Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə139/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Nonushta-
Nonvoy- non pishirish bilan shug`ullanuvchi hunar egasi.
Nor kovrak- bo`yi 2,2 m ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Ozbekistonning janubiy qismida o`sadi. yopirma barglari yirik va va och yashil rangli bo`ladi. Yaprog`ining uzunligi 45sm gacha, eni 25 sm gacha bo`ladi. Poyadagi barglari esa maydaroq bo`ladi. To`pguli keng ro`vak, gullari sariq, ba`zan binafsha rangda. Mevasi ovalsimon bo`lib, uzunligi 10 mm, eni 5 mm. nor kovrak iyun oyida gullab, iyulda meva hosil qiladi. Nor kovrak O`zbekiston hududida Bobotog` tizmasi va Boysun tog`larida tarqalga. Bu o`simlik tabiatda kam uchraydi. To`p-to`p bo`lib o`sadi, har tupida 20-25 tup o`simlik bo`ladi.asosan urug`idan ko`pyadi. Bugungi kunga kelib yerlarning qishloq xo`jaligi uchun o`zlashtirilishi va chorva mollarining ko`p boqilishi natijasida kamayib ketmoqda. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Nor shirach-(Eremurus robustus Regel) Tyanshan va Pomir Oloydagi yo`qolib borayotgan o`simlik. Bo`yi 100-250 sm ga yetadigan ko`p yillik yirik o`t. nor shirachning bargi keng bo`lib, eni 4-8 sm, silliq. Shingili tig`iz, ko`p gulli silindr shaklda bo`ladi. Shingilining pastki qismidagi gullarining bandi gulqo`rg`onidan 1,5-2 marta uzun bo`ladi. Uning mevasi yumaloq, silliq, ko`sakchaga o`xshaydi. Nor shirach may-iyul oylarida gullab, iyul-avgustda meva beradi. sm uzoqlikda joylashgan. Bu o`simlik O`zbekiston hududida Chotqol, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarida, Boysuntog` hamda Cho`lbayir tog`larida tarqalgan. Tojikiston Qozog`iston va Qirg`izistonda ham uchraydi. U asosan, tog`ning o`rta qismidagi mayda jins tuproqli va toshli yonbag`irlarida o`sadi. Odam oyog`I yetmaydigan joylarda yakka-yakka holda uchraydi. Nor shirach urug`idan va vegetative yo`l bilan ko`payadi. Aholi tomonidan terib olinishi tufayli soni kamayib ketgan. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Norin daryosi- Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi daryo. Daryo Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Uning uzunligi 807 km, havzasining maydoni 59,9 ming kv. km. Daryo Norin shahridan 44 km sharqda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin shahridan 21 km oqib oʻtgach, unga oʻng tomondan Oʻnarcha daryosi, soʻngra Soʻnkoʻldan chiqib keladigan Koʻkjerti daryosi quyiladi. Shundan soʻng , eng yirik chap irmoqlaridan Otboshi daryosi, undan nariroqsa Olabugʻa daryosi kelib quyiladi. Toʻgʻuztoʻroʻ soyligiga oqib chiqqach, Norin daryosiga chap tomondan ancha yirik Koʻkiyrim daryosi, 32 km oqib borgach, Koʻkoʻmeren daryosi qoʻshiladi. Uzunaxmat va Qorasuv daryolari qoʻshilgach, daryo Fargona vodiysiga chiqadi. Shu yerdan boshlab uning suvi qisman sugʻorishga olinadi. Namangan shahri yaqinidagi Baliqchi qishlogʻi yonida Norin Qoradaryo bilan qoʻshilib Sirdaryoni hosil qiladi. Norin yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin shahridan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil boʻlgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora torayib, qoyali daraga aylanadi va Uchqoʻrgʻon shahridan oʻtgach, kengayib, konussimon yoyilmadan oqa boshlaydi. Norin qor-muzlik suvlaridan toʻyinadi. Katta Fargona, Katta Andijon, Shimoliy Fargʻona, Katta Namangan kanallari shu daryodan suv oladi. Norin juda katta energiya zaxiralariga ega. Daryoda Uchqoʻrgon GES, Toʻqtaqul GES qurilgan. Norin boʻyida Norin, Toshkoʻmir, Uchqoʻrgʻon shaharlari joylashgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin