Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə137/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Neksiya-
Neptun- Quyosh sistemasida Quyoshdan uzoqligi boʻyicha 8-sayyora. U koʻzga koʻrinmaydi, belgisi if yoki T. Neptunni Fransuz astronomi U. Leveryening matematik hisoblari asosida 1846-yil nemis astronomi I. Galle kashf etgan. Quyoshdan oʻrtacha uzokligi 30,071 astronomik birlik (4498,6 million km). Neptun Quyosh atrofini 164788 yilda, oʻz oʻqi atrofida esa 16 soatda bir marta to`liq aylanib chiqadi. Oddiy koʻz bilan Neptunni kuzatib boʻlmaydi. Uni faqat teleskop orqali ko`rish mumkin. Neptunning 8 ta tabiiy yoʻldoshi boʻlib, ulardan 2 tasi katta — Nerida va Triton bor. Neptunning kashf etilishi astronomiyaning katta yutuqlaridan biridir. Uran kashf etilgandan ikki yil oʻtgandan keyin, 1783-yil rus astronomi A. N. Leksel (1740—1784) uning harakatini oʻrganib, Uranning hisoblangan yoʻldan muntazam ravishda ogʻishini aniqladi, bu ogʻish 8-nomaʼlum sayyoraning taʼsiri ekanligini aytgan. Bu gipotezani fransuz fizigi D. F. Arago qoʻllab-quvvatlagan. J. K. Adame va U. Leveryelar bir-biridan mustaqil holda uning oʻrnini mustaqil ishlab chiqqan.
Nerv sistemasi- odam va hayvonlar organizmida barcha a`zolar faoliyatini bir-biriga bog`lagan hodda hayotiy muhim vazifalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bog`laydigan sistemadir. Jonli mavjudodlarda nerv sistemasi borligi tufayli tashqi muhitdan keladigan ta`sirlarni sezadi va unga javob qaytaradi. Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra o`zidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. Nerv sistemasi harakat fazifasini, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyatini, organizmda qon aylanishini va boshqa jarayonlarni boshqaradi.
Nerv tolalari-
Nihol-
Nikel-(nemischa Nikel, lotincha Niccolum), Ni — Mendeleyev davriy sistemasiga kiruvchi kimyoviy element. Nikelni dastlab 1751-yilda shved kimyogari Nikel Kronstedt kashf qilgan va nom qo`ygan. Nemis kimyogari Nikel Rixter 1804-yil ancha toza Nikel olishga muvaffaq bo`lgan. Nikel kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir rangda bo`ladi. Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga, mis hamda asl metallarga o`xshaydi. 19-asrning 80-yillariga qadar Nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada Nikel rudalariga boy konlar ochilib, po`latga Nikel qo`shilganida po`latning xossalari yaxshilanishi aniqlanganidan keyin Nikel ishlab chikarish sanoati keng rivoj topdi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin