“Interpretation and researches” International scientific journal volume 1 issue 3
16
sifatini yomonlashtirish, eng asosiysi, sog’liqni saqlash va ta’lim xizmatlarini
ko’rsatishda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Ushbu ta’sirlar ko’plab odamlarning
hayoti davomida o’z ta’sirini ko’rsatishi va ularning samaradorligini pasaytirishi
mumkin. Shunga qaramay, odamlarga sarmoya kiritish ko’pincha e’tibordan chetda
qoladi. Shu bilan birga, ayni paytda, inson kapitalining tez o’zgarishiga, masalan,
Singapur, Koreya Respublikasi va Irlandiya kabi mamlakatlarda, shuningdek,
dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarning ulkan va ajoyib muvaffaqiyatlarga
erishishiga ko’plab misollar keltirish mumkin.
Shunday qilib, raqobatbardoshlik, iqtisodiy o’sish va iqtisodiy samaradorlikning
tamal toshi zavodlar, konlar, tabiiy resurslar va uskunalar emas, balki inson
kapitalining o’zidir. Inson kapitali ham boshqa mamlakatlardan kelib tushish hisobiga
shakllanadi yoki davlatdan chiqib ketishi tufayli kamayib boradi, Bunday holat
hozirgacha ham O’zbekistonda, ham boshqa MDH mamlakatlarida kuzatilmoqda.
2020 yilning mart oyidagi Jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonning
inson kapitali indeksi 62% ni tashkil etadi. Jahon banki tomonidan taqdim etilgan
hisobot bo’yicha mamlakatda birinchi marta inson kapitali indeksi (IKI) o’g’il
bolalarga qaraganda qizlarda yuqori bo’ldi [5].
O’zbekistonda
ilmiy-texnikaviy
va
innovatsion
faoliyatning
faol
bo’lmayotganligining asosiy sabablari inson kapitaliga etarlicha e’tibor
berilmayotganligidir. O’zbekistonda so’nggi 20-30 yil ichida unga investitsiyalarning
ko’payib borayotganligi bilan ahamiyatlidir. Chunki bundan o’n yil avvalgi davrlarda
O’zbekiston inson kapitalining barcha tarkibiy qismlarining sifati pasayib ketgan edi:
birinchi navbatda, ta’lim va fan, shuningdek, tibbiyot, fuqarolar va biznes xavfsizligi.
Biroq, 2017 yildan boshlab Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etilganligi va
2022 yilga kelib Taraqqiyot strategiyasidagi belgilangan vazifalar birinchi navbatda,
innovatsion iqtisodiyot uchun ishonchli poydevor qurish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Xulosa qilib shuni ta’qidlash mumkinki, zamonaviy iqtisodiyotning barqaror
rivojlanishi bevosita inson kapitaliga bog’liq, shuning uchun ham alohida hududlar
darajasida va umuman davlat darajasida inson resurslarini rivojlantirish sohasida
izchil siyosat va inson kapitaliga muvozanatli investitsiyalar zarur.