“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
208
Tadqiqotning asosiy maqsadi mamlakatda yaratilgan jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti,
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini aqilli texnologiyalar asosida boshqarish va
monitoring qilishdan iborat. Tadqiqot natijasida qishloq xo‘jaligi
sohasida faoliyat
yurituvchi fermerlar, klasterlar uchun ularni issiqxonalarda va boshqa yopiq maydonlarda
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda ularni rivojlanishini monitoring qilish,
avtomatik sugʼorish ishlari, o‘gʼitlash, yer tuprogʼi tarkibidagi
parametrlarini aniqlash va
ular asosida har bir qishloq maxsulotini yetishtirishga mo‘ljallangan avtomatik boshqaruv
tizimi dasturiy taʼminoti va texnologiyasi ishlab chiqilgan [6,7].Tadqiqot
usullari sifatida
iqlim nazorati,
haroratni, namlikni, azot, kaliy, fosforni darajasini о‘lchovchi
vositalari,
ozuqa moddalari bilan ta’minlash, mevaning pishib yetilganligi va sug’orish asboblari
usullaridan foydalanilanilgan. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati qishloq xo‘jaligi
yerlari va
ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor hamda aniq baholashda ham sunʼiy yo‘ldosh
orqali maʼlumotlaridan masofaviy foydalanish bo‘yicha monitoring qilish usul va
algoritmlarini rivojlantirishdan iborat[8].Tadqiqotning amaliy ahamiyati tadqiqotda olingan
natijalardan turli xil yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini
monitorning qilish
tizimlarining import o‘rnini bosuvchi dasturiy taʼminotini yaratish va joriy etish.
Dostları ilə paylaş: