Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir


Innovatsion faoliyatni bashqarishni qanday



Yüklə 321,06 Kb.
səhifə9/34
tarix22.07.2022
ölçüsü321,06 Kb.
#62872
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Innovatsion Yakuniy

26. Innovatsion faoliyatni bashqarishni qanday qonuniyatlarini bilasiz?
Innovasion jarayonlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida xodimlar va bo`limlarning ishtiroki muhim. To`g`ri ishlangan motivasiya tizimi kadrlarning ijodkorligini, xodimlarning innovasiyalarga tayyorgarlik darajasini oshiradi va shu bilan birgalikda korxona innovasion salohiyatini yuksaltiradi.
Joriy ishlab chiqarish va texnologik daraja quyidagilarni qamrab oladi: ish o`rinlarining bilim sohalariga ko`ra zamonaviy innovasion va axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari, ilg`or uskunalar bilan, shuningdek, zarur bo`lgan materiallar, reaktivlar, laboratoriya, ishlab chiqarish va ofis jihozlari bilan ta’minlanganligi; ishlab chiqarishda ilg`or va innovasion texnologiyalarning qo`llanishi. Ushbu omil innovasion salohiyatni tashkil etuvchilaridan biri - ishlab chiqarish va texnologik salohiyatni shakllantiradi.
Innovasion salohiyatning boshqa bir tashkil etuvchisi - ilmiy-texnik salohiyat to`g`ridan-to`g`ri korxonaning erishgan ilmiy-texnik darajasi bilan bog`liq. Ushbu omil o`z ichiga quyidagilarni kamrab oladi: intellektual mulk huquqlari (patent, sertifikatlar, nou-xau); innovasiyalar haqida mamlakatdagi kabi, xorijda ham axborotlar mavjudligi: ilmiy-texnik adabiyotlar, intellektual mulk ob’ektlari bilan ishlash, yangi yuqori ilmiy texnologiyalar, tizimlar va uskunalar haqida axborotlar; xalqaro va mahalliy axborot tizimlariga kiritilgan kompyuter tizimlarining mavjudligi; yangi texnologiyalarni rivojlantirish darajasi; tugallangan va tugallanmagan innovasion loyihalar shaklidagi ilmiy-texnik ishlanmalar.


27. Innovatsion jarayonni amalga oshirish xususiyatlarini sharhlang?

Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo’llash joylarda bir marta o’zlashtirib va foydalanib bo’lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xaraktеrga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – tеxnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va tеxnologiyalarda ro’yobga chiqaradigan aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – tеxnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.






Yüklə 321,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin