Inson kapitalini rivojlanishiga doir mulohazalar aripov Oybek Abdullaevich



Yüklə 82,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü82,13 Kb.
#194005
1   2   3   4   5   6   7
inson-kapitalini-rivojlanishiga-doir-mulohazalar

“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 3 
15 
Inson salohiyatining oshishi aholi sifati va saviyasining ortib borishi bilan 
belgilanadi. Inson kapitali aholi sifatini oshirishga, intellektual faoliyatga, jumladan, 
tarbiya, ta’lim, sog’likni saqlash, bilim (fan), shuningdek madaniyat, san’at va boshqa 
komponentlarga tadbirkorlik qobiliyati va ishbilarmonlik muhitini kengaytirishga, 
mehnatni 
axborot 
bilan ta’minlashga, 
iqtisodiy 
erkinlikni 
kengaytirishga 
investitsiyalar jalb etish orqali ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, inson kapitaliga 
investitsiyalarning asosiy ulushi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nuqtai nazaridan uning eng muhim 
vazifalaridan biridir. 
So’nggi 25 yil ichida inson salohiyatining taraqqiy etishida misli ko’rilmagan 
yutuqlarga erishildi. Ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda inson salohiyatining 
rivojida jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda. 

2019-yilda barcha yosh bolalarning beshdan bir qismidan ko’prog’i bo’yi 
pastligidan aziyat chekkan (ya’ni, ularning o’z yoshiga nisbatan bo’y o’sishi 
sekinlashgan, bu – ularning jismoniy nogironlik yoki kognitiv buzilishlarni 
rivojlanish xavfining ko’rsatkichini anglatadi) (JME 2020). Global pandemiya davri 
bolalarning bo’yi past bo’lishiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin degan 
tahminlar kuchaydi. 

Ko’pgina mamlakatlar (rivojlanayotgan va ayniqsa, kambag’allik indeksi 
yuqori bo’lgan mamlakatlar) ta’lim sohasida inqirozni boshdan kechirmoqda, bu esa 
ularning iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtiradi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, bir xil 
yoshdagi maktab o’quvchilari ba’zi mamlakatlarda ta’lim olishi va fanlarni 
o’zlashtirishi boshqa mamlakatlardagi tengdoshlaridan bir necha yil orqada 
qolmoqda. Pandemiya bu vaziyatni yanada kuchayishiga olib keldi. 

Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi har yili tibbiy yordamga (sog’likni 
saqlashga) o’z mablag’laridan 500 milliard AQSh dollari, ya’ni, bir kishi uchun 80 
dollardan ko’proq miqdordagi mablag’ni sarflaydi va bu xarajatlarning eng og’ir 
yuki aholining eng qashshoq qatlamlari zimmasiga tushadi. Bo’lib o’tgan pandemiya 
zarur tibbiy xizmatlar, jumladan, bolalarni muntazam emlash va tibbiy yordam 
ko’rsatishda jiddiy uzilishlarni keltirib chiqardi. 

Dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida qashshoqlikda yashovchi har besh 
kishidan to’rttasi ijtimoiy xavfsizlik tarmog’idan tashqarida bo’lib, aynan ular har 
qanday zarbalarga juda zaif bo’lib qoldilar. 

Toza ichimlik suvi va tegishli sanitariya sharoitlari yo’qligi sababli har yili 
300 mingga yaqin bola diareya kasalligidan vafot etadi. 
Inson kapitalining etishmasligi texnologiya, demografiya, beqarorlik va 
iqlimdagi tez global o’zgarishlar sharoitida yomonlashishga olib keladigan xavfli 
tendentsiyalarni keltirib chiqaradi. Mojarolar va pandemiyalar inson kapitaliga o’ta 
zararli ta’sir ko’rsatib, hayot kechirish, daromad manbalarini yo’q qilish, ovqatlanish 



Yüklə 82,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin