Innovatsion texnologiyalarni qishloq


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali



Yüklə 488,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix23.05.2023
ölçüsü488,22 Kb.
#120769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
21 Abasxanova 205-212

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
  
210
 
Mikrokontrollerning signalidan so‘ng yuklamani nazorat qilish moslamasi ishga tushib 
topshiriqni boshqarish tizimi va tuproqni isitish jarayonlarini sozlashdan keyin tuproqni 
isitishni boshladi. Tuproq harorati monitoringi va tuproqni isitish tizimini o‘rnatish 
jarayonlarini ko‘rish LCD displeyda aks etadi. 
Barcha aqlli issiqxona tizimlarini boshqarish uchun Arduino seriyali Atmel 
mikrokontrolleri ishlatiladi. Arduino mikrokontrolleri boshqarish uchun zarur bo‘lgan 
afzalliklarga ega bolib u quvvatni nazorat qilish, signallarini etkazib berish muddati va 
vaqtini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi. 
Ushbu mikrokontrollerning asosiy afzalliklari: 16MHz protsessor, 32Kb doimiy va 2Kb 
RAM. Mikrokontrollerda ma’lumotlarni kiritish va chiqarish signallari uchun 20 ta pin 
mavjud bo‘lib, 20 ta pin 6 ta analog turdagi pinni o‘z ichiga oladi. PWM signalini qo‘llab-
quvvatlaydigan 6 ta raqamli turdagi raqamli pin, apparat uzilishining 2 ta pinlari mavjud. 
Dasturiy ta’minot muhitida sezilarli miqdordagi tayyor kutubxonalar mavjud. Arduino C ++ 
tili bilan IDE-ni o‘zlashtirishda juda oddiy muhiti mavjud bo’lib USB quvvatiga ulanganda 
Arduino o‘zining 5 V kuchlanishidan foydalanish imkoniyatiga ega (bu kuchlanish ko‘pchilik 
sensorli platalarni quvvatlantirish uchun etarli), arzon narx (1- rasm). 
I2C moduli tufayli Arduino-ga 4 tagacha ulanish uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p pinlar 
kabi muammo hal qilinadi, shuning uchun bunga qo‘shimcha ravishda I2C modulida 
trimmer rezistori ham mavjud, buning yordamida yorug’likni osongina sozlash mumkin.
Tuproq haroratining o‘zgarishini kuzatish uchun tuproq sirti va tuproq harorat 
sensori foydalaniladi. 
Sensor indikatorlardagi - 10 darajadan + 40 darajagacha bo‘lgan o‘zgarishlarni 
aniqlaydi. Harorat ko‘rsatkichlarining bunday tanlovi yuqorida muhokama qilingan 
analoglar bilan bog’liq bo‘lib, ularda termostatlar ushbu chegaralar doirasida ishlaydi va 
tuproqni isitish tizimida + 40 ° C dan ortiq haroratga ehtiyoj qolmaydi. O‘lchangan 
qiymatlarning etarlicha kichik xato chegarasi ham inobatga olinadi va harorat sensorining 
eng aniq qiymatlarni oladi. Ta’minot kuchlanishi 5V. DS18B20 harorat sensorida olingan 
ma’lumotlar bitta simli interfeys yordamida mikrokontroller bilan almashinadi. Ushbu 
protokol interfeysi bitta aloqa liniyasidan foydalanadi, bu xususiyat bir vaqtning o‘zida bir 
nechta sensorlardan foydalanish imkonini beradi. 
PWM signalini boshqarish uchun eng optimal variant mosfet tranzistoridir, chunki 
bu tranzistorning ochilish holati bipolyar tranzistorda bo‘lgani kabi berilgan oqim va 
tranzistor kuchlanish bilan boshqariladi. Bu xususiyat Arduino pinlaridan kichik oqimlar 
bilan yuklamaning o‘zida katta oqimlarni boshqarish imkonini beradi[3].

Yüklə 488,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin