Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə158/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Oqquyruq-
Oqsil-o`simliklarning, asosan, urug`I va mevalarida ko`p to`planadi.ular to`yimli oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Oqsillar turli xil fermentlar yordamida parchalanadi, organizmda moddalar almashinuvini to`g`ri yo`lga qo`yishda ishtirok etadi hamda uning quvvatini oshiradi.
Oqtepa kanali-
Oqtikan-
Oqtog`- Janubiy Nurota tog`laridagi tizma. Samarqand va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan, janubi-sharqdan shimoli-g`arbga 120 km ga cho`zilgan. Sharqda Qaroqchitog` tizmasi, g`arbda Qizilqum cho`li, shimolida Nurota botig`i, janubi-g`arbda Qoratog` tizmasi bilan chegaralangan. O`rtacha balandligi 1000– 1200 m, shimoli-g`arbda 600 m gacha pasayib, tekislik bilan tutashadi. Eng baland joyi 2003 m (Taxku cho`qqisi). Oqtog` tizmasi bir nechta kichik tog`lar (Baxiltog`, Pistali, Dultali, Oqtosh)dan iborat. Tizmaning yuqori qismlarida yog`in ko`proq. Oqtov tizmasidan Zarafshon daryosining o`ng irmoqlari (Zarbandsoy, Quruqsoy, Andoqsoy, Tasmachisoy, Maydonsoy, Oltinsoy va boshqalar) boshlanadi. Tizmada ko`plab buloqlar mavjud bo`lib, daryolarning to`yinishida (ayniqsa, yoz faslida) asosiy rol o`ynaydi. Shimoliy yon bag`ridagi soylarda ham suv bahor faslida bo`ladi. Oqtog` tizmasida granit, marmar konlari mavjud. Yaylov sifatida foydalaniladi.
Oqtosh shahri- Samarqand viloyati Narpay tumanidagi shahar, tuman markazi. Viloyatning janubi-gʻarbida joylashgan. Narpay tuman markazi. Oqtosh shahri 1967-yil 31-sentabrda tashkil etilgan. Zirabuloq temir yoʻl stansiyasi mavjud. Oqtosh shahri Samarqand shahridan 133 km gʻarbda joylashgan. Aholisi 35 ming kishiga yaqin, asosan, o`zbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, qozoq, ukrain, koreys, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shaharda 15 ta umumiy taʼlim maktabi, 2 ta kasb-hunar kolleji, 2 ta avtokorxona, paxta tozalash zavodi, «Oqtoshdon», «Oqtoshnon», «Salomatlik» aksiyadorlik jamiyatlari, «Zarafshon» firmasi, Zirabuloq tajriba sinov zavodi, MTP, Zirabuloq magistral gaz yoʻllaridan foydalanish boshqarmasi, 4 ta bank, 2 ta bozor, 2 ta klub, tuman markaziy madaniyat uyi, 8 ta kutubxona, madaniyat va istirohat bog`i, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, dorixonalar va boshqa savdo, madaniy-maishiy shaxobchalar bor.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin