Innovatsiyalar va integatsiyaviy yondashuv


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#176725
1   2   3   4   5   6   7
uzluksiz-ta-lim-tizimini-rivojlantirishda-pedagogik-innovatsiyalar-va-integatsiyaviy-yondashuv

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
 
Chirchik, Uzbekistan 1522 International Conference 
vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik taʼlim tizimini sifat jihatidan yangi 
darajaga koʻtarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi oʻz 
tarkibiga kiruvchi taʼlimiy-ilmiy-innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik 
va kasbiy layoqatlilik darajasi bilan, balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul 
qila olish qobiliyati, yangi taʼlim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda 
amalga oshira olish qobiliyatiga ega zamonaviy taʼlim mutaxassislarini tayyorlash 
uchun birlashtirishdir. 
Pedagogik taʼlim rivojlanishining klaster tizimi taʼlim berish, oʻquv 
adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, taʼlim va 
tarbiya uzviyligi bilan bogʻliq umumiy yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi. Ayni 
paytda bu umumiy yoʻnalishlar taʼlimni boshqarish va tashkillashtirish, taʼlim 
turlari va yoʻnalishlari oʻrtasida uzviylik va integratsiyani taʼminlash, oʻqitish 
metodlari va vositalaridan foydalanish kabi yoʻnalishlarda xususiylashadi. 
Quyidagilar klaster tizimining subyektlari sifatida ishtirok etadi: 
– talabalar, magistrantlar va doktorantlar pedagogik amaliyot oʻtaydigan, 
taʼlimiy, ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish faoliyatini olib 
boradigan oʻquv va tajriba eksperimental baza vazifasini oʻtaydigan maktabgacha, 
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, oliy va qoʻshimcha taʼlim muassasalari; 
– taʼlimning turli darajalaridagi yangilanishlarga muvofiq ravishda 
kattalarning qoʻshimcha taʼlimi tizimi muassasalari, bolalar va oʻsmirlarning 
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi pedagogik kadrlarini 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari; 
– hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan va uni 
belgilaydigan ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalar, markazlar, ilmiy tadqiqot 
institutlari; 
pedagogik hamjamiyatlar, tashabbuskor jamoalar, jamoat birlashmalari, 
davlat va nodavlat tashkilotlari; 
– xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar. 
Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy 
maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan 
kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi 
subyektlari bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida 
klasterning maʼnaviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy taʼsiri hamda 
ahamiyatini kengaytiradi. 
Pedagogik 
taʼlim 
innovatsion 
klasteri 
aloqadorlik, 
uzviylik, 
izchillik, vorisiylik, zamonaviylik, yoʻnaltirilganlik, manfaatdorlik tamoyillariga 
asoslanadi. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin