Izoh: 5 – juda yuqori baho.
4 – yuqori baho.
3 – qoniqarli baho.
2 – past baho.
1 – juda past baho.
Ekspertlar loyiha to‘g‘risida to‘la ma’lumotga yega bo‘lishlari uchun barcha masalalarni to‘la o‘rganib chiqishlari shart, so‘ngra umumlashgan natijalardan kelib chiqib loyiha samarasiga baho beradi.
Sifatli baholash uchun aniq ma’lumotlar kerak bo‘ladi, ularni tarkibi quyidagi jadvalda berilgan.
jadval
Obyyektiv ma’lumotlarni miqdoriy o‘lcham va innovatsion loyihaga ajratilgan (berilgan) tavsifnoma
Kiruvchi
Iqtisodiy samaradorligining ortishi;
Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yyechishga qo‘shgan hissasi;
Usuvor yo‘nalish deyilganda, asosan, davlatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatini amalga oshirilishi va mamlakat taraqqiyoti oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadi tushuniladi.
Usuvor tanlangandan so‘ng innovatsion faoliyatni rivojlantirishni strategik yo‘nalishlari va tadbirkorlikni Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash strategiyasi aniqlanadi.
Strategiyani boshlang‘ich bosqichida telekomunikatsiya, oziqovqat, yengil sanoat tarmoqlari, qurilish, kichik biznesda investitsiya manbalaridan samarali foydalanish nazarda tutiladi.
Ikkinchi bosqichni tarmoqda amalga oshirish, qaysiki O‘zbekistonning aniq bir raqobat imkoniyatlari mavjud bo‘lgan (yoqilg‘iyenergetika kompleksi) sohalarni yuksaltirishga ye’tibor qaratiladi.
Uchinchi bosqichda strategiyani hayotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Barcha uchala strategiya ham ichki va tashqi sharoitni yaratishda Davlatni tegishli yordamiga muhtoj. Tashqi sharoitlarga innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradigan soliq siyosati, bojxona to‘lovi, tariflarni kiritishimiz mumkin.
Innovatsion faoliyat samaradorligini oshiruvchi ichki sharoitlarga korxonalarni restruktizatsiya va isloh qilishni kiritishimiz mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari tashqi shartlarga, shuningdek, ilmiy muassasalarga qaytarib bermaslik sharti bilan ajratilgan muhim ahamiyat kasb etadigan mahalliy dastur va grantlarni ham kiritishimiz mumkin.
Mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini yanada yuksaltirish va uni halqaro doiradagi mavqeini oshirish borasida bir qator ijobiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Uni quyidagilarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin:
natijaga qarab texnologiyadan foydalanish tamoyiliga o‘tish;