Mavzu: Firmada innovatsion risklarni sifat va miqdor jihatdan baholash usullari Reja: Milliy iqtisodiyot taraqqiyotida investitsiya loyihalarining o’rni va ahamiyati
Mavzu: Firmada innovatsion risklarni sifat va miqdor jihatdan baholash usullari Reja: 1. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotida investitsiya loyihalarining o’rni va ahamiyati 2. Investitsiya risklarini analitik va sintetik usullarda baholash xususiyatlari 3. Investitsiya loyihalari risklarini boshqarishning nazariy asoslari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, bozor munosabatlari taraqqiy etishini ta’minlash yo’lidagi islohotlar samarasini oshirish maqsadida O’zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda investitsiya jarayonlarini takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Buning boisi shuki, investitsiyalar, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash asosida intensiv rivojlantirishni, innovatsiyalar joriy qilinishini va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim omillardandir. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida: “Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir” 1 , deb ta’kidlab o’tdilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish juda katta risklilikni talab etadi-ki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, bunda loyiha risklarini uning ishtirokchilari o’rtasida mos taqsimlash imkoniyati mavjud bo’lishini ham ko’zda tutishi zarur. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, loyihalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo’lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam bo’lib qolaveradi. Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog’liq bo’lib, har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelishi sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo’yicha tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim. Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shishlari mumkin. Bugungi kunda respublikamizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, ularni ekspertizadan o’tkazish, risklilik darajasini baholash borasida ko’pgina tajribalar to’plandi. Biroq, resurslar bazasining zaifligi, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning mukammal va barqaror emasligi, axborot ta’minoti bazasining shaffof emasligi, amaliyotda ma’muriy aralashuv holatlarining hali ham to’liq barham topib ulgurmaganligi va boshqalar sabab loyiha risklari ortib ketadi. Bu esa investitsiyalash moyilligini so’ndiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan ham O’zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning risklilik darajasini hisobga olish, baholash va aniqlash, ehtimolligi mavjud bo’lgan risk hamda noaniqliklarni pasaytirish yoki bartaraf etish yo’llarini aniqlash, ularni samarali boshqarish eng muhim vazifalardan hisoblanadi-ki, aynan mana shu masala hozirgi paytdagi ahamiyati va dolzarbligini tasdiqlab beradi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda uni dastlabki mukammal baholash va o’rganish, shu jumladan, loyiha risklarini tahlil qilish va ularni pasaytirish, boshqarish masalalari iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o’ta ahamiyatli va ilmiy tadqiqot uchun dolzarb muammolardan bo’lib kelayotir. Xalqaro amaliyotning tasdiqlashicha, “yangi tashkil etilgan kichik biznes korxonalarining o’rtacha uch yil ichida 80 foizi bankrotlikka uchraydi” 2 . Shu boisdan risklarni samarali boshqarish, ta’sir darajasini kamaytirish va oldini olish vazifasi muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega dolzarb muammo hisoblanadi. Mamlakatimizda ham xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga iqtisodiy risklarning, shu jumladan, investitsiya risklarining ta’siri sezilarlidir. Masalan, milliy valyutaning devalvatsiya sur’atini nisbatan yuqori ekanligi mazkur korxonalar olayotgan foydaning real qiymatini pasayishiga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida debitor-kreditor qarzdorlik muammosining mavjudligi ular bilan uzviy aloqada bo’lgan korxonalar pul oqimiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirmoqda. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotida investitsiya loyihalarining o’rni va ahamiyati Mamlakatimiz mustaqilikka erishib, bozor munosabatlarini shakllantirayotgan ekan, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish eng asosiy omillardan biri bo’lgan investitsiya siyosatiga bog’liqdir. Investitsiya siyosatining samaradorligini ta’minlash iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlari va hozirgi kun talablariga javob beradigan mukammal investitsiya dasturini ishlab chiqishni talab etadi. Shu bois ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarni ustuvor investitsiya loyihalariga jalb qilishga alohida e’tibor berildi. Investitsiya faoliyatining erkinligi va rivojlanishini ta’minlash maqsadida uning huquqiy asosini mustahkamlash uchun “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi Qonunlar qabul qilindi va ularga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. Mazkur qonunlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlashni va rivojlantirishni, ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishni va mamlakatda investitsion faollikni oshirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun, eng avvalo, qulay investitsiya muhiti barpo etilishi lozim bo’ladi. Qulay investitsiya muhiti investorning u yoki bu davlat iqtisodiyotiga mablag’ sarflash uchun shart-sharoitlarning qulayligini, ya’ni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning yaratilganligini baholashdagi barcha hisob-kitoblar majmuasini o’z ichiga oladi. Har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligidadir. Xuddi ana shu omil chet ellik investorlarning boshqa mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslarni kiritish imkoniyatini beradi. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mavjudligidir. Bu esa investorning investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun kafolat vazifasini bajaradi. O’zbekistonda investitsiya siyosatining asosiy tamoyillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - ishlab chiqarishni texnik jihatdan qurollantirish va modernizatsiyalash, yangi ish o’rinlarini yaratish asosida iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash; - vazirliklar, kontsernlar, korporatsiyalar va iqtisodiyotning boshqa bo’limlari ishtirokida va adres dasturlariga qat’iy rioya qilgan holda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan markazlashgan va markazlashmagan kapital qo’yilmalar hajmini aniqlash; - iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsadida eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi loyihalar nuqtai nazaridan ustuvor investitsiya takliflari ro’yxatini ishlab chiqish va chuqur ekspertizadan o’tkazishlarni ta’minlash; - iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda investitsiyalarni amalga oshirishni tenderlar asosida o’tkazish. Respublikamiz investitsiya siyosatining ustuvorligi, eng avvalo, investitsiyalarni iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va texnik yuksaltirishga, shuningdek, korxonalarning asosiy fondlarini modernizatsiya qilish (yangilash, zamonaviylashtirish) va qayta qurollantirishga yo’naltirish kerak. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shartsharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l 8 bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni, ko’proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Bulardan: - ulush qo’shib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish; - 100% mol-mulk xorijiy investorga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish; - yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish; - kontsessiya va lizing sharnomalari tuzish; - tenderlar e’lon qilish; - erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish; - moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. Ma’lumki, xorijiy investitsiyalar bir iqtisodiyot sub’ekti kapitalini boshqasiga bog’lab qo’yish bo’lib, buning natijasida mamlakatlar va mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi. Chet el investitsiyalarining jalb etilishi kapital import qiluvchi mamlakatda soliq, ijara, barqaror valyuta tushumlari, asosiy fondlarning va shu kabilarning ko’payishi evaziga milliy daromadning o’sishini ta’minlab beradi. Mamlakatga chet el investitsiyalarining kirib kelishi tabiiy va mehnat resurslarining arzonligiga va boshqa shart-sharoitlarga asoslanadi. Shuning bilan birga ular iqtisodiyotda yangi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash orqali ularga yangi malaka, texnologiyalar, “nou-xau”, boshqaruv tajribasi, tejamkorlik mahoratlarini va boshqa moddiy va nomoddiy boyliklarni kiritadilar. Chet el investitsiyalarining mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtiradi va iqtisodiy qudratining oshishini ta’minlashga xizmat qiladi. So’nggi yillarda iqtisodiyotda faol amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar va modernizatsiyalash jarayoni investitsion faollikni ta’minladi. 9 Iqtisodiyotdagi investitsiya hajmining yildan-yilga sezilarli ravishda o’sib borishi hamda muqarrar ravishda milliy ishlab chiqarish hajmining o’sishi orqali o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatishiga imkon yaratmoqda. Davlat tomonidan investitsion faoliyatni rivojlantirishga berilgan e’tibor va qo’llab-quvvatlanshi natijasida yali ichki mahsulot (YaIM) hajmi va investitsiyalar miqdori o’sish sur’atlariga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar miqdori 2007-2015 yillar oralig’ida o’sish tendentsiyasisha ega bo’lgan. Buni 1- jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin. 1-jadval Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar va uning yalpi ichki mahsulotdagi hajmi3 Ko’rsatkichlar 2007 y. 2008 y. 2009 y. 2010 y. 2011 y. 2012 y. 2013 y. 2014 y. 2015 y. Yalpi ichki mahsulot, mlrd. so’m 28186,2 36839,4 48097 61831,2 77750,6 97929,3 118986,9 144867,9 171369,0 Asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalar, mlrd. so’m 5479,7 8483,7 12531,9 15409,1 18291,3 22797,3 28694,6 33715,3 40737,3 Yalpi ichki mahsulot tarkibida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning ulushi, foizda 19,4 23,0 26,0 24,9 23,5 23,3 24,1 23,3 23,8 Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2015 yilda 23,8 foizni tashkil qilib, 2007 yilga nisbatan 4,4 f.p.ga oshgan. 2015 yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor sohalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga va investitsiyalarni rag’batlantirishga qaratilgan siyosatning davom ettirilishi natijasida banklarning jami kredit portfeli 2014 yilga nisbatan 27,3 foizga oshdi va uning pul massasi o’sishiga ta’siri 73 foizni tashkil qildi. O’z navbatida, depozitlar va banklararo pul bozorida foiz stavkalarining pasayishi tijorat banklari tomonidan 3 O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlari asosida tuzilgan.Iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining pasayishiga xizmat qildi. Xususan, 2015 yilda tijorat banklarining kreditlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,5 foizdan 9,5 foizgacha pasaydi. Tijorat banklarining kapitali va depozit mablag’larining yuqori sur’atlarda o’sishi, o’z navbatida, ularning iqtisodiyot real sektorini moliyaviy qo’llabquvvatlashdagi rolining yanada kengayishiga, aktivlar va kredit qo’yilmalari hajmining sezilarli darajada ko’payishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. So’nggi 5 yil davomida tijorat banklarining jami aktivlari 3,1 barobarga, iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari umumiy qiymati esa 3,7 barobarga ko’paydi va bu holat bank tizimining iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishdagi rolining tobora oshib borayotganligini ko’rsatmoqda. Xususan, tijorat banklarining jami aktivlari 2015 yilda 2014 yilga nisbatan 25,1 foizdan ziyodga o’sib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 65,2 trln. so’mni tashkil etdi. Shu jumladan, tijorat banklari kredit qo’yilmalarining umumiy hajmi 2015 yilda 27,3 foizga oshib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga 42,7 trln. so’mni tashkil etdi4 . 2015 yilda banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki yanada faollashdi. Banklar tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etishga qaratilgan dasturlar doirasidagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda. 2015 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 10,2 trln. so’m yoki 2014 yildagiga nisbatan 1,2 barobar ko’p investitsion kreditlar ajratildi (1-rasm). Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan investitsion kreditlar dinamikasi, mlrd. so’mda5 Xullas, samarali investitsiya loyihalarini o’zlashtirish orqali rivojlangan bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog’liq ko’pgina vazifalarni hal etishga muvaffaq bo’lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shimcha faoliyat va ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishini ta’minlab qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko’rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko’payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qiladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekistonda investitsion faoliyatga ta’siri va uning oqibatlarini oldini olish bo’yicha Prezidentimiz ko’rsatmalari asosida ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi va ushbu vazifalarning amalga oshirilishi inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Jumladan, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, joriy kon’yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora- 5 http://cbu.uz. sayti ma’lumotlari. 1500,0 2400,0 3250,0 4400,0 5760,0 7214,0 8547,0 10200,0 0,0 2000,0 4000,0 6000,0 8000,0 10000,0 12000,0 2008 yil2009 yil2010 yil2011 yil2012 yil2013 yil2014 yil2015 yil 12 tadbirlarni amalga oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan ozod qilish muddatini uzaytirish, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish, jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llabquvvatlash va h.k. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: - xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljalangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; - import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; - korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; - tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va h.k. Xulosa qiladigan bo’lsak, birinchidan, iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash investitsiya faoliyati yuritilishining zaruriy investitsion muhitini yaratishni va uni tobora qulaylashtirib borishni talab etadi, ikkinchidan, investitsiya faoliyatining samaradorligini oshirish uchun yuritilayotgan investitsiya siyosatining ustuvorligini ta’minlashda belgilangan investitsiya siyosati tamoyillarining 13 to’laqonli bajarilishiga erishish zarur, bu esa investitsiya loyihalarini amalga oshirishning iqtisodiyotdagi ahamiyatini ta’minlashning barcha jihatlari samarasining yuzaga chiqishiga ko’maklashadi, uchinchidan, chet el investitsiyalarini jalb etish shakllaridan samarali foydalangan holda ularni iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirishdagi faol ishtirokini ta’minlash bilan O’zbekistonning porloq kelajagini ta’minlash va uning jahon iqtisodiy aloqalari tizimidagi o’rnini oshirishga erishish lozim. 2. Investitsiya risklarini analitik va sintetik usullarda baholash xususiyatlari Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarning mazmun-mohiyatini tadqiq etish, ularni oldindan aniqlash va baholash, ularning oldini olish yoki pasaytirish choralarini ko’rish, iqtisodiyotga o’z investitsiyalarni yo’naltiruvchi ichki va tashqi investorlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra, risklarni tahlil qilishda ularni alohida xususiyatlari bo’yicha ajratish va o’rganish, tahlil qilish va baholash juda muhim sanaladi. Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va Kursel Seneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi6 . 19 asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining shakllanishi va o’zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi. Risk nazariyasini o’rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo’shishgan. A.Smit risk va foyda o’rtasidagi o’zaro proportsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta’kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo’lgan maydonda qonun bo’yicha daromad kichik bo’ladi, bu 6 Найт Ф.Х. Риск, неопределённост и прибил. Пер.с англ. – М.: “Дело”, 2003. – Стр. 35. 14 esa, o’z navbatida, kutilayotgan daromad darajasini ko’paytirish uchun usullar salmog’i yanada ortib boradi” 7 . Taniqli lug’atshunos S.Ojegovning rus tili lug’atida “risk – bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug’atida “risk – bu xavf, zarar yoki talofat ko’rish ehtimoli” 8 , deb ifodalangan. Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxiri, o’z navbatida oldindan ko’ra bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi”, deya izohlaydi. E.Stoyanova fikricha: “risk – bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko’rish ehtimolidir” 9 . Prof. Sh.Abdullaeva tadqiqotlarida “risk – xato, ikkilanish, noaniqlik, mavhumlik va hokazolar deb talqin qilish xalqaro amaliyotga mos kelmasligi va shu holatga yaqinlashgan holda “risk” “bank riski”, “kredit riski” deb yuritilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi10 . A.O’lmasov, A.Vahobovlarning “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida “tadbirkorlik riski – bu firmaning ko’zlagan maqsadiga erishish yo’lida u duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir” 11 , deya talqin etilgan. Investitsiya faoliyatining har qanday turi bilan shug’ullanish risk bilan bog’liqdirki, shu boisdan riskning bu ko’rinishi tadbirkorlik riski deb ham ataladi. Iqtisodchi-olimlardan T.Malikov, O.Olimjonovlarning risk to’g’risidagi qarashlari diqqatga sazovodir. “Risk” atamasi o’zbek tilidagi ayrim manbalarda “tavakkalchilik”, “xavf-xatar”, “tahlika” va “g’ov” ma’nolarida tarjima qilinayotgan bo’lsada, ularning hech biri, mualliflar fikricha, “risk” atamasining 7 Mirzaev F.I. Moliyaviy risklarning turlari, tasnifi, boshqarish va baholash usullari. – T.: “Moliya”, 2006. 10- bet. 8 Севрук В.Т. Банковские риски. – М.: “Дело”, 1995. – Стр. 3 9 Mirzaev F.I. Moliyaviy risklarning turlari, tasnifi, boshqarish va baholash usullari. - T.: “Moliya”, 2006. 12-13- betlar. 10 Abdullaeva Sh.Z. Bank risklari sharoitida tijorat banklarining kredit portfelini diversifikatsiyalash. I.f.d. ilm. dar. ol. uch. taq. et. diss. – T.: “BMA”, 2000. 63-70-betlar. 11 O’lmasov A., Vahobov A.. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: “Sharq”, 2006. 192-bet. 15 asl ma’nosini bildirmaydi. “Zararlarni vujudga kelishi yoki daromadlarning ko’zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi” 12 . Riskni talqin qilishda i.f.d. M.Sharifxujaev, Yo.Abdullaevlarning hammualliflikdagi “Menejment: 100 savol va javob” kitobida ham mantiqiy, ham lug’aviy ma’nodan kelib chiqib yondashilgan. Jumladan: - xavf - biror ko’ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish ehtimolligi; xatar; qo’rqinch; - xatar - biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo’lgan sharoit; xavf, tahlika; - xavf-xatar - xavf va xatar, biror narsadan qo’rqish13 ; - tavakkalchilik - bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat; - tavakkalchilik - bu resurs yoki daromaddan to’la yoxud qisman yo’qotish xavfi; - tavakkalchilik - bu noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi; - tavakkalchilik - bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi14 . Risklar bo’yicha klassik va neoklassik nazariyaning qiyosiy tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik foydasi tadqiqida klassik nazariya vakillari Dj.Mill, I.Seniorlar tadbirkorlik daromadi tarkibida foiz (qo’yilgan kapitalga ulush)ni, tadbirkorning ish haqini va risk uchun to’lov (tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq riskni qoplash)ni ajratib ko’rsatishgan15 . Risk iqtisodiy kategoriya sifatida ma’lum funktsiyalarini bajaradi va bu uning mazmun-mohiyatini yanada oydinlashtiradi (2-rasm). Risk funktsiyalari ko’rib chiqilayotgan paytda shuni esda saqlash lozimki, risk o’z mohiyatiga ko’ra, nafaqat, zarar keltirishi mumkin, balki iqtisodiyotni rag’batlantiruvchi xususiyatga ham egadir. Lekin, asossiz yuqori riskka borish, huddi riskdan butanlay voz kechilishi kabi zarardir. Yuqoridagilarni mujassamlashtiradigan bo’lsak, risk qilishdan oldin uni iloji boricha o’rganish, baholash va boshqarishga intilish lozim. Uni boshqarishda esa albatta risk tamoyillarini (o’z kapitali imkoniyatlaridan ortiq riskka bormaslik, risk oqibatlarini har doim hisobga olish zarur, kam miqdordagi foyda uchun ko’p miqdordagi mablag’lar bilan risk qilish kerak emas) hisobga olish kerak. Riskning mohiyatiga berilgan ko’plab ta’riflarning tahlili risk vaziyatini keltirib chiqaruvchi asosiy jihatlarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi: yuzaga kelgan holatning tasodifiy xususiyati; muqobil qarorlarning mavjudligi; kutilajak natijaning ma’lumligi yoki aniqlash ehtimolining mumkinligi; zararlar yuzaga kelish ehtimoli; qo’shimcha daromad olish ehtimoli. Yuqoridagi riskka berilgan ta’rif-tavsiflarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiyalardan kutilgan yoki rejalashtirilgan foydaning olinmasligi, zahiralarning yo’qotilishi, kutilmagan harajatlarning kelib chiqishi yoki ortib ketishi bilan bog’liq hodisalar, ularning yuz berish ehtimolliklari riskni namoyon etadi. Boshqacha ifodalaganda, risk - bu kutilishi mumkin bo’lgan omad yoki xatar, ya’ni ko’zlangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umidsizlik yoki ko’p mablag’larning yo’qotilishi va shu bilan birga ortib ketishi ehtimolliklari 16 Tadqiqot natijalari asosida tuzildi. Risk funktsiyalari Konstruktiv regulyativ funktsiya – risk iqtisodiy rivojlanishni kuchaytiruvchi va qo’zg’atuvchi omil Destruktiv regulyativ funktsiya – ko’pincha korxonalarni o’z mablag’laridan mahrum etib, ularning kamayishiga olib keladi, destabilizatsiya omilidir. Kerak bo’lmagan oqibat va yo’qotishlarni oldini olish maqsadida risk bo’yicha izlanishlar jarayonida, novator bo’lish imkoni orqali vujudga keladi. Regulyativ Himoyalovchi 17 bo’lib, u qandaydir holatlar, omillar ta’sirida kutiladigan foydaning pasayishi, ortishi yoki yo’qotilish ehtimolida namoyon bo’ladi. Risk investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida mavjud bo’ladi, biroq u investitsiyalashning ilk bosqichi uchun xos bo’lib, malaka etishmasligi oqibatidagi tadbirkorlik operatsiyalarini yuritishdagi kamchiliklardan kelib chiqadi. Demak, kishilarning hoxish-irodasidan qat’iy nazar, tadbirkorlik sirlarini o’rganish natijasida noaniqlik bilan yuzma-yuz kelishga to’g’ri keladiki, uni oldindan belgilab bo’lmaydi. Shuning uchun tadbirkorning asosiy vazifasi riskdan qocha bilish emas, balki riskni seza olish, uning darajasini baholay olish va uning belgilangan chegaralaridan chiqib ketmaslik hisoblanadi. Risk mohiyati tavsifida “noaniqlik” va “risk” tushunchalarini farqlash lozim. Noaniqlik – doimo amal qiladi va qaror qabul qilishning ayrim asosiy shartlari tasodifiy yoki no’malum bo’lgandagina yuzaga keladi. Risk – ro’y berishi mumkin bo’lgan kutilajak yo’qotish, biroq uning yuzaga kelishi majburiy emas. Noaniqlikdagidan farqli riskning omillari oldindan ma’lum va ushbu holat ularni baholay olish va boshqarish imkonini beradi. Investitsiya risklarini analitik va sintetik usullarda tahlil qilish loyihalarni risklarni samarli boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya risklarini analitik tahlil qilish usuli loyihalardagi ko’rsatkichlarni sodda geometrik obrazlarga (nuqtalar, to’g’ri chiziqlar, tekisliklar, ikkinchi tartibli egri chiziqlar) 17 Tadqiqot natijalari asosida shakllantirildi. Noaniqlik Risk Yo’qotish ma’lumotlarning etarli emasligi, aniq emasligi, tasodifiy va qarshi harakat noaniqlik bilan bog’liq yo’qotishlar ehtimollari va imkoniyatlari noaniqlik sharoitida risk voqeasi sodir bo’lishi bilan bog’liq yo’qotishlar, zararlar, masalan, daromadning to’liq olinmasligi, harajatning oshishi, atrofmuhitdagi yo’qotishlar 18 asoslangan koordinatalar usuli asosida algebraik vositalar bilan o’rganiladi. Analitik usullarning asosiy g’oyasi R.Dekartning “Geometriya” (1637 y.) kitobida birinchi marta to’la bayon etilgan. Tahlil qilishning analitik usullarining taraqqiyotiga yana P.Verma, G.Leybnits, I.Nyuton, L.Eyler katta hissa qo’shganlar18 . Investitsiya risklarini tahlil qilishda analitik va sintetik so’zlari analiz va sintez so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, yunoncha – “analysis” ajratish va “synthesis” – birlashtirish, degan ma’nolarni anglatadi. Bu usullar investitsiya risklarini baholash jarayonida ishlatiladigan, o’zaro chambarchas bog’langan tekshirish usullaridir. Analitik fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo’laklarga bo’lish, sintez esa mazkur bo’laklarni fikran yoki amalda bir butun qilib birlashtirish, narsani yaxlit holda tadqiq etishdir. Investitsiya risklarini analitik usul bilan baholashda risklarni baholash usullarini tarkibiy qismlarga ajratiladi. Lekin ushbu usul yordamidagina ularni to’la bilish mumkin emas, binobarin uni sintez bilan to’ldirish zarur. Sintetik usul analitik usul natijalariga tayangan holda baholash usullarini bir butun qilib birlashtiradi. Investitsiya risklarini baholashning analitik va sintetik usullari o’zaro bog’liq bo’lib, analitik usulsiz, sitetik usulni chuqur bilib bermaydi, binobarin, investitsiya risklarini yaxlit tahlil qilish imkonini bermaydi. Ayni vaqtda sintez vositasida yakunlanmagan analiz ham etarli emas. Investitsiya risklarini sintetik usulda baholashning mohiyati shundaki, sintez oddiyroq usullardan murakkab usullarga qarab borishni, tahlil qilishni anglatadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini hal etishda analitik va sintetik usullar asosiy o’rinni egallaydi. Bunday tahlil asosida loyiha yuzasidan mumkin bo’lgan barcha yo’qotishlar o’rganilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo’qotishlarni kamaytirish yoki barham toptirish va ular bilan bog’liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun, eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi 18 O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent. 2000. 304-bet. 19 omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya’ni “risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo’ladi. Analitik va sintetik usullarda risk tahlilining maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlardan himoyalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko’ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari – buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug’urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol etkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Analitik va sintetik usullar tahlili, odatda, bir-birini to’ldiruvchi ikki turga, ya’ni: - risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko’zlovchi sifat tahlili; - loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko’rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo’linadi. Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta’sir etuvchi risk turlarini aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo’llashdan iboratdir. Analitik va sintetik usullar asosida risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo’lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga; risklarni baholash - miqdor tahliliga taalluqlidir. Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma’lumotlarni berishi bilan izohlanadi. Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi tashqi omillarni (moddiy resurslarga bo’lgan narxning tebranishi, iqtisodiy o’sish va kelgusida mahsulotga bo’lgan talabning o’sishi, inflyatsiya, bank foiz stavkasining o’zgarishi, texnologiyaning rivojlanishi, siyosiy holat, iqtisodiy siyosat, shu jumladan, soliq siyosati, ekologik qonunchilik, tabiiy omillar va boshq.) hamda ichki omillarni (loyihalashtirilayotgan ob’ektning qurilish grafigi, joriy va ekspluatatsion harajatlar, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zlashtirilishi va boshq.) inobatga olish lozim bo’ladi.