Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə162/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Oyna-
Oyoq- tayanch va harakat aʼzosi. Hayvonlarda oyoqning vujudga kelishi va tuzilishi turlicha boʻlsa ham, bajaradigan vazifasi oʻxshashdir. Har bir oyoq muskullar yordamida harakatlanuvchi va bir-biri bilan tutashgan togʻayli yoki suyakli skeletdan iborat. Quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarning oyoqlari 3 boʻlimdan tashkil topgan; Oyoq kamari bilan tutashuvchi yelka (oldingi oyoq da) yoki son (orqa oyoqda), bilak (oldingi oyoqda) yoki boldir (orqa oyoqda) va panja (oldingi oyoqda) yoki pay (orqa oyoqda). Odamda suyaklari va muskullari gavdani koʻtarib turishga va turli hamda murakkab harakatlarni bajarishga moslashgan. Shuning uchun oyoq tuzilishining qoʻlga nisbatan oʻziga xos boʻlishida oyoq suyaklari, muskullari aqamiyatga ega. Oyoq kafti koʻndalang joylashgan, pastki yuzasi yoy shaklida boʻlgani uchun harakat osonlashadi. Oyoq tuzilishi yosh, jins va odam qomatiga qarab turlicha boʻladi. Oyoq panjasi kaft oldi, kaft va barmoqlardan tashkil topgan. Juda koʻp pishiq boylamlar va koʻplab muskullar paylari bilan yaxlitlashgan kaft oldi suyaklari yuqorida boʻrtib chiqqan gumbaz hosil qiladi. Oyoq panjasi boylamlari va muskulining zaiflashishi oyoq panjasining yassilanishiga sabab boʻladi.
Oziqlanish zanjiri-
Oziq-ovqat- yoki ozuqa, taom, yemak deb organizm hayotini quvvatlash uchun isteʼmol qilinadigan har qanday moddaga aytiladi. Organik ozuqa uglevod, yogʻ, suv va yoki oqsillar qorishimidan iborat boʻladi. Oziq-ovqat shuningdek foydali mineral va vitaminlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Hayot shakllari faoliyatining katta qismi yemak topish va uni yeyish-ichish atrofida aylanadi. Odamlar ovqatga erishish yoʻlida ovchilik, terib-termachilik, ziroat, baliqchilik, yilqichilik kabi keng koʻlamli sohalarni boshlab, davom ettirib kelishmoqda.
Ozuqa-
Ozuqa zanjiri-
Pachkamar suv ombori- Qashqadaryoning kam suvli chap irmogʻi — Gʻuzor daryosida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti. Gʻuzor tumani markazidan 15 km yuqorida joylashgan. Kattaoʻra va Kichikoʻra daryolaridan toʻldiriladi. Qurilish ishlari 1964-yilda boshlanib, 1967-yilda foydalanishga topshirilgan, 1968-yil toʻliq qurib bitkazilgan. Omborning suv yuzasi uzunligi 3,9 km, kengligi 1,8 km. Uning eng katta (maksimal) chuqurligi 51m, oʻrtacha chuqurligi 30 m. Suv ombori daryoning mavsumiy va qisman koʻp yillik suv rejimini tartibga soladi. Toʻgʻonning ustki uzunligi 593 m, balandligi 68 m. Suv omborining oʻng qirgʻogʻida uzunligi 198 m va maksimal balandligi 12 m boʻlgan koʻtarma damba qurilgan. Suv omborining qurilishi Gʻuzor tumanining suv taʼminotini yaxshilashda va uning iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi, ekin maydonlarini 15 ming gektarga oshirish imkonini berdi. Pachkamar suv omborioda baliqchilik xoʻjaligi tashkil etilgan.
Palak- sabzavot, yem-xashak, poliz va ildizmevali o`simliklarning yer ustidagi qismi. Poya va palaklar chorva mollari uchun shundayligicha va silos sifatida ishlatiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin