Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) – Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilot bo’lib, u 1960 yilda tashkil etilgan. XRA Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo mamlakatlarda aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana’naviy kreditlarga nisbatan og’ir bo’lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko’mak berish hisoblanadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) (ing. International Finance Corporation, IFC) – Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilotdir. Tashkilotning shtab-kvartirasi Vashingtonda (AQSh) joylashgan. 1956 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga xususiy investitsiyalar oqimi barqarorligini ta’minlash maqsadida tuzilgandir.
Jahon banki tashkilotlari guruhining Prezidenti bir vaqtning o’zida XMK Prezidenti bo’lib hisoblanadi. Rahbarlik vazifasi vitse-prezident tomonidan amalga oshiriladi.XMK aktsionerlari bo’lib 182 mamlakat hisoblanadi.4 XMK Jahon banki guruhiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan o’z faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, lekin yuridik va moliyaviy aloqalarda mustaqil tashkilot bo’lib hisoblanadi.
Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik(IKKA) - Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik(ing. Multilateral Investment Guarantee Agensy) - Jahon banki guruhiga kiruvchi mustaqil xalqaro tashkilotdir. IKKAning asosiy maqsadi bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to’g’ri investitsiyalarni yo’naltirishga ko’maklashish, shuningdek axborot va konsultatsiya xizmatlarini ko’rsatish hisoblanadi. Shu bilan birga IKKA siyosiy risklardan sug’urtalashni yoki rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to’g’ri investitsiyalarni rag’batlantirish maqsadida kafolat berishni amalga oshiradi.
IKKA – 1988 yilda a’zo mamlakatlarning badallari evaziga tashkil topgan. Hozirgi kunda 2010 yil holatiga ko’ra IKKAga 175 mamlakat a’zolikka qabul qilingan5. IKKA xalqaro tashkiloti to’g’risidagi konventsiya 1985 yil 11 oktyabrda Vashingtonda imzolangan. Shuningdek shtab-kvartirasi ham Vashingtonda joylashgan.