INSHO YOZISHNI O\'RGATISHDA INTEGRATSION TA\'LIM METODIDAN FOYDALANISH
Rasmga qarab hikoya tuzish. 1-mashq. Rasm yuzasidan savollar beriladi. Oʻquvchilarning javoblari asosida hikoya tuziladi. Suhbat yakunida oʻquvchilar nutq, nutqning ogʻzaki va yozma shakli, nutq mazmunan bogʻlangan gaplardan tuzilishi, gaplar esa soʻzlardan tashkil topishini bilib oladilar.
Mashqni darslikda berilgan rasmli koʻrgazma yoki multimediali ilova vositasi yordamida bajariladi.
1-mashq uchun videolavha namoyish etiladi. Videolavhada maktabga kelayotgan o‘quvchi oʻqituvchisiga guldasta hadya qilib, sinfxonasiga kirib oʻtiradi. Natijada 1-mashqdagi rasm hosil boʻladi.
Suhbat uchun savollar:
Rasmda nima tasvirlangan?
(Rasmda sinfxona tasvirlangan.)
Sinfxona qanday koʻrinishga ega ekan?
(Sinf xona keng,yorugʻ va shinam ekan.)
Oʻquvchilar nima qilyaptilar?
(Oʻquvchilar dars qilyaptilar.)
Oʻqituvchi nima qilyapti?
(Oʻqituvchi oʻquvchilarga dars oʻtyaptilar.)
Oʻquvchilar darsda oʻzlarini qanday tutyaptilar?
(Oʻquvchilar maroq bilan oʻqituvchini tinglayaptilar.)
Bolajonlar, mana shu suhbatimizni bir soʻz bilan nima deymiz?
(Nutq deyiladi.)
Bu qanqay nutq?
(Ogʻzaki nutq.)
Nutq necha xil boʻladi?
(Ogʻzaki va yozma.)
Nutq nimalardan tashkil topadi?
(Nutq gaplardan tashkil topadi.)
Gaplar nimalardan tashkil topadi?
(Gaplar soʻzlardan tashkil topadi.)
Gap bilan soʻz bir-biridan qanday farqlanadi? Gap tugallangan fikrni bildiradi, soʻz esa narsa nomini, rangini, sonini, harakatini bildiradi. Gapda soʻzlar oʻzaro mazmunan bogʻlanadi. Gapning birinchi soʻzi qanday harf bilan boshlanadi? (Bosh harf bilan boshlanadi.) Gapning oxiriga qanday tinish belgilari qoʻyiladi?
(Nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi qoʻyiladi.)
Insho ijodiy mehnat
Insho turlari
Epigraf va xotima
“Insho”arabcha so‘z bo‘lib, uning ma’nosi “yaratish”, “bino qilish” , “qurish”, “boshlash” demakdir. Tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib,asosan , o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo‘llanadi.
Insho o‘quvchining malum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o‘z fikirlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon, savodli Insho qila olish ko‘nikma va malakalarini, shu mavzu bo‘yicha bilimlarini namoish etuvchi ijodiy matn – kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir o‘zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta ma’suliyat bilan qaragani kabi o‘quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero insho o‘quvchi ma’naviyati va marifati ko‘zgusidir. Unda o‘quvchining bilimlari, his-tuyg‘ulari,fikrlarini Insho
etish ko‘nikma va malakalari o‘z aksini topadi.
Insho asosan 3 turlidir:
Adabiy insho;