Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1520 International Conference Respublikamizda 11 yillik umumiy o‘rta ta‘lim, akademik litsey va texnikumlar
tizimini shakllanganligi, ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos.
Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori
darajada ko‗rib chiqilishi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, tarkibiy qismlarining
funksiyalari aniq belgilangan va o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni tizimli
bajarilishini ta‗minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini
statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash
o‗zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro‗y berishi
mumkin bo‗lgan ba‗zi holatlarga e‗tibor bilan qarash imkonini beramaydi.
Uzluksiz ta‘lim tizimi sifatini ta‘minlashda bir qancha muammoli masalalar
mavjudligini ko‗rish mumkin. Jumladan:
• Nima uchun maktabning birinchi sinfiga borgan bola darslarga moslashish
va fan dasturida berilgan mavzularni o‗zlashtirishda qiynaladi?
• Nega boshlang‗ich ta‘limda yaxshi baholarga o‗qigan bola yuqori sinflarda
o‗qishi pasayib ketadi?
• Nima uchun o‗quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira
olmaydi?
• Nega oliy ta‘limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta
olmaydi? Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta‘lim tizimida uzviylikning
ta‘minlanmaganligini ko‗rsatish mumkin.
Uzluksiz ta‘lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta‘minlanmaganligi
ta‘lim sifati va samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Jumladan, ta‘lim
turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‗p
soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma‘lumotlarga asoslanganligi
hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta‘lim
bosqichlari mazmuni tahlilida 10–15 foiz mavzularning takror berilayotganligi,
50–60 foiz mavzularda uzviylik ta‘minlanmaganligi tahlillarda ko‗rindi.
Maktabgacha ta‘lim, Xalq ta‘limi hamda Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
vazirliklari o‗z ta‘lim obyektlari bo‗yicha me‘yoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida
bir qancha ijobiy natijalarga erishgan bo‗lsalar-da, ammo uzluksiz ta‘lim tizimida
uzviylik yetarlicha ta‘minlanmay kelmoqda.
Oldimizda ta‘lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta‘lim
tizimining me‘yoriy hujjatlari, o‗quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish,
ularning har bir fan bo‗yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish
bo‗yicha ishlar hamda uzviyligi ta‘minlangan fan dasturlari asosida darsliklar
mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi.