“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
211
oshirishni kafolatlaydi[3]. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
va ularni sotish zanjirlarida ham takomillashgan tizimlar joriy etiladi va pirovardida katta
hajmdagi elektron maʼlumotlarni yigʼish imkoniyati yaratiladi. Mehnat unumdorligi 30 foiz
oshib, maxsulotlar hosili to‘liq yetishtirish uchun kerakli amaliy ko‘nikmalar olinadi.
Stresslarga chidamli,
yuqori hosildor, tashishga moslashgan, bioaktiv moddalarga boy
ekinlar navlarini yaratishga sharoit yaratiladi.“Smart” dehqonchilik
ekin maydonidagi
o‘simliklarga ortiqcha ishlov berish hamda kimyoviy moddalardan differensiyalangan holda
foydalanish imkon beradi.“Aqlli qurilma”lar orqali boshqaruv va monitoring jarayonlarini
avtomatlashtirish va ularda inson ishtirokini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligida bunday texnologiyalarni qo‘llash sohalari aniq dehqonchilik, “aqlli”
fermalar, “aqlli”
issiqxonalar, xom ashyoni boshqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
saqlash, qishloq xo‘jaligi
transportini boshqarish, “katta ma’lumotlar” va boshqalardan
iborat. Meva va sabzavotlar uchun “aqlli ombor”lar real vaqt rejimida (belgilangan harorat,
namlik darajasi, karbonat angidrid miqdori) maxsus
belgilangan algoritmlardan
foydalangan holda saqlash paytida mahsulotning holatini kuzatishga imkon beradi, bu esa
to‘g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Agar shartlar buzilgan bo‘lsa, tizim vaziyatni
tuzatadi va o‘zgarish haqida ombor egasiga xabar beradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
qayta ishlash va saqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik yechimlar, bu jarayonlarning
avtomatlashtirilishi xodimlar uchun xarajatlarni kamaytiradi va yig’ib olingan hosilni
saqlash sharoitlarini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: