Innovatsion texnologiyalarni qishloq


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Yüklə 488,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix23.05.2023
ölçüsü488,22 Kb.
#120769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
21 Abasxanova 205-212

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
Tadqiqotda ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-
tadqiqot muassasalarida serhosil, eksportbop sabzavot va poliz ekinlarining yangi navlarini 
yaratish, ilgʼor xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarning yetarli darajada 


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
  
207
 
tashkil etishdan iborat. Bioinjeneriya va o‘simliklarning yopiq tizimlari sohasida aqlli 
mahsulotlarning rivojlanishi, maʼlumotlar bazasini yaratish, energiyani tejaydigan 
sensorlar, signallarni raqamli uzatish va uzatish formatiga ega mikroelektron 
komplekslardan foydalangan holda masofadan turib boshqarish uchun avtomatlashtirilgan 
tizimlarni ishlab chiqish, internetning sanoat jihozlaridan maʼlumotlarni yigʼish, uzatish, 
qayta ishlash va vizualizatsiya qilish uchun bepul platforma ishlab chiqish va innovatsion 
nuqtai nazaridan biznes bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatishdan iborat.
Mamlakatimiz iqtisodchilarining tadqiqotlarida “innovatsiya” atamasi bozor 
munosabatlariga o‘tish munosabati bilan keng qo‘llanila boshladi. Agrar sohani innovatsion 
rivojlantirish muammolarini o‘rgangan bir qator iqtisodchi olimlar, jumladan 
A.A.Abdug’aniyev, 
A.V.Vahobov, 
A.M.Qodirov, 
S.S.G’ulomov, 
Yo.A.Abdullayev, 
Ch.Murodov, T.X.Farmonov, O‘.P.Umurzoqov, N.S.Xushmatov, A.Muxtorov va boshqalar 
e’tiborga molik muhim ilmiy izlanishlarni olib borganlar. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan 
ta’riflarni umumlashtirgan holda innovatsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin. Innovatsiya - bu qandaydir yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot 
(tovar, xizmat) yoki jarayonni, marketingning yangi uslubini, ish joylarini tashkil qilishda 
yoki tashqi aloqalarda yangi tashkiliy uslubni iste’molga kiritishdir [3]. 
Xorijlik olimlardan N.G.Pasyukova, А.S.Kukushkinlar esa o‘z tadqiqotlarida 
mintaqalarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda qishloq xo‘jaligi sohasini ragʼbatlantirish 
masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Аmmo yuqorida nomlari qayd etilgan olimlarning 
tadqiqotlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirish, prognozlash hamda 
ushbu sohadagi ijtimoiyiqtisodiy muammolarni o‘rganish yetarli darajada o‘rganilmagan. 
Shu nuqtai nazardan bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonlarini 
modellashtirish, mazkur sohaning hududlardagi rivojlanishi, uni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash va istiqbolini prognozlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda[4,5].
AQSh qishloq xо‘jaligining samaradorligi bо‘yicha dunyoda birinchi о‘rinda turadi, bu 
sohada mamlakat ishchi kuchining atigi 2 foizi ishlaydi. Gollandiyada “raqamli 
texnologiyalar” qishloq xо‘jaligida keng qо‘llaniladi, jumladan qishloq xо‘jaligining turli xil 
jarayonlarni boshqarishda yordam beradigan “Internet buyumlari” (IoT) dan foydalaniladi. 
Isroilda suо‘orish suvining keskin tanqisligini hisobga olib, dasturiy ta’minot, sug’о‘orish 
tizimlari, innovatsion yig’im-terim uskunalari orqali joriy etishning yuqori intensivlik va 
samaradorlikga erishildi. Koreya Respublikasida qishloq xо‘jaligini innovatsion rivojlantirish 
tajribasi noyobdir va rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va 
innovatsion agrar tizimni shakllantirishda foydalanish mumkin. Tayvanda sо‘nggi 5 yil 
ichida dasturiy ta’minot va mobil ilovalarni ishlab chiqish va fermerlar uchun katta о‘quv 
dasturi ishlab chiqishda yuqori natijalarga erishmoqda. Argentinada tuproqlarning holatini 
kuzatish, ma’lumotlarni tо‘plash va tahlil qilish tizimi joriy etilgan. Hindiston fermerlarning 
bilimini oshirishga, xususan, fermerlarga ob-havo, mahsulot narxi, ekinlarni etishtirish 
uchun eng yaxshi texnologiyalar va boshqa narsalar tо‘g’risida ma’lumot beradigan Agri 
Value Added Services mobil ilovalarini joriy etishga e’tibor qaratilgan. 

Yüklə 488,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin