“Interpretation and researches” International scientific journal volume 1 issue 3
14
Jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, inson kapitali kontseptsiyasi iste’mol
xarajatlarini, ya’ni oilalarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ta’lim, sog’liqni
saqlash, madaniyat uchun xarajatlarni hamda shu maqsadlar uchun davlat
xarajatlarini o’z ichiga qamrab oladi [1; 2]. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida
barcha mablag’larning 70% ga yaqini inson kapitaliga, atigi 30% ga yaqini esa
jismoniy kapitalga yo’naltirilgan [4].
Keng ma’noda inson kapitali – bu iqtisodiy rivojlanish, jamiyat va oila
taraqqiyotining intensiv ishlab chiqaruvchi omili, shu jumladan ishchi kuchining
o’qimishli qismi, bilimlar, intellektual va boshqaruv ishlari vositalari, yashash joylari
va ish faoliyati bo’lib, samarali va oqilona ishlashini ta’minlaydi. Inson kapitali tabiiy
resurslar yoki to’plangan boylikdan ko’ra muhimroq bo’lgan eng qimmatli resursdir.
Fikrimizcha, inson kapitali hozirgi davr milliy iqtisodiyot taraqqiyotida
innovatsion jarayonlarni tadbiq etishning asosiy omilidir. Qolaversa, inson kapitali –
raqamli tsivilizatsiyani rivojlantirishda asosiy omil bo’lib, ijtimoiy-texnologik
infratuzilmalarni faollashuviga olib keladi. Bu esa o’z navbatida milliy iqtisodiyotni,
shuningdek, jahon iqtisodiyotini jadal rivojlanishini ta’minlashga olib keladi. Chunki
inson kapitali aholi sifatini tavsiflaydi. Shu bilan birga, inson kapitalining
takomillashuvi tobora inson salohiyatini oshishiga olib keladi (1-rasm).
1-rasm. Inson kapitalini inson salohiyatiga ta’siri (Muallif ishlanmasi)
Инсон капитали Рақамли иқтисодиёт
Миллий иқтисодиёт
Ишлаб чиқариш омиллари
Иқтисодий муҳит
Виртуал муҳит
Инсон салоҳияти Саломатлик
капитали
Меҳнат
капитали
Интеллектуал
капитал
Ташкилий-
тадбиркорлик
капитали
капитал Маданий-
маънавий
капитал