Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir



Yüklə 321,06 Kb.
səhifə26/34
tarix22.07.2022
ölçüsü321,06 Kb.
#62872
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Innovatsion Yakuniy

97. Intellektual mulk va kapitalni muhofaza qilishning ahamiyati.
Intellektual mulkning samarali huquqiy muhofazasi mavjudligi har qanday mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning muhim sharti sifatida e’tirof etiladi. Bu sohadagi
to‘g‘ri davlat siyosati iqtisodiy sub’ektlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va innovatsion mahsulotlar yaratuvchilarining ijodiy faolligini oshirish omili hisoblanadi.
Intellektual mulkni himoya qilish mexanizmining samaradorligi innovatsiyalar jarayonining zaruriy vositasi bo‘lgan texnologiyalarning uzatilishiga bevosita ta’sir qiladi. Uning
maqsadi ma’lum muammolarni hal qilish uchun yangi bilimlarni uzatishdir. Intellektual mulk huquqlarini, innovatsiyalarni himoya qilish, innovatsion jarayonlarni boshqarishning muhim vazifasidir. Ushbu muammoni hal qilish texnologiyani uzatish, innovatsiyalarning tarqalishi, ularni sotib olish va sotish jarayonini boshqa tovarlarni sotib olish va sotish singari kuchaytirishga imkon beradi.
98. Intellektual mulk va kapital obbyektlarini muhofaza qilish usullari.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan intellektual faoliyat natijalari tovar aylanmasi sohasiga kiritildi hamda ular intellektual mulk rejimiga bo‘ysundirildi. Intellektual
mulkning yangi mahalliy institutini yaratish 1991-1995-yillarda boshlandi hamda o‘sha paytning o‘zida intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish to‘g‘risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining to‘rtinchi qismining kuchga kirishi, ilgari alohida qonunlar bilan tartibga solingan barcha ob’ektlar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar uchun yagona huquqiy asosni yaratdi. Shu sababli ularning aksariyati o‘z kuchini yo‘qotdi. Hozirgi vaqtda ushbu asrning boshlarida qabul qilingan “Tijorat sirlari to‘g‘risida” (2014), “Raqobatni rivojlantirish to‘g‘risida” (2012), “Axborotlashtirish
to‘g‘risida” (2003)gi qonunlar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ammo asosiy qonunchilik akti Fuqarolik Kodeksi hisoblanadi. Ma’lum bir guruhga tayinlanishiga qarab, intellektual faoliyatning aniq natijalarini himoya qilishning turli usullari mavjud.

Yüklə 321,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin