Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə134/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Muzlatgich- maishiy texnika vositasi boʻlib, oʻz ichidagi mahsulotlarni tashqi sharoit va haroratdan saqlaydi. Muzlatgich oziq-ovqatni uzoq saqlash va unda bakteriyalar koʻpayishining oldini olish uchun zarur. Muzlatgich javoni ikki qismga ajratiladi. Yuqoridagi qism muzxona deyiladi, u yerda harorat −10 °C (kuchli muzlatgichlarda −30 °C) dan 0 °C gacha ushlanadi. Muzxona ostidagi boʻlimda esa harorat suv muzlash nuqtasidan ozgina yuqori harorat saqlanadi. Muzlatgich nisbatan zamonaviy ixtirodir. Muzlatgich yaratilganiga qadar oziq-ovqat mahsulotlari zax yertoʻlalarda saqlanardi.
Muzlik- yillab, asrlab qor yigʻilishi uning ablatsiyasidan (erish va sublimatsiya) oshib ketgan yerlarda shakllanadigan doimiy katta muz jismidir. Muzlik qalinligi 50 m boʻladi, u bunday vazn ostida asta-sekin deformatsiyalanadi va oqadi, unda darz va teshiklar paydo boʻladi. Muzliklar quruqlikda vujudga keladi, suv havzalaridagi katta muz boʻlaklari esa dengiz muzi deyiladi. Muzliklarni oʻrganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzlik sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Muzliklar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ muzlari va tekislik muzlariga boʻlinadi. Muzlar nishab tomonga surilib turadi. Togʻ muzliklari daryolarni suv bilan toʻyintiruvchi manbadir. Baʼzan siljib borib, vodiylarni toʻsib qoʻyadi va suv toshqinlariga sabab boʻladi. Yer sayyorasidagi muzliklarning 99% i qutb mintaqalarida yotadi, biroq muzliklarni qitʼadagi togʻlarda va baʼzi baland orollarda ham uchratish mumkin. Muzliklar Yerdagi eng katta chuchuk suv zahiralaridir, ulardagi suv dunyo aholisining uchdan bir qismiga yetadi. Aksariyat muzliklar suvni bir fasl davomida saqlab, boshqa faslda erib chiqaradi, bu erigan suv oʻsimlik va hayvon dunyosi uchun kerakli suv manbaidir.
Muzxona-muzlatgichning yuqori qismi. U yerda harorat −10 °C (kuchli muzlatgichlarda −30 °C) dan 0 °C gacha ushlanadi. Muzxonada mahsulotlarni muzlatilgan holda uzoq vaqt saqlash mumkin.
Na`matak-(Rosa L.) ko`p yillik butasimon o`simlik. Uning Markaziy Osiyoda o`sadigan 36 ta na’malak tiirlaridan 17 tasi O‘zbekiston florasida uchraydi. Na`matak juda foydali bo`lganligi uchun tibbiyotda keng foydalaniladi. O‘simlik ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatma xalq orasida me’da va jigar kasalliklariga, bargining kukuni esa yaralarga davo bo`ladi. Na’matak mevasidan oziq-ovqat sanoatida vitaminga boy mahsulot sifatida foydalaniladi.
Nafas- organizmga kislorod kirib, undan karbonat angidrid (SO2) chiqib ketishi, shuningdek, hujayra va toʻqimalarda kislorod yordamida kechadigan organik moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida organizm hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiya ajralib chiqishidan iborat jarayonlar majmui. Hasharotlarda havo naychalari — traxeyalar, baliqlarda — jabralar nafas aʼzolari hisoblanadi. Quruklik va suvda yashaydigan hayvonlar oʻpka bilan birga teri orqali ham nafas oladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin