotlaridan bo’lib, shtab-kvartirasi AQShning Vashington shahrida joylashgan. 1944 yil 22 iyulda BMTning valyuta-moliya masalalari bo’yicha Bretton-Vudsdagi konferentsiyasida XVF bitimining asosi ishlab chiqildi. XVF tashkil topgan rasmiy sana – 1945 yil 27 dekabr bo’lib bunda, bitimning oxirgi varianti 29ta davlat tomonidan imzolandi. XVF o’z faoliyatini 1947 yil 1 martdan Bretton-Vuds tizimining bir qismi sifatida boshladi. Shu yili Frantsiya birinchi kreditni oldi. Hozirgi kunda XVF 186 davlatni birlashtirib, uning tuzilmasida 133 mamlakatdan 2500 mutaxassis ishlaydi.
XVF – a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va ularga to’lov balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va o’rta muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan hukumatlararo tashkilotdir.
XVF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi:
– xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag’batlantirish;
– xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o’sishini qo’llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning etarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa qo’shish;
– a’zo davlatlar o’rtasida joriy bitimlarga doir ko’p tomonlama to’lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qilishga ko’maklashish;
– a’zolarning umumiy resurslari hisobidan etarlicha xavfsiz asosda mablag’ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga to’lov balansidagi nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g’ov bo’ladigan chora-tadbirlarsiz to’g’rilash imkonini berish;
– yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to’lovlar balanslaridagi nomuvofiqlik(muvozanatsizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini pasaytirish.
XVF faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • jahon valyuta tizimini nazorat qilish;

  • pul siyosatidagi xalqaro xamkorlikga yordam berish;

  • jahon savdosini kengaytirish;

  • XVF a’zolarini kreditlash;

  • valyuta ayirboshlash kurslarini barqarorlashtirish;

  • debitor mamlakatlarga maslahatlar berish;

  • SDR chiqarish orqali likvid mablag’larni yaratish;

  • iqtisodiy siyosat va texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab chiqish.

  • xalqaro moliya statistikasi standartlarini ishlab chiqish;

  • xalqaro moliya statistikasi to’plamlarini e’lon qilish.

Jahon banki – 190dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko’rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir.
Jahon bankining bosh maqsadi – iqtisodiy o’sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kreditlash yo’li bilan kambag’allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishga hamda fuqarolarning hayot darajasini yaxshilanishiga imkon tug’diradi.
Jahon bankining Xalqaro valyuta fondidan farqi shundaki, Jahon banki faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli yordam ko’rsatadi, XVF faoliyati esa mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy inqirozni bartaraf qilishga yo’naltirilgan. Jahon banki BMTning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida strategik vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat qilishga mo’ljallangandir, ya’ni barcha a’zo mamlakatlarning iqtisodiyotini jahon xo’jaligi tizimi asosiy markazlari bilan integratsiya qilishdir.
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o’z ichiga oladi1.
Jahon bankining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:

  • rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiya faoliyati;

  • iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahat va tahliliy faoliyat;

  • amalga oshiriladigan dasturlar va ko’rsatiladigan xizmatlar tarkibi va tuzilmasini muntazam to’g’irlab borish;

  • boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasida resurslarni taqsimlashda vositachilik qilish.

Har uch yilda Jahon banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi faoliyatining strategiyasi” nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan mamlakatlar bilan bo’ladigan xamkorlikda foydalaniladi. Strategiyaga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va kambag’allik muammolarini hal qilish bo’yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi.
O’zining faoliyati bo’yicha Jahon banki ma’lum tamoyillarga amal qiladi, jumladan:

  • rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o’sishiga yordam beruvchi samarali kapital qo’yilmalar uchun resurslar ajratish;

  • resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda iqtisodiy mulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish;

  • bitta ishtirokchi mamlakat doirasida berilgan resurslarni ishlatishga cheklovlarning mavjud emasligi;

  • xodimlar faoliyatining boshqa sub’ektlarga, jumladan, mamlakatlar xukumatiga emas balki faqatgina bank manfaatlariga yo’naltirilganligi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi dunyodagi yirik moliyaviy mablag’lar manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
U o’zining moliyaviy resurlarini kambag’al mamlakatlardagi kambag’allik darajasini pasaytirish hamda iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, shuningdek, xayot sifatini yaxshilashga sarflaydi.
Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning faoliyatini quyidagi ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz.

Yüklə 128,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin