Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Okun baliq- Ola-bula qanotli kapalak-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə151/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Okun baliq-
Ola-bula qanotli kapalak-
Olaqarg`a-(Corvus cornix)bosahdan oyoq kulrang tusda bo`lib, faqat boshi, ko`kragi, qanotlari va dumi qora bo`ladi.
Olcha- (olivoli ham deyiladi) (Cerasus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi mevali daraxt, 150 ga yaqin turi bor. Asosan, Osiyoda, shu jumladan, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 25 ga yaqin turi o`sadi. Madaniy turlaridan oddiy olcha koʻp tarqalgan. Juda qadimdan Markaziy va Janubiy Yevropada, Shimoliy Afrika, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada ekiladi. Oddiy daraxtining boʻyi 6–7 m, sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli, unumdor tuproqlarda yaxshi oʻsadi va moʻl hosil beradi, 30— 40 yil (baʼzan 100 yilgacha) yashaydi. Mevasi mayda, dumaloq, danakli, suvli, nordon, och qizildan toʻq qizilgacha. Olcha meva bandining uzunligi bilan boshka danakli mevalardan farq qiladi. Yangiligida yeyiladi, konservalar, murabbo, jem, vino, qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Mevasi may— iyunda pishib yetiladi. Olcha danagidan, iddiz bachkisidan hamda payvandlab koʻpaytiriladi. Ekilgandan soʻng 3—4-yili hosilga kiradi, 6—7-yili yaxshi hosil beradi.
Olin-
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir. Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar.
Oliy Majlis-Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. Oliy majlis yuqori va quyi palatalarga bo`linadi. Yuqori palata Senat va quyi palata Qonunchilik palatasi deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolari (senatorlar)dan tarkib topadi. Senat aʼzolari Qorakalpogʻisgon Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqsorda — 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazкur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat кoʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Har ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining , viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat aʼzoligiga saylanish uchun nomzod boʻlishi mumkin.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin