Innovatsiyalar va integatsiyaviy yondashuv



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#176725
  1   2   3   4   5   6   7
uzluksiz-ta-lim-tizimini-rivojlantirishda-pedagogik-innovatsiyalar-va-integatsiyaviy-yondashuv



Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
 
Chirchik, Uzbekistan 1519 International Conference 
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK 
INNOVATSIYALAR VA INTEGATSIYAVIY YONDASHUV 
 
Bahodir Sobirov 
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori 
O‗zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‗lim kadrlar tayyorlash tizimining 
asosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‗minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, 
ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, 
ijtimoiy faol, ma‗naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali 
raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratadi.
Darhaqiqat, uzluksiz ta‗lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi 
uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-
hunar ma`lumotlarini o‗zlashtiradi, yuksak ma‗naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs 
va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash 
shakllanadi. 
Ma‘lumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish, 
tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish, dunyoqarashini shakllantirish, 
nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi.Har 
qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab 
beradi.Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi. 
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‗lim quyidagi ta‗lim 
turlarini o‗z ichiga oladi:
-maktabgacha ta‗lim; 
-umumiy o‗rta, o‗rta maxsus ta‗limi; 
-professional ta`lim 
-oliy ta‗lim;
-oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‗lim; 
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
-maktabdan tashqari ta‗lim.
 
O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir 
bosqichida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr 
uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin.
Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin, 
har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo`ladi. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin