Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir



Yüklə 321,06 Kb.
səhifə11/34
tarix22.07.2022
ölçüsü321,06 Kb.
#62872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Innovatsion Yakuniy

30. M.Jonson, K.Kristensen, X.Kagermann metodologiyasiga muvofiq biznes- modelning mohiyatini aniqlashtiring. Asosiy bloklar haqida ma’lumot bering?
Biznes-modelni tanlash mexanizmini tushungan holda, kompaniya biznes- modelinin asosiy elementlarini yoki bloklarini ham tushunib olishimiz talab etiladi. Ushbu maqsadlar uchun, Mark Jonson, KleyKristensen va Xenning Kagermann (Johnson et.al.,2008) tomonidan taklif qilingan biznes-model ta’rifidan foydalanamiz, chunki bu ta’rif bizning fikrimizcha, eng to‘g‘ri, aniq va tartibli tuzilishga asoslangan hisoblanadi. Shu tariqa, biznes-model birgalikda iste’molchilarga qiymat yaratadigan va etkazib beradigan to‘rtta o‘zaro bog‘liq element yoki sub-modellardan tashkil topadi:
1. iste’molchilarga taklif qilinayotgan qiymat (customer value preposition);
2. foyda formulasi (profit formula);
3. asosiy resurslar (key resources);
4. asosiy jarayonlar (key processes)
Iste’molchilarga taklif qilingan qiymat. Muvaffaqiyatli kompaniya - bu iste’molchilar xoxlayotgan kerakli qiymatni yaratish yo‘lini topa olgan kompaniyadir.
Foyda formulasi. Foyda formulasi - kompaniyaning ayni vaqtda qyimatni iste’molchilarga etkazib berish orqali o‘zi uchun qay tarzda qiymat yaratayotganligini ko‘rsatib beradi.
Asosiy resurslar. Personal, texnologiyalar, mahsulotlar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, taklif etilayotgan qiymatlarni maqsadli iste’molchilarga etkazib berish uchun zarur bo‘lgan kanallar va shu kabilar asosiy resurslar hisoblanadi.
Asosiy jarayonlar. Muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar yaratilgan qiymatni iste’molchilarga vaqt va makonda tezkor va samarali tarzda etkazib berish imkonini beruvchi operatsion va boshqaruv jarayonlari bilan boshqalaridan ajralib turadi.


31. A.Ostervalder yondashuvining mohiyati nimadan iborat. Bloklarni to‘ldirish tartibini tushuntiring?

Ostervalder biznes-modelni tashkilotning tashkil etish, rivojlantirish va uning muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy tamoyillarini ta’riflash uchun zarur vosita sifatida tushuntiradi. Ostervalder modelining bloklarini to‘ldirishga urinib ko‘ramiz. Ostervalder modelining birinchi va asosiy bloki “qiymat taklifi” (value proposition) blokidir. Ushbu blokni to‘ldirganda quyidagi savollarga javob berish talab etiladi:



  1. Biznes iste’molchilarga qanday qiymatni etkazib berishi mumkin?

  2. Biznes iste’molchilarning aynan qaysi muammosi (muammolari)ni hal etishi lozim?

  3. Bozorda qanday mahsulot va xizmatlar taklif etilmoqda?

  4. Kompaniya iste’molchilarning qaysi ehtiyojlarini qondiradi?

To‘ldirilishi lozim bo‘lgan ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihati bo‘lib, qiymat taklifining quyidagi o‘ziga xosliklari hisoblanadi:

  • yangilik;

  • ish sifati;

  • dizayn;

  • brend;

  • mahsulot narxi;

  • xarajatlarni kamaytirish yoki xatarlarni kamaytirish imkoniyati;

  • mahsulotga etishishning osonligi;

  • qulaylik.

Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu blokda asosiy e’tibor mahsulot yoki xizmatning o‘ziga emas, balki uning iste’molchiga keltiradigan nafliligiga qaratilishi lozim.
Ostervalder modelining ikkinchi bloki “Mijozlar segmenti” (customersegments) hisoblanadi.Mazkur blokni to‘ldirish uchun quyidagi savollarga javob berish muhim:

  1. Qiymat kimlar uchun yaratilayapti?

  2. Kompaniya uchun eng muhim iste’molchilar kimlar hisoblanadi?

Quyidagi bozor tavsiflari ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihatlari hisoblanadi:

  • bozor o‘lchamlari (bozordagi ulush yoki mass-market);

  • bozor qanchalik darajada segmentlanganligi;

  • bozor qanchalik diversifikatsiyalashgan.




Yüklə 321,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin