Nikotin- Nil Armstrong-1930-yil 5-avgust kuni tug`ilgan. U (talaffuzi: Nil Olden Armstrong; 5-avgust, 1930 — 25-avgust, 2012) amerikalik astronavt, uchuvchi, muhandis, universitet professori va Oy sirtidagi birinchi inson boʻlgan. Fazogirlikdan oldin Armstrong Amerika Qoʻshma Shtatlari Dengiz Kuchlari zobiti va Koreys Urushida qatnashgan edi. Urushdan keyin u Dryden Parvoz Tadqiqotlari Markazida uchuvchi-sinovchi boʻlib, 900 dan oshiq parvoz qilgan. Purdue Universitetini bitirib, taʼlimni Janubiy Kaliforniya Universitetida davom ettirgan. Armstong 16 yoshida uchuvchilik huquqini olgan. Uning birinchi fazoviy parvozi 1966-yilgi Gemini 8 missiyasi boʻlib, unda u David Scott bilan ilk bora ikki fazoviy kema birlashishini amalga oshirdi. 1966-yil 16-martda Armstrong "Jeminay-8" kosmik kemasining komandiri sifatida (J. Skott bilan) fazoga uchdi. 1969-yil 16 — 24 iyulda "Apollon-11" kosmik kemasining komandiri sifatida E. Oldrin va M. Kollinz bilan birga tarixda birinchi marta Oyga uchdi va u yerda 21 soat 36 minut bo‘ldi. Armstrong Oyga birinchi qadam qo‘ygan (1969-yil 21-iyulda) inson. Dasturni muvaffaqiyatli bajarib Yerga qaytgan. Armstrong Collins va Aldrin bilan birgalikda AQSh Prezidenti Richard Nixon tomonidan Ozodlik Prezidentlik medali, Jimmy Carter tomonidan Kongress Sharaf Fazoviy Medali (1978), 2009-yili esa Kongress Oltin Medali bilan taqdirlangan. 2012-yil 25-avgustida Armstrong arteriya toʻsilishi tufayli olamdan oʻtdi.
Ninabarg gulsapsar- Ninachi- (Odonata) — hasharotlar turkumi. Gavdasining uzunligi 1,4—120 mm, qanotlari 90 mm gacha bo`ladi. Koʻzlari harakatchan, boshining katta qismini egallaydi. Moʻylovlari kalta, koʻzga zoʻrgʻa koʻrinadi. Qanotlari qalin toʻrlangan. Ninachining 4500 ga yaqin (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 3000 dan ortiq) turi bor. Arktika va qurgʻoqchilik hududlaridan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Asosan, tropik hududlarda, suv havzalari yaqinida uchraydi. Yirtqich voyaga yetgan ninachilar hasharotlar bilan oziqlanadi. Oʻljasini havoda tutadi. Ular tuxumlarini suv tubiga yoki suvdagi oʻsimliklarga qoʻyadi. Oʻzbekiston hududida ninachining oʻnlab turlari tarqalgan. Togʻli hududlarda Oʻrta Osiyo uchun endemik, yirik ninachi kordu-legaster, vohalar va togʻ oldi xududlarida shaynli ninachilar koʻp uchraydi. Ninachi qanotli qasharotlar, ularning lichinkasi esa qon soʻruvchi hasharotlarning suvdagi lichinkalari bilan oziqlanadi. Ninachining lichinkalari baliklar uchun oziq.
No`xat- bir yillik dukkakli o`simlik. No`xat madaniy o`simlik. Ovqatga va chorva uchun yem sifatida ishlatiladi. No`xat nisbatan issiqsevar, qisqa muddatli bahorgi sovularga chidamli bo`ladi. No`xat 70 – 100 kun ichida unib chiqib hosil beradi. No`xatdan qurg`oqchil yerlarda yaxshi hosil beradi.shuning uchun dasht hududlarida ko`p ekiladi. Hosili dumaloq shaklda bo`lib, ko`pchilik navi sariq rangda bo`ladi.
Nok-(Purus communis) ra`noguldoshlar oilasiga mansub, bo`yi 12-18 m ga yetadigan daraxt.barglari tuxumsimon, tuksiz, yashil, yaltiroq, chetlari arra tishli bo`ladi. May oyida gullaydi. Gullari oq, ba`zan pushti yoki qizil rangda bo`ladi. Mevasining og`irligi 25-300 g, sariq, yashil, ba`zan pushti rangda bo`ladi. Mevasi juda foydali. Nok qadimiy madaniy o`simlik. U inson salomatligi uchun juda foydali meva sifatida iste`mol qilinadi. Nokning 280 dan ortiq turi mavjud.
Non-xamirni qizdirib, dimlab yoki qovurib tayyorlanadigan taomdir. Non kamida un va suvdan iborat boʻladi. Koʻpincha osh tuzi va xamirturush ham solinadi. Baʼzan nonga shakar, ziravorlar, mevalar (olma, yongʻoq kabi), sabzavotlar (piyoz kabi) qoʻshiladi. Non turfa mintaqalarda turlicha tayyorlanadi. Non — qadim-qadimdan ulugʻlanib, insonning kundalik isteʼmolida muqaddas, aziz hisoblangan neʼmat. Turli taomlarga qoʻshib yoki oʻzi yeyiladi. Non asosan, xamirturush yordamida ko`pchitiladi. Xamirturush bilan koʻpchitilgan hamirdan pishirilgan non issiqlikda va oʻz bugʻida pishadi, pishgan nonda juda koʻp mayda gʻovaklar hosil boʻladi. Nonning gʻovakdor boʻlishi uning organizmda hazm boʻlishini osonlashtiradi. Oʻzbekistonda (umuman, Oʻrta Osiyoning oʻtroq aholisi oʻrtasida) non pishirish (yopish) usulining har xil turlari mavjud boʻlgan. Shunga koʻra, tandir non, tova non, gaz-pech noni va boshqa, un tortilgan gʻallaga qarab bugʻdoy noni, arpa noni, makkajoʻxori va oq joʻxori noni va boshqa turlarga boʻlinadi.