Namuna-
Narpay kanali-Zarafshon vodiysidagi qadimiy va yirik kanallardan biri. Qoradaryo (Zarafshon tarmogʻi)dan toʻgʻonsiz suv oladi. Sugʻorish maydoni 42,2 ming gektarga teng. Samarqand viloyatining Narpay tumanida 18,6 ming gektar, Paxtachi tuma-nida 17,9 ming ga, Kattaqoʻrgʻon tumanida 4 ming gektar, undan quyiroqda 1,7 ming gektar yerlarni sugoradi. Kanal trassasi daryoga parallel holda Zarafshon tizmasining gʻarbiy tarmoqlari etaklari boʻylab oʻtgan. Uning 370 shoxobchasi bor. 1929-yilgacha uning uzunligi 30 km boʻlgan. 1929-1932-yillardagi qayta ta`mirlashda uzaytirildi. Ortiqcha suvni tashlab yuboradigan 4 shoxobcha qurildi. 1950-yilda Narpay kanali Kattaqoʻrgʻon suv omboriga ulandi.
Nashtarbarg-
Nav-
Navoiy viloyati- O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-yil boshida qayta tiklandi. Navoiy viloyati Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozog`iston, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo, janubi-g`arbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 802 mingdan ziyod. Navoiy viloyati tarkibida 8 qishlok tumani (Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduk, Xatirchi, Qiziltepa, 5 shahar (Zarafshon, Qiziltepa, Navoiy, Nurota, Uchquduq), 8 shaharcha (Konimex, Langar, Malikrabot, Muruntov, Tinchlik, Shalqar, Yangirabot, G`ozg`on) va 53 qishloq fuqarolari yig`ini bor. Markazi — Navoiy shahri.
Navro`z- forscha nav- yangi va ro`z- kun, ya`ni — „yangi kun“ degan ma`noni bildiradi. — bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. „Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa, 22-martda nishonlanadi.
Ne`mat-
Neft-(turkcha neft, fors, neft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi. Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Neft qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Neft “qora oltin” deb ham nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: |