Organizm-(yunoncha organon so`zidan olingan) yakka holatda yashayotgan tizimdir. Organizmlar oziqlanish, o`sish, ko`payish, tashqi taʼsirlardan himoyalanishga qodir. Organizm bir yoki bir nechta hujayradan iborat bo`lishi mumkin. Hujayralari tipiga qarab, organizmlar prokariot yoki eukariot guruhlarga ajratiladi. Prokariotlarga bakteriyalar kiradi. Eukariotlarga zamburug`lar, hayvonlar va o`simliklar kiradi.
Orol-suv bilan o`ralgan yer bo`lagidir. Orolning barcha tomoni suv bilan o`raglan bo`ladi. Orollar okean, dengiz, ko`l, daryolarda bo`ladi. Geografik yoki geologik aloqador orollar guruhiga arxipelag deyiladi. Qitʼalardan tashqarida joylashgan orol okeanik orol deyiladi. Shuningdek sunʼiy orollar ham mavjud.
Orol deng`izi- Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan. Koʻlning sayoz joylari uning janubiy, janubiy-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan. Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortiqdir. Shuning uchun iqlimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida oʻzgarib turgan. Masalan, 1785-yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan. Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi o`rtacha 25 sm ga teng boʻlgan.
Orol dengizi- O`rta Osiyodagi eng katta berk sho`r ko`l. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan ko`proq janubi-g`arbiy qismi O`zbekiston (Qoraqalpog`iston), shimoli-sharqiy qismi Qozog`iston hududida joylashgan. O`tgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan o`rtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda to`rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori ko`l va Afrikadagi Viktoriya ko`lidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi o`rinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-g`arbga cho`zilgan, uzunligi 428 km, eng keng joyi 235 km bo`lgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh ko`tarilib, goh pasayib turgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari g`arbiy qismida. Qoraqalpog`iston Ustyurt yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan. Dengiz cho`l zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bug`lanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yog`in va yer osti suvlaridan ortiqdir. Shuning uchun iqlimiy o`zgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida o`zgarib turgan. Orol dengizida suv sathining yil davomida o`zgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bog`liq. Bahorgi yomg`irdan ham dengiz sathi ko`tariladi.